Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish
Download 1.09 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesish tartibini belgilash.
- Ishlov berish aniqligi va sifati.
Kesish tezligi. Razvertkani ruxsat etilgan kesish tezligi quyidagi formula bo’yicha hisolanadi.
m/min Zenkerlashda ham va ravertkalashda ham moylash-sovitish suyuqliklarini qo’llanilishiga qaramasdan, ravertkalashda u ko’proq samaraga ega, bu razvertkalashni kichik kesish tezligida kam qatlamni kesish bilan amalga oshirlishi bilan bog’liq, ya’ni suyuqlikni o’zini moylash xususiyatini yaxshiroq ko’rsatish sharoitiga egaligidir. Tegishli suyuqlikni tanlash tish yuzasiga qirindi yopishib qolishi oldini oladi, razvertka tishlarini yeyilishini kamaytiradi, teshik aniqligi va sifatini oshiradi, razvertkani bardoshliligini ko’paytiradi. Kesish tartibini belgilash. Razvertkalashda kesish tartibini belgilash tartibi zenkerlashdagi kabi bo’ladi. Faqat bu yerda o’q bo’ylab yo’nalgan kuch va momentni kamligi sababli dastgohni quvvati va mustaxkamligi bo’yicha tekshirishni hojati yo’q. Detalni asoslash oldingi sxema bo’yicha amalgan oshiriladi. Chunki parmalash va zenkerlashdagi dastgoh razvertkalashda ham qo’llaniladi. Ishlov berish aniqligi va sifati. Razvertkalash teshikka ishlov berishda aniq va yakuniy hisoblanadi. Razvyetkalash bilan 8-6 kvalityet aniqlikdagi teshikni ishlov berilgan yuzasini 7-8 sinf g’adir-budirligida olish mumkin. Teshikni diametr bo’yicha o’lchamini ko’pincha katta tomonga og’ishi quyidagi sabablarga ko’ra yuzaga keladi: -teshik va razvertkani shpindyel bilan o’qdoshligini yo’qligi; -razvertkaning uzini urilishi; -kesuvchi qirralarni o’tmaslanishi; -o’simtani hosil bo’lishi. Kengayish qiymati 0,005-0,05mm. oralig’da yuqoridagi omillarga bog’liq xolda tyebranib turadi. Razvertkani o’tmaslashishi bilan kengayish 0,05-0,08 mm gacha keskin ortadi, shuning uchun ham qovushqoq materiallarga ishlov berishda teshikni ruxsat etilmagan darajada kengayishi razvertkani o’tmaslashishi myezoni qilib qabul qilinadi. Undan tashqari, razvertkani o’tmaslashishi ishlov berilayotgan yuza g’adir-budirligini keskin yomonlashtiradi, ayrim xollarda buni razvertkani o’tmaslashishi myezoni sifatida qabul qilinadi. Teshikni kengayishini kamaytirish, ya’ni razvertkalash aniqligini oshirish uchun tanlangan moylash suyuqliklarini qo’llab kesish tezligini 7-8 m/min. gacha kamaytirish kerak . Noo’qdoshlikni yo’qotish uchun esa suziluvchi razvertkalardan foydalaniladi. Albatta, bunday xollarda teshikni to’g’ri chiziqliligini, uni noto’g’ri joylashishini razvertka to’g’rilay olmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, razvertka bir necha bor charxlangandan keyin o’zini o’lchamlarini yo’qotadi va berilgan o’lchamdagi teshik uchun qo’llanilishi mumkin bo’lmay qoladi, bu razvertkalash jarayonini katta teshiklar uchun ancha qimmatlashtirib yuboradi, shuning uchun tishlari siljuvchan razvertkalarni ishlab chiqish va qo’llanishi uning xizmat muddatini ancha ko’paytiradi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling