Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish
Download 1.09 Mb.
|
Tortish. Protyajka deb ataluvchi asbobni ishlov beriladigan teshik ichidan o’tkazib tortishga tortish deb aytiladi, bunda protyashka xar bir tish belgilangan quyimlarni kesadi.
Ishlov berishning bu turi xozirgi vaqtda keng tarqalmoqda va buning natijasida ommaviy va seriyalab ishlab chiqarishda profilli teshiklarni kertish, frezalash va xatto razvertkalash turlaridagi ishlov berishlarni siqib chiqarilmoqda. Masalan, xozirgi vaqtda teshiklarga shponka ariqchalari, shlitsali teshiklar, ko’ptomonli teshiklar to’laligshicha tortib ishlab chiqarilmoqda. Uning ijobiy tomonlari: -ishlov berilgan yuzalarning yuqori aniqligi va sifatliligi; -yuqori unumdorligi; -past malakali ishchilardan foydalanish mumkinligi. Asbobning o’zini qimmatliligini va maxsus tortish dastgohlarini zarurligi tortishni salbiy tomonlari hisoblanadi. Turli shakldagi o’tuvchi teshiklarni tortish bilan olish mumkin: turli xil to’g’ri va vintli ariqchalarni, ichki ilashuvchi tishli g’ildiraklarni va xokazo (19.16-rasm) Tortish protyajkalash dastgohida amalga oshiriladi. Dastgoh suriluvchisi bilan bog’langan protyajkani ilgarilanma xarakati asosiy xarakat hisoblanadi (19.17-rasm)
12- rasm. Tortib ishlov berish sxemasi, 1-tayyorlama, 2-dastgoh kronshteyni, 3-protyajka. Tortishda surish xarakati bo’lmaydi va surish tishlarning diametri yoki balandligini uzluksiz ortib borishi hisobiga amalga oshiriladi (12-rasm) Protyajlash uch xil bo’ladi: a) profil sxemasi bo’yicha. Bunda qo’llaniladigan protyajkani barcha tishlari profili ishlov berilayotgan yuza ko’ndalang kesimi profiliga mos keladi va ular faqat o’lchamlari bilan farq qiladilar. b) progressiv sxemasi bo’yicha. Bunda shakldor prochyajkalar qo’llanilib, ularning tishlari o’zgaruvchan profilga ega bo’lib, asta-sekin ishlov berilayotga yuzani kerakli profiliga o’tadi. v) generatorli sxemasi bo’yicha. Bunda qo’llaniladigan protyajkalarni kesuvchi tishlari guruhlarga bo’linadi va xar bir guruhni tishi ishlov beriladigan yuza profilini faqat ma’lum qismiga ishlov beradi. Generatorli sxema protyajkani tayyorlashni soddalashtiradi, chunki bunda tishni butun shakldor tigini charxlashga hojat qolmaydi. Profil sxemasi ishlov berilayotgan yuzani butun eni bo’yicha metallni ingichka qatlamini olishda, progressiv sxema esa birlamchi ishlov berilmagan yuzalarga ishlov berishda qo’llaniladi. Teshiklarni protyajkalashda 7-kvalitetgacha o’lcham aniqligi 5-8 gadir-budurlik sinflarini olish mumkin. Protyajkalash uchun ishlatiladigan dastgohlar quyidagicha bo’ladi: 1.mexanik va gidravlik; 2.gorizovtal va vertikal; 3. bir yoki ko’p shpindelli. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling