Parmalash, zenkerlash va razverkalash ishlov berish
Ishlov berilgan yuza g’adir-budurligi va aniqligi
Download 1.09 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zenkerlash.
Ishlov berilgan yuza g’adir-budurligi va aniqligi. Teshiklarni parmalab ishlov berishda yuqori kvalitet aniqlikka erishib bo’lmaydi. Bu quyidagilar bilan bog’liq, birinchidan parma metalga botib kirayotganida, faqatgina endi teshik shakllanayotganda, u yo’nalishga ega bo’lmay belgilangan joydan og’adi va teshikni og’ish yuzaga keladi; ikkinchidan parmaning ikki qirrasini hech qachon simmetrik qilib bo’lmaydi va natijada o’qqa perpyendikulyar bo’lgan qo’shimcha kuchlar yuzaga kelib, parmani o’qdan chetga og’ishini keltirib chiqaradi; uchunchidan, parma kesish tezligi doirasida ishlaydi, u yerda o’simta o’sish katta va bir xil emas, shuning uchun teshik diametri loyihadagiga qaraganda katta bo’ladi.
Ko’rsatilgan sabablar natijasida parmalashda 11-12 kvalityet aniqlikdan yuqori bo’lgan teshiklarni olishga erishib bo’lmaydi, faqatgina konduktor vtulkasi orqali parmani botib kirishdagi og’ishini bartaraf etish mumkin va unda 11 kvalityet aniqlikdagi teshiklarni olish mumkin. Yuqorida ko’rsatilganidek parmalashda parmaning kesuvchi qirralarida o’simta xosil bo’lishi kuchayishi kuzatiladi, shuning uchun ham ishlov berilgan yuzaning g’adir-budirligi yuqori bo’ladi. Parmalashda 4 sinfdan yuqori bo’lgan yuza g’adir-budirlikka erishib bo’lmaydi, ko’p xollarda 3-4 sinf yuza g’adir-budirligiga ega bo’linadi. Qattiq qotishmali plastinkalar bilan ta’minlangan parmalar bilan ishlashda kesish tezligi keskin ortadi va 80 m/min ga yetadi, bu sharoitda birinchidan o’simta xosil bo’lishi xodisasi keskin kamayadi, oqibatda teshik o’lchamlaridagi xatolik ham keskin kamayadi. Ikkinchidan katta aylanish chastotasida parmaning o’zi markazlanish sharoiti yaxshilanadi, bu esa parmaning chetga og’ishi qiymatini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ham qattiq qotishmali parmalarda parmalashda 9, 10 kvalitet aniqlikdagi va 4-5 sinf g’adir-budirlikdagi ishlov berilgan yuzalarni olish mumikn. Zenkerlash. Teshiklarni ishlov berilgan yoki quymada olingan yuzalarini yuqoriroq aniqlikda va tozalikda olish uchun zenkerlash jarayoni mavjuddir. Zenkerlash jarayoni quymadan, shtampovkadan yoki parmalashdan keyin olingan teshiklarni kengaytirish uchun xizmat qiladigan asbob-zenker yordamida amalga oshiriladi. Bu ishlov berish tugallangan yoki yana ham yuqoriroq aniqlikdagi teshikka yuqoriroq tozalikda ishlov berilgan yuzalarni beruvchi razvertkalashdan oldin oraliq bo’lishi mumkin. Asbobni tayyorlamaga nisbatan xarakatlanishi kinematikasi, shuningdek foydalaniladigan dastgohlar xuddi parmalashdagi kabi bo’ladi. Odatda tayyorlamani bir maxkamlashda teshik parmalanib, parma zenkerga almashtiriladi va zenkerlash amalga oshiriladi. Zenkerni parmadan farqi, u uchlik va ko’ndalang qirralariga ega emas va 3 yoki 4 qirraga ega, zenkerlar tezkesar po’lat P18 dan, shuningdek qattiq qotishmali plastinkalar: T15K6-po’latlarga ishlov berish uchun; VK4, VK6, VK8 –cho’yanlarga ishlov berish uchun ishlatilgan holda tayyorlanadi. Zenkerlar ikki guruxga bo’linadi: yaxlit konus dumli va biriktiriladigan. Yaxlit zenkerlar dumi bilan parmalash dastgohi shpindelining konusli teshigiga parma kabi maxkamlanadi. Biriktiriladigan zenker maxsus opravkaga qotirilib, o’z navbatida shpindyelning konusli teshigiga maxkamlanadi. Yaxlit zenkerlar 3 qirrali, biriktiriladigani esa 4 qirrali bo’ladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling