Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish


Zenkerlashdagi o’q bo’ylab kuch va moment


Download 1.09 Mb.
bet6/12
Sana10.11.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1765073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Zenkerlashdagi o’q bo’ylab kuch va moment. Kesuvchi qatlamni qirqilishiga qarshiligi natijasida dastgohning bosh xarakati va uzatish mexanizimlari yengib o’tishi kerak bo’lgan kuchlar ta’sir qiladi. Parmalashdagi kabi zenkerlashda ham o’q bo’ylab kuch (surish kuchi) va moment ta’sir qiladi.
Zenkerlashda momentni hisoblash uchun quyidagi folmula tavsiya etiladi:
n. m

Kesishga sarf bo’ladigan quvvat:


,kvt
Dastgoh elektrodvigatyeli uchun zarur bo’lgan quvvat:
, kvt
Bu yerda o’q bo’ylab ta’sir qiluvchi kuch juda ham kichik bo’lgani uchun hisoblanmaydi.
Zenkerlashda ruxsat etilgan kesish tezligi. Zenkerning ruxsat etilgan kesish xususiyatiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi: ishlov beriladigan metall va zenkerning o’zini materiali, zenker diametri, teshik chuqurligi, surish, bardoshlilik davri, moylash-sovitish suyuqligi va hokazolar.
Kesish tezligi quyidagi emperik formula bilan hisoblanishi mumkin:
m/min
Kesish tartibini belgilash. Zenkerlashda ham kesish tartibini belgilanishi parmalashdagi kabi bo’ladi, faqat bu yerda ayrim farqlarga e’tibor berish kerak . Zenkerlashda surish tezligi parmalashdagiga qaraganda ancha katta bo’lishiga ruhsat beriladi, bu yaxshi ishlash sharoitiga ega ekanligini ko’rsatadi (ko’ndalang tig’ni yo’qligi, qirra bo’ylab kesish burchagini nisbatan bir tekisdagiligi, kesish chuqurligining kichikligi sababli), shuningdek zenkerni tishlar sonini ko’pligi surish tezligi “S” ni katta tanlashga imkon beradi.
Masalan, po’lat tayyorlamani zenkerlashda; S = 0,4 – 2 mm/ayl.
Shuningdek zenkerlashda tanlangan kesish tartibi uzatish mexanizimlarining ayrim zvyenolarining mustaxkamligi bo’yicha tekshirilmaydi, chunki bunda o’q bo’ylab yo’nalgan kuch juda kichik. Tayyorlamani asoslash parmalashdagi kabi bo’ladi.
Ishlov berish aniqligi va sifati. Parmalangan teshikni borligi, zenkernitishlarsonini ko’pligi, parmaga qaraganda yaxshi yo’nalishga ega ekanligi sabalizenkerlash aniqroq va tozaroq ishlov berilgan yuzani olishni ta’minlaydi.
Bunda 11,10,9 kvalityet aniqlikka eriish mumkin.
Zenkerlash yuqori kesish tezligida olib borilgani uchun ham bunda o’simta hosil bo’lishi juda kam, shuning uchun ham ishlov berilgan yuza g’adir-budirligi 5-6 sinfga yetadi.

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling