O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Download 1.01 Mb.
bet223/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   287
Qo’zg’alonning bostirilishi. Viloyatning hamma joylaridan Jizzax qo’zg’alonchilari uchun madadga yetib kelishardi. Jazolovchilarga qarshi ular qurolsiz holda tashlandilar. 16-iyulda podsho hukumati qo’shinlari tevarakdagi qishloqlarga o’t qo’yishdi, eski Jizzax markazi ham yondirib tashlandi. Ammo qo’zg’alonchilar taslim bo’lishmadi. Kurash qattiqbo’ldi, qo’zg’alonchilar oxirigacha turib berishdi. Faqat 18-iyulda chor qo’shini Jizzax shahrini egalladi. Ko’pgina qishloqlar butunlay vayron etildi. Dehqonlarni, shaharliklarni tergovsiz va sud qilmasdan otib tashlayverdilar. Halok bo’lganlarni kechalari qarindoshlari tog’dan tushib, olib ketib, dafn etishardi. 1916-yilgi qo’zg’alonning asosiy harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar ommasi bo’lgan. Unda shahar kambag’allari - qora ishchilar, kosib-hunarmandlar, mardikorlar, chorakorlar ham faol ishtirok etdi. Butun Turkiston o’lkasida harbiy holat e'lon qilindi. Jazolovchilar temiryo’l bo’ylab qo’zg’alon bo’lgan barcha mintaqalaridan o’tdilar. Mustabid hukumat qo’zg’alonga yaxshi qurollangan armiyani tashladi. 25-iyulga kelib, hamma joyda qo’zg’alonlar bostirildi, qo’zg’alonchilar ayovsiz jazolandi. Ayniqsa, Jizzax aholisidan shafqatsiz o’ch olindi. Qo’zg’alonchilardan chorva, mol-mulk va bor g’allasi tortib olindi. Yangi tayinlangan general-gubernator Kuropatkin buyrug’iga ko’ra Jizzax shahri yo’q qilib tashlandi, ko’pgina qishloqlar tag-tugi bilan yondirib yuborildi. Jizzax uyezdi aholisidan o’ch olish maqsadida mavjud ekin maydonlarining hammasi musodara etildi. Minglab odamlar Sibirga surgun qilindi va turmalarga tashlandi. 1916-yilgi qo’zg’alon o’zbek xalqining podsho hukumati va Rossiya mustamlakachiligiga qarshi milliy-ozodlik harakatining cho’qqisi bo’ldi. Qo’zg’alonchilar aniq rejasi bo’lmagani tufayli tarqoq hujum qilishdi. Biroq qo’zg’alon kamchiliklari va yaxshi tayyorlanmaganligiga qaramay, Turkistonda milliy-ozodlik harakati rivojlanishida muhim bosqich bo’ldi. U Turkiston mehnatkash ommasi chorizmga qarshi yalpi ozodlik harakati yo’liga kirganini namoyish etdi. Qo’zg’alonchilar chorizmning mo’min-qobil va mute qullari bo’lib qola olmasliklarini isbotlashdi. 1916-yil qo’zg’alonining tarixiy ahamiyati ham shundadir, kun tartibida endi qurolli kurash turar edi. 1917-yil fevral inqilobidan so’ng Turkiston masalasi bo’yicha adolatli qarorga kelish imkoni tug’ildi. 30-mart kuni Turkiston general-gubernatori va Bosh qo’mondoni general Kuropatkin vazifasidan chetlatildi va hibsga olindi. o’lkaning eski ma'muriy boshqaruv apparati o’rnida Turkiston Muvaqqat hukumati qo’mitasi tashkil etildi. Shu bilan Turkistonda 50 yil hukm surgan general gubernatorlik barham topdi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling