O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
ИСТОРИЯ ВОЕННОГО ИСКУССТВА НАРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Tarix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- Kalit sozlar
ИСТОРИЯ ВОЕННОГО ИСКУССТВА НАРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ
Аннотация В данной статье на основе различных историко-письменных и археологических источников освещаются военная тактика, приемы ведения боя, оружие и военная форма, использовавшиеся народами Средней Азии с древнейших времен. Ключевые слова: Средняя Азия, тактика, оружие, битва, оружие, военное искусство, воины, Хорезм, Канг, Томарис, Спитамен. O‘RTA OSIYO XALQLARI HARBIY SAN’ATI TARIXI Annotatsiya Ushbu maqolada O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardan boshlab janglarda qo‘llagan harbiy taktikalari, jang usullari, ishlatgan qurol yarog‘lari va harbiy kiyimlari haqida turli tarixiy yozma, arxeologik manbaalar asosida yoritiladi. Kalit so'zlar: O‘rta Osiyo, taktika, qurol, jang, qurol-yaroq, harbiy san’at, jangchilar, Xorazm, Qang‘, To‘maris, Spitamen. Kirish. O‘rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardanoq xalqaro siyosiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda faol ishtirok etib kelgani ma’lum. Bu aloqalarning ta’sirida hamda ichki va tashqi siyosiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tufayli O‘rta Osiyo xalqlari harbiy san’ati ham o‘ziga xos ravishda rivojlanib bordi. Bunga O‘rta Osiyoning xalqaro munosabatlarda muhim harbiy-strategik ahamiyat kasb etgan qulay geografik joylashuvi ham o‘z ahamiyatiga ega. Xalqimiz tarixining kam o‘rganilgan masalalarini yoritish bo‘yicha katta ishlar olib borilayotgan hozirgi davrda O’rta Osiyo xalqlarining harbiy san’ati tarixini o’rganish dolzarb muammo sifatida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. Prezidentimizning "O‘zbek tom ma’noda bunyodkordir. Unga birovning yeri kerak emas. Mabodo qo‘liga qurol olguday bo‘lsa, faqat o‘zini himoya qilish uchungina oladi"[1] degan fikrlari naqadar to‘g‘riligiga biz o‘z tadqiqotimiz ustida ishlash davomida yana bir bor ishonch hosil qildik. Bu ham biz tanlagan mavzuning dolzarbligini ko‘rsatuvchi muhim xususiyatdir. O‘zbek xalqi harbiy san’ati qadimgi ajdodlarimiz - sak-massagetlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sug‘dlar va Parkona (Farg‘ona)liklar davridayoq qadimgi Sharq dunyosida dong taratganligi ma’lum. Dunyo harbiy san’ati tarixida katta o‘rin tutgan To’maris va Shiroq, Spitamen va Muqanna, Temur Malik va Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Abdullaxonlardek buyuk sarkardalar bizning zaminimizda yashab o‘tdilar. Ayniqsa, buyuk bobomiz Amir Temur asos solgan harbiy san’at nafaqat Sharq dunyosi, balki Yevropa xalqlari harbiy san’ati rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu fikrlar xalqimiz harbiy san’ati tarixini o’rganishning ahamiyatini va dolzarbligini yanada oshiradi. So’nggi yillarda O’zbekistonda professional armiyani shakllantirish borasida katta ishlar qilinmoqda. Har qanday agressiyaga qarshi tura oladigan, zamonaviy qurol-yarog’lar bilan to’liq ta’minlangan qudratli armiya Respublikamizning mustaqil taraqqiyoti kafolatlaridan biridir. Bu jarayonlarni amalga oshirishda tarix saboqlariga murojaat qilish, o’tmishda xalqimiz harbiy san’atida katta o’rin tutgan ilg’or an’analarni o’rganish va kerakli saboqlar chiqarish katta amaliy ahamiyatga egadir. Bu ham biz tanlagan mavzuning dolzarbligini ko’rsatuvchi muhim xususiyatlardan biridir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling