Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro dastlabki ekspertiza organi


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

32-modda
Xalqaro dastlabki ekspertiza organi
(1) Xalqaro dastlabki ekspertiza Xalqaro dastlabki ekspertiza organi tomonidan o‘tkaziladi.
(2) 31(2)(a)-moddada qayd etib o‘tilgan talablar berilgan taqdirda, qabul qiluvchi idora, 31(2)
(b)-moddada qayd etib o‘tilgan talablar berilgan taqdirda esa, Assambleya Xalqaro dastlabki
ekspertizaning manfaatdor Organi yoki Organlari va Xalqaro byuro tomonidan tuzilgan kelishuvga
muvofiq, dastlabki ekspertizani o‘tkazishga vakolatli bo‘lgan Xalqaro dastlabki ekspertiza Organini
yoki Organlarini aniqlaydi.
(3) 16(3)-modda qoidalari xalqaro dastlabki ekspertiza organlariga nisbatan mutatis mutandis
qo‘llaniladi.
33-modda
Xalqaro dastlabki ekspertiza
(1) Bayon qilingan ixtiro yangi, ixtirochilik darajasiga mos (ayon bo‘lmagan) va sanoatda
qo‘llanishi mumkin ekanligi haqida dastlabki va majburiy bo‘lmagan xulosani tuzish ning
maqsadidir.
(2) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u Yo‘riqnomada
belgilanganidek avvalgi texnika darajasidan ma’lum bo‘lmasa, yangi deb hisoblanadi.
(3) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u Yo‘riqnomada
belgilanganidek avvalgi texnika darajasini e’tiborga olgan holda belgilangan tegishli sanaga
mazkur sohadagi mutaxassislar uchun ayon bo‘lmasa, tegishli ixtirochilik darajasiga mos deb
hisoblanadi.
(4) Xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun bayon qilingan ixtiro, agar u o‘z tabiatiga
ko‘ra sanoatning biror-bir sohasida amalga oshirilishi yoki foydalanilishi (texnologik jihatdan)
mumkin bo‘lsa, sanoatda qo‘llanilishi mumkin deb hisoblanadi. “Sanoat”ni bu Sanoat mulkini
muhofaza qilishga doir Parij konvensiyasida aniqlangani kabi eng keng ma’noda tushunish lozim.
(5) Yuqorida tavsiflangan mezonlar faqat xalqaro dastlabki ekspertiza maqsadlari uchun
xizmat qiladi. Har qanday Ahdlashuvchi davlat bayon qilingan ixtiro ushbu davlatda patentga
layoqatli ekanligi masalasini hal qilish uchun qo‘shimcha yoki boshqa mezonlarni qo‘llashi mumkin.
(6) Xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkazilishida xalqaro izlash haqidagi hisobotda havola
qilingan barcha hujjatlar e’tiborga olinadi. Mazkur aniq holatga taalluqli deb hisoblangan har
qanday qo‘shimcha hujjatlar ham shuningdek e’tiborga olinishi mumkin.



Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling