O’zRes Pre. I. A. Karimov- vatan tarixini o’rganishning axamyati to’g’risida


Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch


Download 1.01 Mb.
bet282/287
Sana10.02.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1184294
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   287
114. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
Ma’lumki, Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi mamlakatimiz va dunyo jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan kutib olindi.
Ushbu kitob dunyoning bir necha tillariga tarjima qilinib, nashr etildi. Misr Arab Respublikasi, Saudiya Arabistoni Podshohligi, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn kabi mamlakatlarda kitobning taqdimot marosimlari o’tkazildi.
Yaqinda esa “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi Ozarboyjon Respublikasi poytaxti Boku shahrida ozarboyjon tilida chop etildi. Kitobga taniqli din va jamoat arbobi, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxul-islom Allohshukur Poshshozoda so’zboshi yozgan. Quyida ushbu so’zboshi e’tiboringizga havola etilmoqda.
Bismillohir-rahmonir Rahim!
Insoniyat sivilizatsiyasining shakllanish va rivojlanish tarixi har bir millat nafaqat o’z boyliklari, balki, birinchi navbatda, yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir, degan oddiy haqiqatni qayta-qayta isbotlab kelmoqda. Bu borada ko’hna o’zbek diyori jahon madaniyati, ilm-fani va ma’naviyati xazinasini boyitishga beqiyos hissa qo’shib kelayotgan qutlug’ zamindir, desam, o’ylaymanki, mubolag’a bo’lmaydi. Bu yurtda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Moturidiy, Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Bahouddin Naqshband, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalar va mutaffakirlar tug’ilib, dunyo tamadduni tarixida o’chmas iz qoldirgani buning yorqin isbotidir. Bu buyuk zotlarning asarlari hozirgi kungacha ham o’zining ahamiyatini yo’qotmasdan, ulkan ilmiy hamda ma’naviy boylik sifatida yuksak qadrlanib kelmoqda. Boshqacha aytganda, bu bebaho meros dunyodagi manaman degan aql-zakovat sohiblari e’tirof etadigan va butun musulmon ummati faxrlanadigan boylikdir.
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha islom tashkiloti (AYSESKO) tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinishi, hech shubhasiz, o’zbek xalqi va uning buyuk ajdodlarining jahon sivilizatsiyasi hamda madaniyati rivojiga nechog’lik katta hissa qo’shganining yorqin e’tirofi bo’ldi. Buni qarangki, 2009 yilda Boku shahri ma’naviy birligimiz va o’zaro tarixiy bog’liqligimizning ramzi sifatida Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilindi.
Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchimanki, meni O’zbekiston bilan ko’p rishtalar bog’lab turadi. Avvalo, mening yoshlik yillarim shu muborak zaminda kechdi, shu yerda men din arbobi bo’lib kamol topdim. Aynan shu mamlakatda o’rta va oliy diniy ma’lumot oldim, bag’rikenglik, insonparvarlik, madaniyat, an’analar, urf-odatlar haqida g’amxo’rlik qilish va umuman, inson uchun muqaddas bo’lgan barcha-barcha tushunchalar qanchalik qadr topayotganiga amalda guvoh bo’lib, ularning haqiqiy mazmun-mohiyatini aynan o’zbek diyorida anglab yetdim. O’zbekistonni men o’zimning ikkinchi ona Vatanim deb bilaman, haqiqatan ham, bu yurt menga chinakam onalik mehrini baxsh etdi va bemisl g’amxo’rlik ko’rsatdi. Bundan tashqari, O’zbekistonda ko’plab do’stlar orttirdim va ular bilan hozirga qadar yaqin munosabatlarimiz davom etmoqda.
Bugungi murakkab davrda barchamiz deyarli butun dunyoni terrorizm, ekstremizm, ayirmachilik singari balo-qazolar qamrab olishga urinayotganiga shohid bo’lib turibmiz. Qabih niyatli kuchlar islom dinini o’ziga niqob qilib olib, muqaddas dinimizni obro’sizlantirish, musulmonchilik yo’lidagi insonlarni kamsitish, ularga qandaydir g’araz ko’z bilan qarash kabi illatlarni ildiz ottirishga harakat qilmoqda. Bunday salbiy holatlar tez-tez uchrab turgan murakkab bir sharoitda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan yuritilayotgan, har tomonlama puxta o’ylangan, pragmatik va oqilona siyosat shu singari tagi puch qarashlar, sarqit va xurofotlarning tarqalishiga yo’l qo’ymaydigan mustahkam to’siq, muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda, Markaziy Osiyo mintaqasidagi xavfsizlik va barqarorlikka turli tahdidlar xavf solib turganiga qaramasdan, O’zbekistonda tinchlik-osoyishtalik, dinlararo bag’rikenglik mustahkam qaror topgani ana shu fikrimning yaqqol tasdig’i bo’la oladi.
O’zbekiston o’z mustaqil taraqqiyotining tarixan qisqa davrida muhtaram Islom Abdug’aniyevich rahnamoligida milliy qadriyatlarni, ajdodlarning boy ilmiy va ma’naviy merosini, tarixiy obidalarni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgani yuksak tahsinga sazovordir. Shu yo’ldagi sa’y-harakatlar tufayli yuzlab me’moriy majmualar butunlay yangicha qiyofa, ko’rku tarovat kasb etdi. Bugungi kunda ular o’ziga xos ma’naviy-axloqiy tarbiya markazlariga aylangan. Tarixi necha ming yillar bilan o’lchanadigan qadimiy shaharlarning yubileylari keng nishonlanmoqda, o’zining go’zalligi, betakrorligi va mahobati bilan har qanday odamni hayratga soladigan yangi-yangi komplekslar barpo etilmoqda. Samarqanddagi Imom Buxoriy, Shohi Zinda, Buxorodagi Bahouddin Naqshband, Toshkentdagi Hazrati Imom kabi qayta tiklangan va obod etilgan muqaddas qadamjolar hamda boshqa me’moriy majmualar bugun mo’tabar ma’naviy tarbiya maskanlari, qutlug’ ziyoratgohlar sifatida nafaqat O’zbekistondagi, balki butun dunyodagi ming-minglab odamlarni o’ziga jalb etmoqda.
Yana bir quvonchli jihati shundaki, yosh mustaqil O’zbekiston davlati istiqlolning birinchi yillaridan boshlab, dinga o’z madaniy-ma’naviy an’analarining uzviy bir qismi sifatida qarab, unga munosabatni tubdan o’zgartirdi. Qardosh O’zbekistonda ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash, bag’rikenglik davlat siyosati darajasiga ko’tarilganiga guvoh bo’lib turibmiz. Ma’lumki, 1999 yilda O’zbekiston rahbari Islom Karimovning farmoniga muvofiq Toshkent islom universiteti tashkil etildi. Mintaqadagi eng yirik ushbu oliy o’quv yurtida dunyoviy va diniy bilimlarni puxta egallagan, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Men O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohot va o’zgarishlarni kuzatar ekanman, Islom Abdug’aniyevich beqiyos azmu shijoatga ega bo’lgan, uzoqni o’ylab ish tutadigan dono davlat arbobi ekaniga qayta-qayta ishonch hosil qilaman. O’zbekiston rahbari mamlakati erishgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmasdan, o’z xalqini doimo yangidan-yangi, yanada yuksak marralar sari boshlaydi. Islom Karimovning ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o’rni va ahamiyati har tomonlama chuqur ochib berilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”asarini, unda alohida urg’u berilgan o’ta muhim va dolzarb fikr va g’oyalarni bunga yorqin misol sifatida keltirish mumkin. Bu kitobda ma’naviyat sohasining hamma zamonlarda ham katta ahamiyatga molik bo’lgan jiddiy masalalari teran tahlil etib berilgani e’tiborlidir. Qadim-qadimdan bizga buyuk ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan boqiy qadriyatlarga amal qilib yashashga chorlaydigan, muqaddas kitoblarimizda o’zining chuqur ifodasini topgan ezgulik, olijanoblik, kamtarlik kabi umuminsoniy qadriyatlarni yanada teranroq anglashga salmoqli hissa qo’shadigan bu asar nihoyatda qadrlidir.
Mazkur asarning yana bir muhim xususiyati shundaki, u bizni umumiy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash yo’lida yanada qat’iy harakat qilishga da’vat etadi. Muallif jamiyatni rivojlantirishda siyosiy, iqtisodiy va harbiy omillar bilan bir qatorda yuksak ma’naviyat alohida ustuvor ahamiyat kasb etishini ilmiy va nazariy nuqtai nazardan asoslab beradi. O’zbekiston Prezidenti hozirgi kunda insoniyat hayotiga xavf solayotgan turli tahdidlarni bartaraf etish uchun milliy qadriyatlar, an’ana va urf-odatlarni asrab-avaylash, ma’naviy yuksaklik, poklik va ezgulikka intilish zarurligi haqidagi g’oyalarni ilgari suradi. Shuningdek, kitob muallifi islom dinining pokligini saqlash, uni har xil g’arazli xuruj va bo’htonlardan himoya qilish, muqaddas dinimizning asl mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongiga singdirish hamda islom sivilizatsiyasi yutuqlarini keng targ’ib qilishga da’vat etadi.
Bizning xalqlarimizni milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, tilimiz, madaniyatimiz va dinimizning mushtarakligi birlashtiradi. Shu bois kitobning mazmuni, unda muallif tomonidan ilgari surilgan dolzarb fikr va qarashlar, mening nazarimda, mamlakatlarimiz xalqlari uchun birdek tushunarlidir. Biz ham, Ozarboyjonda diniy bag’rikenglik va barcha din vakillarining hamjihatlikda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, sivilizatsiyalararo muloqotni, shuningdek, asl islom dinining sofligini himoya qilish uchun ko’p ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Prezident Islom Karimov ta’kidlagan kelajak avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash vazifasi, Ozarboyjonda yuqorida zikr etilgan xayrli ishlarni hisobga olib aytadigan bo’lsak, biz uchun ham hayotiy muhim ahamiyatga egadir.
So’zimning nihoyasida shuni qat’iy ishonch bilan aytmoqchimanki, O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi nafaqat O’zbekiston xalqining farovonligi, balki butun insoniyatning yanada taraqqiy etishi yo’lida xizmat qiladi.
115.МАМЛАКАТИМИЗДА ДЕМОКРАТИК ИСЛОҲОТЛАРНИ ЯНАДА ЧУҚУРЛАШТИРИШ ВА ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ КОНЦЕПЦИЯСИ
Тошкентда 12 ноябрь куни Ўзб. Рес. Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлиси бўлиб ўтди.Қўшма мажлисда Ўзб. Рес. Президенти И.Каримов «Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси» мавзуида маъруза қилди.Ўзбекистон 1991 йили ўз мустақиллигини қўлга киритганидан сўнг “ўзбек модели” деб ном олган ўз тараққиёт йўлини танлаб олди. Биз ишлаб чиққан ва бугунги кунда ҳаётга татбиқ этаётган ушбу моделнинг маъно-мазмуни — давлат қурилиши ва конституциявий тузумни тубдан ўзгартириш ва янгилаш, иқтисодиётни мафкурадан холи этиш, унинг сиёсатдан устунлигини таъминлаш, давлатнинг бош ислоҳотчи вазифасини бажариши, яъни ислоҳотлар ташаббускори бўлиши ва уларни мувофиқлаштириб бориши, қонун устуворлигини таъминлаш, кучли ижтимоий сиёсат юритиш, ислоҳотларни босқичма-босқич ва изчил олиб бориш тамойилларига асосланадиган сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий ислоҳотларни амалга оширишдан иборатдир. Ўзбекистонда ялпи ички маҳсулотнинг ўсиш суръатлари 2008 йилда 9 фоизни, 2009 йилда 8,1 фоизни ташкил этгани, 2010 йилда бу кўрсаткич 8,5 фоизга етиши кутилаётгани, келгуси 2011 йилда эса 8,3 фоиз даражасида бўлиши белгилаб берилаётгани кўпгина халқаро тузилмалар, эксперт ва мутахассисларда катта қизиқиш уйғотмоқда.қуйидаги йўналишларни демократик ўзгаришларни янада чуқурлаштиришнинг энг муҳим устувор вазифалари сифатида белгилаш зарур:
I. Давлат ҳокимияти ва бошқарувини демократлаштириш:Маълумки, ўтган давр мобайнида мамлакатимизда давлат ҳокимияти ва бошқарувини демократлаштириш соҳасида амалга оширилган ислоҳотлар ўта муҳим бир мақсадга, яъни ҳокимиятлар бўлиниши конституциявий принципини ҳаётга татбиқ этиш, ҳокимиятлар ўртасида ўзаро тийиб туриш ва манфаатлар мувозанатининг самарали тизимини шакллантириш, марказда ва жойларда қонун чиқарувчи ва вакиллик ҳокимиятининг ваколатлари ҳамда назорат вазифаларининг ролини кучайтириш, суд тизимини либераллаштириш ва унинг мустақиллигини таъминлаш бўйича ғоят долзарб чора-тадбирларни кўришга қаратилган эди. Бу жараёнда марказий ижро этувчи ҳокимиятнинг бошқарув тузилмалари ва маъмурий органларнинг вазифаларини ўзгартиришга, уларнинг бошқариш, тартибга солиш ва тақсимлаш борасидаги ваколатларини, хўжалик тузилмалари фаолиятига бевосита аралашувини кескин қисқартиришга катта эътибор берилди. Икки палатали миллий парламентимизни ташкил этиш масаласи бўйича 2002 йил 27 январда ўтказилган референдум якунлари ва шу асосда «Референдум якунлари ҳамда давлат ҳокимияти ташкил этилишининг асосий принциплари тўғрисида»ги конституциявий қонуннинг қабул қилиниши қонун чиқарувчи ҳокимиятни тубдан ислоҳ қилишнинг асосларини белгилаб берди.
II. Суд-ҳуқуқ тизимини ислоҳ этиш:Ҳокимиятлар бўлинишига оид конституциявий принципни изчил амалга ошириш мақсадида «Судлар тўғрисида»ги Қонун янги таҳрирда қабул қилинди, шунингдек, бу даврда жиноят-процессуал, фуқаролик-процессуал қонунчилигига тегишли ўзгартиш ва қўшимчалар киритилди.судлар фаолиятини ташкилий жиҳатдан таъминлаш, хусусан, суд тизими учун кадрлар масалалари билан шуғулланиш вазифаси махсус орган — Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Судьяларни танлаш ва лавозимларга тавсия этиш бўйича олий малака комиссиясига юклатилганини қайд этиш лозим. Ўзб. Рес. Адлия вазирлиги ҳузурида махсус ваколатли тузилма — Суд қарорларини ижро этиш, судлар фаолиятини моддий-техник ва молиявий таъминлаш департаменти ташкил этилди. Мазкур институтнинг самарадорлиги ҳамда ўзбек халқининг раҳмдиллик ва кечиримлилик каби кўп асрлик анъаналарига мослиги унинг изчиллик билан кенгайиб боришига асос бўлди. Ҳозирги кунда 53 та жиноят таркиби бўйича ярашув институтини қўллаш имконияти назарда тутилган. III. Ахборот соҳасини ислоҳ қилиш, ахборот ва сўз эркинлигини таъминлаш:«Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари тўғрисида»ги Қонуннин қабул қилиниши ҳар кимнинг ахборотни эркин ва монеликсиз олиш ҳамда фойдаланиш ҳуқуқларини амалга оширишда, шунингдек, ахборотнинг муҳофаза қилиниши, шахс, жамият ва давлатнинг ахборот борасидаги хавфсизлигини таъминлашда муҳим аҳамият касб этди. Сўнгги йилларда янги таҳрирдаги «Оммавий ахборот воситалари тўғрисида»ги Қонунга, шунингдек, «Телекоммуникациялар тўғрисида», «Реклама тўғрисида», «Муаллифлик ҳуқуқи ва турдош ҳуқуқлар тўғрисида»ги ва бошқа бир қатор қонунчилик ҳужжатларига тегишли ўзгартиш ва қўшимчалар киритилди.Шу боисдан қуйидаги чора-тадбирларни амалга ошириш ўта долзарб аҳамият касб этмоқда: Биринчи. «Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органлари фаолиятининг очиқлиги тўғрисида» Қонун қабул қилиш зарур. Иккинчи. Демократлаштириш жараёнларида аҳамияти тобора ортиб бораётган ахборот коммуникациялари соҳасининг энг муҳим тармоқларидан бири бўлган телерадио тизимини ривожлантиришга қаратилган «Телерадиоэшиттиришлар тўғрисида» Қонун қабул қилиш ҳақида таклиф киритилмоқда.Учинчи. Оммавий ахборот воситалари эркинлиги ва мустақиллигини янада мустаҳкамлаш муаллифлик ҳуқуқлари ва интеллектуал мулкни ишончли ҳимоя қилишнинг ҳуқуқий кафолатлари ва механизмларини кучайтириш, ахборот соҳасига бозор механизмларини жорий қилиш билан бевосита боғлиқдир. Сайловлар – бу мамлакатимизда амалда бўлган ҳуқуқий нормаларнинг нечоғлиқ демократик руҳда эканини намоён этадиган, демократик ҳуқуқий давлатнинг узвий белгиси, халқнинг ўз хоҳиш-иродасини эркин ифода этишининг, фуқароларнинг давлат ва жамият бошқарувидаги иштирокининг асосий шаклидир.қуйидаги қонунчилик ташаббусларини амалга ошириш мақсадга мувофиқ:Биринчи. «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги Қонуннинг 27-моддаси ҳамда «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги Қонуннинг 25-моддасига ўзгартиш ва қўшимчалар киритиш таклиф этилади. Иккинчи. «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги Қонуннинг 27-моддасига сайловолди ташвиқотини нафақат сайлов куни, балки овоз бериш бошланишидан бир кун олдин ҳам олиб бориш мумкин эмаслиги тўғрисидаги нормани киритиш мақсадга мувофиқ. Учинчи. «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги Қонуннинг 41-моддаси ҳамда «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги Қонуннинг 38-моддасига қўшимчалар киритиш таклиф этилади. Тўртинчи. «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги, «Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайлов тўғрисида»ги қонунларга “овоз бериш кунига қадар қолган беш кун ичида, шунингдек, овоз бериш куни жамоат фикри сўровлари натижаларини, сайлов натижалари прогнозларини ва ўтказилаётган сайлов билан боғлиқ бошқа тадқиқотларни нашр этиш (эълон қилиш), шунингдек, уларни умумий фойдаланишдаги ахборот-телекоммуникация тармоқларига (шу жумладан, Интернет тармоғига) жойлаштириш тақиқланади” деган нормани киритиш мақсадга мувофиқ ҳисобланади. Ушбу норманинг юқорида кўрсатилган қонунларга киритилиши сайловчилар ҳуқуқларининг янада таъсирчан ҳимоя қилиниши, муайян номзодга ғаразли муносабатда бўлиш, бу борада сайлов қонунчилиги бузилишининг олдини олиш имконини беради. Бешинчи. Ўзбекистон Экологик ҳаракатидан Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасига депутатлар сайловининг очиқлиги ва ошкоралигини таъминлаш мақсадида «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисига сайлов тўғрисида»ги Қонуннинг 6-моддасига Ўзбекистон Экологик ҳаракатининг Қонунчилик палатаси депутатларини сайлаш бўйича конференсияларида кузатувчиларнинг иштирок этиш ҳуқуқини белгилаб берадиган қўшимча киритиш мақсадга мувофиқ. V. Фуқаролик жамияти институтларини шакллантириш ва ривожлантириш:Бугунги кунда мамлакатимизда жамият ҳаётининг турли соҳаларида 5100 дан зиёд нодавлат нотижорат ташкилотлари фаолият юритмоқда ва бу кўрсаткич 2000 йилга қараганда 2,5 баробар кўпдир. Фуқаролар йиғинлари ва ўзини ўзи бошқариш органлари – маҳаллалар сони 10 мингдан ортиқни ташкил этади. Булар қаторида «Камолот» ёшлар ижтимоий ҳаракати, Ўзбекистон хотин-қизлар қўмитаси, «Соғлом авлод учун», «Нуроний» жамғармалари, «Ижод» фонди, Нодавлат нотижорат ташкилотлар миллий ассоциацияси ва бошқа жамоат ташкилотларини санаб ўтиш мумкин. Сўнгги йилларда «Жамоат фондлари тўғрисида»ги, «Ҳомийлик тўғрисида»ги қонунлар, Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистонда фуқаролик жамияти институтлари ривожланишига кўмаклашиш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори ва бошқа қатор ҳужжатлар қабул қилинди ва улар фуқаролик жамияти институтлари ижтимоий фаоллигини кучайтиришда муҳим омил вазифасини бажармоқда.

  1. VI. Демократик бозор ислоҳотларини ва иқтисодиётни либераллаштиришни янада чуқурлаштириш:Ислоҳотларимизнинг кейинги босқичида «Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида», «Хусусий корхона тўғрисида», «Валютани тартибга солиш тўғрисида», «Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида», «Фермер хўжалиги тўғрисида»ги қонунлар, янги таҳрирдаги Солиқ кодекси ва иқтисодиётни ислоҳ қилиш бўйича умумий ҳисобда 400 дан зиёд қонун ҳужжатлари ишлаб чиқилиб, қабул қилинди ва жорий этилди. Уларнинг барчаси иқтисодиётимизни янада либераллаштириш ва модернизация қилишда нафақат мустаҳкам ҳуқуқий асос, балки амалга оширилаётган бозор ислоҳотларининг ортга қайтмаслигининг кафолати бўлиб хизмат қилмоқда.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling