Oziq-ovqat kimyosi
Oqsillarning eruvchanligi
Download 6.17 Mb. Pdf ko'rish
|
6423d7da89efd
Oqsillarning eruvchanligi
Bajarish texnikasi. Probirkaga 2 tomchi tuxum oqsili va 20 tomchi suv quyilib, aralashtiriladi. Bunda tuxum albumini eriydi, globulin esa cho‘kmaga tushadi. Boshqa probirkaga 2 tomchi tuxum oqsili va 20 tomchi 5 % li natriy xlorid eritmasi quyiladi. Kuzatilgan natijalar 8-jadvalga qayd etiladi. 188 8-jadval Oqsillarning eruvchanligini kuzatish natijalari Oqsilning nomi Suv 5 % li natriy xlorid eritmasi Cho‘kmaning hosil bo‘lishi (-,+) Oqsillarni ajratish, tozalash va kimyoviy tarkibini tekshirish Nazariy qism 1. Oqsillar tavsifi. 2. Oqsillarning o‘ziga xos xossalari. 3. Oqsillarni fraksiyali ajratish va tozalash usullari. Oqsillarning kimyoviy tarkibini o‘rganish uchun ularni toza holda ajratib olish kerak. Hozirgi kunda bir necha minglab oddiy va murakkab oqsillar toza holda olinishi mumkin. Oqsillar bir-biridan va oqsilmas moddalardan molekula o‘lchami, eruvchanligi, zaryadi, tanlab bog‘lanish xossalariga ko‘ra ajratiladi va tozalanadi. Amalda kerakli xossalari bilan qiziqish uyg‘otgan oqsil (masalan, fermentlar – katalitik faolliklari bo‘yicha) bir necha usullar yordamida tozalab olinadi va shularning ichidan eng maqbuli tanlanadi. Ajratishning har bir bosqichida umumiy oqsil miqdorini aniqlash uning tozalik darajasini o‘rnatish imkonini beradi. Oqsillarni quyi (kichik) molekulyar birikmalardan ajratish dializ yoki yarim o‘tkazgich membrana orqali ultrafiltrlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dializ usulida tozalash yarim o‘tkazgich membrananing kolloid zarrachalarni o‘tkazmasligiga asoslangan. Quyi molekulyar birikmalarning zarrachalari esa parda orqali yaxshi o‘tadi. Oqsil zarrachalari katta o‘lchamga ega bo‘lganligi uchun membrana orqali o‘ta olmaydi. Shuning uchun ham oqsillarni quyi molekulyar birikmalardan tozalashda dializ usuli keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Oddiy dializator vazifasini oqova (oqib turadigan) suvli stakanga tushirilgan sellofandan tayyorlangan xaltacha o‘ynashi mumkin. Oqsil eritmasi xaltachaga solinadi va suvga tushiriladi. Bunda shakarlar, tuz molekulalari membrana vazifasini bajaradigan sellofan orqali suvga oson o‘tib, xaltachada faqat oqsilning kolloid eritmasi qoladi. 189 Oqsillarni ajratishda gel-filtrlash (molekula o‘lchami bo‘yicha), ion almashinish xromatografiyasi (umumiy zaryaddagi farqga asoslangan holda), yupqa qavat xromatografiyasi, elektroforez (molekulalarning elektr maydonidagi harakati tezligi bo‘yicha), afin xromatografiyasi (ko‘pgina oqsillar uchun xarakterli bo‘lgan spesifik kimyoviy guruhlarga o‘ta moyillikka asoslangan) usullari qo‘llaniladi. Yupqa qavat xromatografiyasi moddaning u yoki bu adsorbentda adsorblanish (sirtida yutilish) xossasi va aralashadigan ikki suyuqliklarda turlicha eruvchanligiga asoslangan. Erituvchilardan biri suv, ikkinchisi esa suv bilan qisman aralashadigan organik erituvchi bilan to‘yingan aralashmadir. Suvli faza harakatsiz, organik erituvchi esa harakatdagi faza vazifasini o‘taydi. Harakatsiz faza vazifasini suv bug‘lariga to‘yingan sorbent o‘ynaydi. Sorbent suv bug‘lariga to‘yinishi uchun u yuqori namlikdagi kameraga joylashtiriladi. Xromatogrammalarda aminokislotalarni identifikatsiyalash uchun ular tarkibiga kiruvchi va nishon uchun xromatogrammaga tomizilgan aminokislota ishlatiladi. Aminokislotaning berilgan erituvchilar aralashmasidagi harakat tezligi doimiy bo‘lib, f R bilan belgilanadi: Download 6.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling