O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/70
Sana13.01.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1091097
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Bog'liq
1.Tarix

Tahlil va natijalar. O’rta Osiyo hududini bosib olgan 
Ahamoniylar mahalliy kuchlardan o’z harbiy yurishlarida 
foydalanganlar. 
Ahamoniylar 
qo’shini 
tarkibidagi 
xorazmliklar, sak-massagetlar va baqtriyaliklarning otriyadlari 
ko’p janglarda eng faol kuch bo’lganlar. Masalan, 
makedoniyalik Aleksandr bilan Ahamoniylar o’rtasida 
miloddan avvalgi 331 yilda Gavgamel yonida bo’lib o’tgan 
janglarda 
ishtrok 
etgan 
saklarning 
otliq 
askarlari 
makedoniyaliklar safini yorib kirib, avangard qisimlarni 
qochishga majbur etganlar. 
Baqtriyalik va sug’dlik jangchilar jasorati va harbiy 
mahorati keyinchalik O’rta Osiyoga bostirib kirgan yunon-
makedonlarga qarshi miloddan avvalgi 329-328 yillarda 
Spitamen boshchiligida ko’tarilgan qo’zg’olonlar davomida 
yanada yorqin namoyon bo’ldi. Ular bir necha yil davomida 
o’z vatanlarini bosqinchilardan ozod qilish uchun faol kurash 
olib bordilar. Mahalliy jangchilar mardonavor kurashlarda 
qo‘llagan harbiy uslublari tufayli ko’p janglarda dushmanga 
pand berganlar. Shu sababli ham makedoniyalik Aleksandir 
o’z yurishlari tarixida ilk bor O’rta Osiyoda mag’lubiyat 
alamini tortgan, bu esa ajdodlarimizning yuksak harbiy 
mahoratga ega bo’lganligidan dalolat berar edi. 
Yunon-Baqtriya 
podsholigi 
davriga 
kelib, 
mamlakatimiz hududidagi harbiy qo’shinlar tarkibida yunonlar 
va baqtriyaliklardan iborat yengil otliq qo’shin tashkil topdi. 
Og’ir qurollangan nayzabardorlar va yengil o’qchilardan 
iborat piyoda qo‘shinlari tuzildi. Qo‘shin tarkibida 
Hindistondan keltirilgan jangovor fillarga ega harbiy guruhlar 
ham bor edi. Bu fillarga ichiga jangchilar joylashib olgan 
minorachalar mahkamlab qo’yilardi. Fillarni pistirmada ushlab 
turganlar va jangni hal qiluvchi lahzasida urushga solganlar. 
Keyingi davrlarda, aniqrog’i, Parfiya podsholigi
Kushon podsholigi Qang’‘davlati davrida harbiy taktika va 
qurol-yarog‘‘ yanada takomillashib bordi. Bu davrda 
ko’chmanchi va o‘troq aholining barcha sohalardagi o‘zaro 
ta’siri harbiy sohada ham yaqqol namoyon bo’ldi hamda og’ir 
qurollangan otliq qo’shin (katafraktarlar) – suvoriylar qismi 
tashkil topdi. Bu sifat jihatdan yangi, o’z taktikasiga ega 
bo’lgan qo’shin turi edi. Ushbu qo’shin turi oldingi 
vaqtlardagi sovutli suvoriylardan tubdan farq qilardi. 
Garchi, 
eramizdan 
oldingi 
VI-V 
asrlardayoq 
massagetlarda yopinchiqli otlarda nayza tutgan holda jang 
qiluvchi og‘ir qurollangan suvoriylar mavjud bo‘lgan bo‘lsa-
da, ularning soni uncha ko‘p emas edi, harbiy otryadlarning 
asosiy kuchini yengil qurolli otliqlar tashkil etadi. Parfiya 
podsholigi, Kushon podsholigi Qang‘ davlati davriga kelib 
esa, og‘ir qurollangan otliq suvoriylar ko‘paytirilib, ularning 
qurol-yarog‘lari va taktikasi takomillashdi. 
Qang‘ davlatida yangi turdagi qo‘shin va uning 
taktikasini yaratishga qaratilgan harbiy islohatlar natijasida 
nafaqat og‘ir qurolli otliq suvoriylar, balki og‘ir qurolli 
piyodalar ham tashkil etadi. 
Qang‘ suvoriylariga xos xususiyat ularning og‘ir, 
himoyalovchi yarog‘lari edi. Suvoriylar tanalarining asosiy 
qismini plastinkali va tangali sovut berkitib turgan. Zirhli 
kiyimlar kiygan bahodir jangchilarning otlariga ustiga 
charmdan yoki metalldan tayyorlangan yopinchiqlar yopilgan. 
Ammo ular bunday yopinchiqlardan hamma vaqt ham 
foydalanavermaganlar. Arxeologik ashyolarda yopinchiqsiz ot 
mingan suvoriylar tasvirlari ham uchrab turadi. 
Qang‘ suvoriylariga xos yana bir xususiyat – ularning 
qurol-yarog‘lari orasida uzunligi 4 -4,5 metrgacha boradigan 
uchli nayzalarning mavjudligi edi. Bu nayzalar og‘irligi bois 
doim ikki qo‘llab turib turilar edi. Otlarni esa jangchilar 
harakat 
chog‘ida 
tizzalari 
va 
ovozlari 
yordamida 
boshqarganlar. Ot anjomlari orasida qoshiga uzun yoy osilgan 
egar bo‘lgan, ammo, ilgarigidek o‘zagi bo‘lmagan. 
Suvoriylarning qurol-yarog‘i orasida katta yoy ham bo‘lgan. 
Yoy uchun mo‘ljallangan sadoq va bu sadoqning o‘qlar solish 



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling