Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish
Teshiklarni yo’nib kengaytirish
Download 1.09 Mb.
|
Teshiklarni yo’nib kengaytirish. Yo’nib kengaytiruvchi opravka va borshtangacha o’rnatilgan, yo’nib kengaytiruvchi keskich yoki keskichlar yordamida teshiklarga ishlov berish yo’nib kengaytirish deb ataladi, bu usul kam unumli bo’lsa ham, fazoviy og’ishlardagi xatoliklarni kamaytirib, ishlov berishda yuqori aniqlikni ta’minlaydi.
9-rasm. Yo’nib kengaytirish jarayoni sxemalari. Tokarlik guruxidagi dastgohlarda kichik o’lchamdagi korpus detallariga ishlov berishda yo’nib kengaytirish eng ko’p tarqalgan usul hisoblanadi. Nisbatan katta o’lchamli korpus detallari-teshiklarni yo’nib kengaytirish uchun gorizantal yo’nib kengaytirish dastgohlaridan, hozirda ular asosida ko’plab ishlab chiqilgan ko’p maqsadli gorizantal-frezalash yo’nib kengaytiruvchi sonli dasturli boshqariladigan dastgohlar keng qo’llailmoqda 7.12-rasmda yo’nib kengaytirish usullari keltirilgan. Bu xolda tayyorlama va asbobning xarakat kinematikasi, shuningdek qo’llaniladigan dastgoh ham aylanuvchi jism tashqarisiga tokarlik ishlov berishdagidek bo’ladi. Yo’nib kengaytiruvchi dastgohlarda teshiklarni yo’nib kengaytirish yirik o’lchamdagi korpus detallariga ishlov berishdagi asosiy usul hisoblanadi. Tayyorlama dastgoh stoliga asoslash sxemasi bo’yicha o’rnatiladi. Kesishni asosiy xarakatini keskich bilan borshtanga amalga oshiradi, surilishini esa borshtangani o’q bo’ylab siljishi yoki dastgoh stolini ilgarilanma-qaytma xarakti orqali amalga oshiriladi (19.14 a,b-rasm). Umuman diametri 100 mm. dan katta teshiklarga ishlov berish faqatgina yo’nib kengaytirish bilan bajariladi, chunki zenker va razvertkalarni qo’llash ularni kattaligi, tayyorlash murakkabligi va qimmatga tushishi bilan maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Aylanuvchi jism tashqarisini yo’nish jarayonidagi barcha qonuniyatlar teshiklarni yo’nib kengaytirishga ham tegishli bo’ladi, lekin ayrim farqlarga ham ega: yo’nib kengaytirish jarayoni asosoan keskichni maxkamlash va borshtanganing o’zini bikrligini kamligi bilan tashqi yo’nishdan farq qiladi. Bu keskichni qisilishidan og’ishi kichik kesish chuqurligi bilan ishlashga, oqibatda kesib o’tishlar sonini katta bo’lishiga olib keladi. Ana shu sabablar bo’yicha, shunigdek titrashni yuzaga kelishidan og’ishi sababli yo’nib kengaytirish nisbatan kichik surish va kesish tezliklarida amalga oshiriladi. Yo’nib kengaytirishda kesuvchi qismi boshqacharoq gyeomyetriyada bo’lgan keskichlar qo’llaniladi. Orqa burchagining qiymati tashqi yo’nish uchun ishlatiladigan keskichlarnikiga nisbatan hamma vaqt katta va u teshik diametri kamayishi bilan doimo kattalashib boradi (19.15-rasm). 10-rasm. Yo’nib kengaytiruvchi asbobni dastgohga o’rnatuvchi opravka sxemasi. Keskichni qisilish kuchini kamaytirish uchun rejadagi bosh burchak “ ” hamma vaqt katta (600-900 ) qilinadi, bu farqlarni kesish tartibini hisoblashda inobatga olish zarur. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling