O‘zmu xabarlari Вестник нууз acta nuuz
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
1.Tarix
O‘zMU xabarlari Вестник НУУз ACTA NUUz
TARIX 1/9 2022 - 40 - uchun qilingan cho‘ntaklari ham bo’lib, o‘ng yoyga osib yurilgan. Chap tomonda esa uzun qilich kamarga osilgan. Xanjar va boltacha esa yordamchi qurollar sifatida xizmat qilgan. Boshni dubulg‘a himoya qilib turgan. Og‘ir qurolli otliq suvoriylar bir safga mahkam jipslashib, dushmanga hamla qilganlar. Chunki yolg‘iz harakat qilganda bunday suvoriylar barcha ustunliklardan mahrum bo‘lgan. Shuning uchun jangovor harakatlarda og‘ir qurollangan otliq qismlar bilan birglikda olib borilgan. Jang qilishning bunday taktikasi Plutarxning miloddan avvalgi 53 yilda parfiyaliklarning rimliklarga qarshi qilgan jangini tasvirlab yozgan hikoyasida bayon etilgan. Unda yozilishicha, lashkarboshi Surena boshchiligidagi parfiyaliklar Mark Krass qo‘mondonligi ostida Rim regionlarini butunlay tor-mor keltirgan edilar. Parfiyaliklar avvalga rimliklar safini o‘zlarining og‘ir qurolli otliqlar bilan yorib o‘tish fikridan voz kechganlar. Ular dushman ustiga o‘q yog‘dirganlar. O‘q zaxiralari ko‘p bo‘lgan, chunki jang paytida tuyalardan tinimsiz o‘q keltirib turgan. Rimliklar ularga hamla qilishga qaror qilgan paytda yengil otliqlar “soxta chekinish” bilan otryadining bir qismini o‘z ortlaridan ergashtirib ketganlar. Shu tariqa ularni rimliklar qo‘shinining asosiy qismidan uzib qo‘yganlar, aynan shu paytda yengil otliqlar yoylardan o‘q uzib, og‘ir otliqlar esa nayzalar bilan hujum qilib, dushmanni qirib tashlaganlar. Shundan so’ng parfiyaliklar qayta saflanib, rimliklarning asosiy kuchlariga hujum qilganlar. Avangardda og‘ir suvoriylar borgan va rimliklarni uchli nayzalar bilan front tomonidan siqib kelganlar, yengil otliq qismlar esa ularning yon qanotlaridan o‘qqa tutganlar. Birgalikda qilingan mana shu hujum jang taqdirini hal qilgan va shu vaqtga qadar mag‘lubiyat nimaligini bilmagan rimliklar tor-mor bo‘lganlar. O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida topilgan, miloddan avvalgi I asrga mansub Xolchayon saroyidagi bo‘rtma tasvirlar, shuningdek, Taxti Sangin ibodatxonasidan topilgan Sulk plastinkalar Kushon davlatida ham, xuddi parfiyaliklarda bo’lgani kabi yengil otliqlar va og‘ir qurolli otliq suvoriylar mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi. Og’ir qurollangan otliqlar va ularning yuzma-yuz to’qnashuvda jangni olib borish usuli yana bir noyob yodgorlikda – Samarqand viloyatidagi qo’rgondagi qabrdan topilgan (miloddan avvalgi I-milodiy I asrlarga mansub) ikki dona yirik suyak plastinkada o’z aksini topgan. Bu plastinkalarning birida jang tasviri o’yib ishlangan, ikkinchisida esa yakkama-yakka jang tasvirlangan. Bu tasvirda og’ir qurollangan otliq suvoriylarning katafraktarlar qurollanishiga xos barcha belgilar aniq ko’zga tashlanadi. Plastinkadan ishlangan, bo’yinni himoya qiladigan, tik yoqali, tizzagacha tushib turadigan, keng, zirhli yupkasimon qismga ega bo’lgan sovut suvoriyning butun gavdasini berkitib turgan. Plastikada Qang‘ davlatidagi zodagonlar o‘rtasidagi jang lavhalari aks ettirilgan. Bu jangda askarlar dudama qilichlar, bolta, nayza va yoylardan foydalanganlar. Bu tasvirdagi taktik vazifa – guruhlardan birining qo’lida ikki dumli ajdarho ko’rinishidagi tig’ni ushlab turgan sarkardani yo’q qilishdir. Uning qo’lidagi tig’lar gazlama parchalaridan nov shaklida tiqilgan bo’lib, ot chopayotgan paytda ichiga havo kirib, o’ziga xos ovoz chiqargan. O’rta Osiyoda paydo bo’lgan yangi taktikani keyinchalik rimliklar ham qabul qildilar. Keyingi asrlarda ikki qo‘shin turining birgalikda harakat qilishi O’rta Osiyoning o’zida yanada rivojlandi. O’ziga xos taktikaga ega bo’lgan og’ir qurolli otliq suvoriy qo’shinlardan foydalanish tajribasidan boshqa xalqlar ham ibrat oldilar. Bu hol ko’p asrlar davomida nafaqat Sharqda, balki Sharqiy va G’arbiy Yevropada ham harbiy san’atning rivojlanishini belgilab berdi. Qadimgi davrda yengil qurollangan otliq qo’shinning harbiy taktikasi yalpi shiddatli hamlaga o’tishdan iborat edi. Ot ustidan o’q uzayotgan otliqlarning tartibsiz oqimi dushman ustiga yomg’irdek o’qlar (ko’p hollarda zaharli o’qlar) yog’dirar, so’ngra esa yana shiddat bilan orqaga qaytar edi. Qadimgi davr tarixchilari buni, “qochib jang qilish” usuli deb ataganlar. Bu usulga ko’ra, jang chog’ida otliq askarlar orqaga o’girilib, o’q uzadilar va dushmanni o’zlarining orqalaridan ergashtirib ketadilar. Keyin esa birdaniga orqaga qayrilib, jangga kiradilar, lekin qo’l jangiga faqat vaziyat majbur qilgandagina kirishganlar. Xulosa. Shu tariqa tarixiy manbalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, aynan shu davrlarda O‘rta Osiyoda yashovchi ko’chmanchi xalqlar tomonidan qo’llanilgan harbiy taktika tarix sahnasiga chiqdi. Bu taktikaning mohiyati shundan iborat ediki, ko’chmanchi qabilalarda o’zlaridan harbiy jihatdan ustun bo’lgan muntazam qo’shinlarga qarshi kurashda o’zini sarosimaga tushgandek ko’rsatib, orqadan ta’qib qilgan dushman qo’shinini o’z orqasidan ergashtirib sahrolarga, dashtlar yoki o’zlari jang qilish qulay bo’lgan tekislik joyga olib chiqish va pistirmada turgan qo’shinlar yordamida qirib tashlash usuli keng tarqalgan. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling