Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
II BOB XALQARO DASTLABKI EKSPERTIZA
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
II BOB
XALQARO DASTLABKI EKSPERTIZA 31-modda Xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabi (1) Talabnoma beruvchining talabiga ko‘ra, bu keyingi qoidalarda va Yo‘riqnomada belgilanganidek, uning xalqaro talabnomasi bo‘yicha xalqaro dastlabki ekspertiza o‘tkaziladi. (2) (a) Yo‘riqnomada belgilanganidek, II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan Ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki ushbu davlatda yashaydigan shaxs bo‘lgan hamda xalqaro talabnomasi bunday davlatning qabul qiluvchi idorasiga yoki bunday davlat nomidan harakat qiladigan qabul qiluvchi idoraga berilgan har qanday talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabini berish huquqiga ega. (b) Assambleya xalqaro talabnomalarni berish huquqiga ega shaxslarga, hatto ular ushbu Shartnomada ishtirok etmaydigan yoki ishtirok etsa-da, ammo II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lmagan davlatning fuqarolari yoki unda yashovchi shaxslar bo‘lganida ham, xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabini berishga ruxsat etishi mumkin. (3) Xalqaro dastlabki ekspertizani o‘tkazish talabi xalqaro talabnomadan alohida beriladi. Ushbu talab belgilangan tilda, belgilangan shakl bo‘yicha tuziladi va belgilangan ma’lumotlarni ichiga oladi. (4) (a) Talabda talabnoma beruvchi xalqaro dastlabki ekspertiza natijalaridan foydalanishni qasd qilgan Ahdlashuvchi davlat yoki davlatlar (“tanlangan davlatlar”) aniqlanishi kerak. Qo‘shimcha Ahdlashuvchi davlatlar kechroq tanlanishi mumkin. Tanlash 4-moddaga muvofiq ko‘rsatib bo‘lingan Ahdlashuvchi davlatlar qatoridan amalga oshirilishi mumkin. (b) (2)(a)-bandida qayd etib o‘tilgan talabnoma beruvchilar II bob qoidalari bilan bog‘liq har qanday Ahdlashuvchi davlatni tanlashi mumkin. (2)(a)-bandida qayd etib o‘tilgan talabnoma beruvchilar faqat II bob qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan, ular bunday talabnoma beruvchilar tomonidan tanlanishga e’tiroz bildirmaydigan Ahdlashuvchi davlatlarni tanlashi mumkin. (5) Talab belgilangan bojlarni belgilangan muddatda to‘lash bilan birga kechadi. (6) (a) Talab 32-moddada qayd etib o‘tilgan Xalqaro dastlabki ekspertizaning vakolatli organiga beriladi. (b) Har qanday qo‘shimcha tanlash haqidagi iltimos Xalqaro byuroga beriladi. (7) Har bir tanlangan idora u tanlanganligi haqida xabardor qilinadi. Download 318.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling