O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi.
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz TARIX 1/9 2022 - 39 - ham tashkil etadi. Yozma manbalar, tarixiy, arxeologik tadqiqotlar natijalari va tegishli ilmiy adabiyotlardan kompleks foydalangan holda biz bu mavzu manbashunoslik doirasini kengaytirishga harakat qildik. O’zbek xalqi harbiy san’ati tarixiga qiziqish nafaqat bizning mintaqamizda, balki Osiyo va Yevropaning, Sharq va G’arb dunyosining mutaxassislari orasida ham katta bo’lgan. Xususan, Amir Temur davri harbiy san’ati butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otganligi ma’lum. Lekin shunga qaramasdan o’zbek xalqi harbiy san’atining shakllanishi va rivojlanishi tarixiga, xususan qadimgi davrlardagi harbiy san’ati masalalariga bag’ishlangan yaxlit ilmiy asarlar O’zbekistonda hozirgacha yaratilmagan, qurol-yarog‘lar va mudofaa inshootlarining paydo bo’lishi va evolutsiyasi, qo’shin tuzilishi, boshqaruv tartiblari va harbiy san’atga tegishli boshqa masalalarga yetarlicha ilmiy-tarixiy baho berilmagan. Bu masalalar so’nggi yillarda paydo bo’lgan ko’plab kichik maqolalarda yoritila boshlagan bo’lsada, lekin ular o’zbek xalqi harbiy san’ati tarixining yaxlit manzarasini bera olmaydi. Tadqiqot metodologiyasi. O’rta Osiyoda dastlabki harbiylar kuchlar bronza davrida, harbiy demokratiyaning rivojlangan paytidan boshlab paydo bo’ldi. Dastlabki harbiylar voyaga yetgan erkaklar bo‘lgan. So’nggi bronza va ilk temir davriga kelib, ilk davlatlar paydo bo’lishi va ularning o’z hududlarini himoya qilish, kengaytirishga yo’naltirilgan siyosati jamiyat hayotida harbiylarning mavqei oshib ketishiga olib keldi. Bu ayniqsa tashqi harbiy xavf paydo bo’lganda yaqqol kuchayib turardi. Chunki, tashqi dushmanlar hujumi davrida aholi orasidan, asosan erkaklardan lashkar to’plangan, ular o’sha davrda eng qudratli harbiy qurol bo’lgan nayzalar, uloqtirma nayzalar, o’q-yoylar bilan qurollangan. O’qlarning uchlari ko’pincha chaqmoqtoshlardan yasalgan, bundan tashqari, ular dudama pichoqlar va xanjarlarga ham ega bo’lganlar. Bu davrda nayzali oyboltaga o’xshagan jang qurollari – (klevest) paydo bo‘lgan. Bu turdagi kistonlar Mesopotamiya (Dajla va Frot daryolari oralig’ida) da ham topilgan bo’lib, u yerdagi shahar – davlatlarning uyushgan armiyasi tarkibida o’q-yoylar, nayzalar bilan qurollangan jangchilar qatorida kistonchilar hamda mavjud bo’lgan. Gerodotning qayd etishicha, To’maris boshchiligidagi massagetlar Kir II qo’shiniga qarshi kurashda saklarga xos bo’lgan “qochib jang qilish” taktikasini qo’llaganlar. Oldin To’maris, go’yo uning boshiga tushgan kulfat (o’g’lining o’limi) tufayli o’z kuchlariga ishonchini yo’qotgandek harakat qiladi va ataylabdan kechikib, Kirni o’z ortidan bir dara tomon ergashtirib boradi, u yerga esa pistirma qo’yilgan edi. Avval bir-birlarini kamondan o’qqa tutish bilan boshlangan jang keyin qo’l jangiga aylanib ketadi, nayzalar va qilichlar bilan ayovsiz urush olib boriladi. Gerodot “eng shiddatli” deb ta’riflagan bu jangda massagetlar fors qo’shinlarini tor-mor keltiradilar. Massagetlar qo’shiniga ayol kishi rahbarlik qilgani yagona farq emas. Zero, Ktesiy Knidskiy va boshqa mualliflar ham sak ayollarining otga minib erkaklar bilan bir qatorda jang qila olganliklari haqida boshqa misollarni ham qayd etadilar. Zarina, Spaterra singari ayol qabila boshliqlari shular jumlasidandir. Gerodot va boshqa yunon mualliflari asarlarida forslarning qadimgi Grestiyaga uyushtirgan harbiy yurishlarida qatnashgan baqtriyaliklar, saklar, sug‘diylar haqida ham ma’lumotlar mavjud. Xususan, mil.avv. 490 yilda bo’lib o’tgan Marafon jangida sak qabilasi suvoriylari ahamoniylar qo’shinining markaziy qismini tashkil etgan[3]. Gerodot Ahamoniylar shohi Kserks (mil.avv. V asr) armiyasi tarkibida Grestiyaga uyushtirilgan keng ko‘lamdagi harbiy yurishlarda O’rta Osiyolik jangchilarning ishtirok etganligini yozib, ularning qurol-yarog’larini batafsil ta’riflab beradi[3]. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling