Pa omborlari tuzilishi va ulardan foydalnish
PA saqlandigan ustki va yarimchuqur vaqtinchalik omborlar
Download 0.71 Mb.
|
PI Xavfsizlik Qoidalari amaliyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy talablar
3. PA saqlandigan ustki va yarimchuqur vaqtinchalik omborlar
3.1. PA saqlandigan vaqtinchalik omborlar taxta, paxsa, tuproq va shu kabilardan bo‘lishi mumkin. Omborlarning imoratlari uchun foydalanilmaydigan saroy, qurilish, erto‘la va boshqa xonalarni moslashtirish mumkin. Bu imoratlar shamollatiladigan va ulardan yomg‘ir va qor o‘tishidan himoyalangan bo‘lishi kerak. Imoratlari uchun moslashtirilgan binolardagi pechlarning o‘txonalari suvalgan bo‘lishi kerak. 3.2. Vaqtinchalik omborlarda: a) pollar taxta, beton yoki loydan qilingan bo‘lishi mumkin; b) yog‘och devorlar va tomlar olovdan himoyalaydigan tarkib bilan qoplanishi kerak; v) to‘siqlar xodachalar, to‘qima, taxta va boshqa shunday materiallardan qurilishiga ruxsat etiladi, bunda to‘siqning balandligi kamida 2 m bo‘lishi kerak; g) suv havzalarini qurish shart emas; d) tambur qurish shart emas, eshiklar bir tabaqali bo‘lishi mumkin; e) imoratlari ichidagi ishchi yoritish konni akkumulyatorli yoritgichlari yoki quriq batareyali (metall korpusli, rezina g‘ilofli) fonarlar bilan amalga oshirilishi mumkin; j) moslashtirilgan binolardagi eshik va derazalarning tegishli o‘lchamlarini o‘zgartirmasdan qoldirish mumkin. Qolganlari bo‘yicha vaqtinchalik omborlarga ham doimiy omborlarga qo‘yilgan talablar qo‘yiladi. 3.3. SHahar chegarasida quriladigan (metropoliten qurishda inshootlar va boshqalrini qazib o‘tish) PA saqlandigan vaqtinchalik omborlar foydalanilmaydigan qurilishning quriq shamollatiladigan yorto‘lalariga yoki ataylab 2.5 m gacha chuqurlashtirilgan tomi kamida 2 m gacha ko‘milgan xonalarga joylashtirilishi mumkin. PM, TV va NPAlar saqlanadigan xonalar bir-biridan va qalinligi kamida 25 sm bo‘lgan g‘isht (beton) devorli PA tayyorlash xonasidan ajratilgan bo‘lishi zarur. Umumiy talablar 4.1. Qisqa muddatli turdagi ishlarni bajarish uchun PAni: foydalanilmaydigan saroy, qurilish, erto‘la va boshqalarda; temir yo‘l vagonlarida; kemalarda; avtomabil, tirkama va aravalarda; palatka, g‘or va chaylalarda; portlatish ishlari bajariladigan joylarning yonidagi maydonchalarda saqlashga ruxsat etiladi. 4.2. PAni qisqa muddatli omborlarida mazukr Qoidalarning 3.1, 3.2 –bandlari talablari bajarilishi kerak. Bunda yashinhimoya, yoritish, telefon aloqa, ombor to‘siqlari atrofiga ariqlar va PA ombori atrofini daraxtlardan tozalash zonasini qilish shart emas. Qolgan barchasida mazukr Qoidalarning tegishli talablari bajarilishi kerak. Qisqa muddatli omborlar to‘sig‘ini kamida 1,5 m balandlik, eng yaqin imorat devoridan 20 m uzoqlikda qurishga ruxsat etiladi. To‘siqdan soqchilik xonasigacha bo‘lgan masofa kamida 15 m bo‘lishi kerak. Qisqa muddatli ombor imoratlarining taxta devorlari ichki va tashqi tomonidan olovdan himoyalaydigan tarkib sifatida uch tuzli ohak-tuz eritmasi bilan qoplanishi zarur. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling