Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Zardushtiylarning
muqaddas kitobi "Avesto"da[2] uchraydigan ma’lumotlar
qadimgi jamiyatda harbiylarning nufuzidan dalolat berib,
ularni yetakchi ijtimoiy tabaqa sifatida talqin qilishimizga
imkon beradi. Qadimgi yunon va rim tarixchilari, geograflari
asarlari ham Markaziy Osiyo xalqlari harbiy san’atiga oid
muhim ma’lumotlarga boy. Ular ichida Gerodotning
“Tarix”[3], Arrianning Aleksandr anabasisi”[4], Kurstiy
Rufning
“Buyuk
Aleksandr
tarixi”[5],
Strabonning
Geografiya”[6] hamda Klavdiy Ptolemeyning “Geografiya”[6]
asarlari katta o’rin tutadi.
Davrlar o‘tishi bilan xalqimiz harbiy san’ati rivojlanib
bordi va unga mos ravishda bu masalalar aks etgan yozma
manbalar soni ham oshib bordi. Markaziy Osiyo xalqlari
harbiy san’ati tarixiga oid muhim ma’lumotlar qadimgi Xitoy
manbalarida ham uchraydi. Bunday manbalar ichida Sima
Tsyanning (mil. avv.145-86) mil. avv. II asr oxirlarida
yozilgan “Shi Tszi” (Tarixiy xotiralar), Ban Guning “Tsyan-
Xan-Shu” (Katta Xan sulolasi tarixi) asarlarida va ilk o‘rta
asrlarga mansub boshqa xitoy manbalari muhim o‘rin tutadi.
Bu asarlardagi ma’lumotlardan qadimgi davrlardagi
harbiy san’at – qo‘shin tuzilishi, boshqaruv usullari, qurol-
yarog’lar turlari, qo’shin ta’minoti, urush olib borish taktikasi,
harbiy strategiya va boshqa masalalar haqida xulosa
chiqarishimiz mumkin.
Qadimgi davr harbiy san’ati tarixini yoritishda
arxeologik tadqiqotlar natijalari ham muhim manba sifatida
katta o’rin tutadi. Mavzuning manbashunoslik asosini,
shuningdek bu masalalarga bag‘ishlangan ilmiy adabiyotlar
O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
XABARLARI, 2022, [1/9]
ISSN 2181-7324
TARIX
https://science.nuu.uz/
Social sciences
Do'stlaringiz bilan baham: |