Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
-modda Milliy tartib-taomilni kechiktirish
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-modda Ko‘rsatilgan mamlakatlarda xalqaro talabnoma amal qilishini tugatish ehtimoli
- 25-modda Ko‘rsatilgan idoralar tomonidan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish
23-modda
Milliy tartib-taomilni kechiktirish (1) Mazkur idoralar 22-moddada nazarda tutilgan tegishli muddat tugashiga qadar xalqaro talabnoma bo‘yicha tartib-taomilni yoki ushbu talabnoma bo‘yicha ekspertizani o‘tkazmaydi. (2) (1) band qoidalariga qaramay, har qanday ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchining maxsus iltimosiga ko‘ra istalgan vaqtda xalqaro talabnoma bo‘yicha tartib-taomilni yoki ushbu talabnoma bo‘yicha ekspertizani olib borishi mumkin. 24-modda Ko‘rsatilgan mamlakatlarda xalqaro talabnoma amal qilishini tugatish ehtimoli (1) Ushbu moddaning (ii) kichik bandida belgilangan hollarda qo‘llaniladigan 25-modda qoidalarini inobatga olgan holda xalqaro talabnomaning 11(3)-moddada nazarda tutilgan amal qilishi har qanday ko‘rsatilgan davlatda ushbu davlatda har qanday milliy talabnoma olib qo‘yilgandagi kabi o‘sha oqibatlar bilan tugatiladi, agar: (i) talabnoma beruvchi o‘zining xalqaro talabnomasini yoki ushbu davlatni ko‘rsatilganligini olib qo‘ysa; (ii) xalqaro talabnoma 12(3), 14(1)(b), 14(3)(a) yoki 14(4)-moddalarga muvofiq olib qo‘yilgan bo‘lsa yoki ushbu davlatni ko‘rsatilganligi 14(3)(b)-moddaga muvofiq olib qo‘yilgan deb hisoblansa; (iii) talabnoma beruvchi 22-moddada nazarda tutilgan harakatlarni tegishli muddatda bajarmasa. (2) (1) bandi qoidalariga qaramay, har qanday ko‘rsatilgan idora xalqaro talabnomaning 11(3)- moddada nazarda tutilgan amal qilishini hatto bu 25(2)-moddaga muvofiq talab qilinmagan taqdirda ham saqlab qolishi mumkin. 25-modda Ko‘rsatilgan idoralar tomonidan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish [ 1 (1) (a) Agar qabul qilayotgan idora xalqaro berilganligi sanasini belgilashni rad etgan bo‘lsa yoki xalqaro talabnoma olib qo‘yilgan deb hisoblanishini ma’lum qilgan bo‘lsa yoki agar Xalqaro byuro 12(3)-moddada nazarda tutilgan faktni aniqlagan bo‘lsa, Xalqaro byuro talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ishdagi har qanday hujjatning nusxasini talabnoma beruvchi tomonidan nomi aytilgan har qanday ko‘rsatilgan idoraga darhol yuboradi. (b) Agar qabul qiluvchi idora biror-bir davlatning ko‘rsatilganligi olib qo‘yilgan deb hisoblanishini ma’lum qilsa, Xalqaro byuro talabnoma beruvchining iltimosiga ko‘ra ishdagi har qanday hujjatning nusxasini bunday davlatning milliy idorasiga yuboradi. (c) (a) yoki (b) kichik bandlarda qayd etib o‘tilgan iltimos belgilangan muddatda taqdim etilishi kerak. (2) (a) Har bir ko‘rsatilgan idora (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda milliy boj (agar u mavjud bo‘lsa) belgilangan muddatda to‘lanishi va belgilangan muddatda tegishli tarjimani (belgilangandek) taqdim etishi sharti bilan (1)-bandda qayd etib o‘tilgan rad etish, ariza yoki faktni aniqlash ushbu Shartnoma va Yo‘riqnoma qoidalariga asoslanganligiga qaror qilsa hamda mazkur idora bunday rad etish yoki ariza qabul qiluvchi idora tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato yoki kamchilik natijasi degan yoki faktni aniqlash Xalqaro byuro tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato yoki kamchilik natijasi degan xulosaga kelsa, ko‘rsatilgan idora mazkur davlatda amal qilishiga nisbatan xalqaro talabnomani bunday yo‘l qo‘yilgan xato yoki kamchilik mavjud bo‘lmaganidek kabi ko‘rib chiqadi. (b) Agar ro‘yxatdan o‘tkazish nusxasi talabnoma beruvchi tomonidan yo‘l qo‘yilgan biror-bir xato yoki kamchilik sababli 12(3)-moddada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin Xalqaro byuroga kelib tushgan bo‘lsa, (a) kichik bandi qoidalari faqat 48(2)-moddada qayd etib o‘tilgan shartlar mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi. Download 318.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling