Paxta zavodida 1000 tonna chigitli paxtani qayta ishlashni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan jihoz va uskunalar hisobi


Download 230.96 Kb.
bet1/9
Sana17.06.2023
Hajmi230.96 Kb.
#1528803
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Хусига


MAVZU: “PAXTA ZAVODIDA 1000 TONNA ChIGITLI PAXTANI QAYTA IShLAShNI TAShKIL ETISh UChUN ZARUR BO‘LGAN JIHOZ VA USKUNALAR HISOBI”
REJA:


Kirish
I bob. Paxta tozalash zavodlarining tuzilmasi va boshqaruv tizimi
II bob. Paxta zavodi va qabul qilish punktlarida paxtani qabul qilish qoidalari
2.1. Paxta zavodlari va paxta qabul qilish punktlarida ishni tashkil qilish
2.2. Paxta tozalash zavodlari va ularga qarashli paxta tayyorlash punktlariga qo‘yiladigan talablar
III bob. Paxtani kayta ishlash uchun texnologik jarayonlar va asbob-uskunalar
3.1. 10000 tonna chigitli paxtani kuritish uskunasiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning mehnati va ish joylarini tashkil etish
3.2. 10000 tonna chigitli paxtani jinlash hisobi
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISh
Hozirgi vaqtda paxta tozalash zavodlarining uskunasini unumli ishlatish uchun odatdagidek, maxsus yoki maxsus o‘rta ma’lumotli o‘rta bo‘g‘in xodimlarining (mexaniklar, energetiklar, sex va smenalarning boshliklari, ustalar, sozlovchilar, tovarshunoslar va klassifikatorlarning) malakasini oshirish talab qilinadi.
Hukumatimiz paxta tolasining qimmatbaho mahsulot ekanligini hisobga olib, respublikamizda paxtachilikni rivojlantirishga katta e’tibor berib kelmoqda. Keyingi yillarda seleksionerlar tomonidan oldingi navlardan ancha farq qiladigan yangi kompleks navlar yaratilmoqda. Ular boshqa ko‘rsatgichlari bilan birga tolasining yuqori texnologik xususiyatlarga ega ekanligi bilan ham ajralib turadi.
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha sa’y-harakatlarimizning pirovard natijasi dehqonlarimizning o‘z mehnatidan munosib daromad olishi, aholimizning hayot sifati va darajasini oshirishdek ezgu maqsad bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu ma’noda, mustaqillik yillarida mamlakatimizda paxta tolasini yuksak texnologiyalar asosida qayta ishlash, uni qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulot sifatida eksport qilish hajmi ortib borayotgani diqqatga sazovordir. Agar 90-yillarda yurtimizda yetishtirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi o‘zimizda qayta ishlangan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida bu raqam qariyb 6 barobar ortib, hozirgi vaqtda salkam 40 foizni tashkil etmoqda. Bu o‘z navbatida oldimizda turgan turli muammolarni yechish, ming-minglab yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni zamonaviy ish joylari bilan ta’minlash, aholining daromad manbalarini ko‘paytirish imkonini berayapti.
Mamlakatimiz paxtakorlari 2015 yilda 3 million 350 ming tonnadan ziyod xirmon bunyod etishdi. O‘zbekiston sharoitida tuprog‘imiz, yerimiz sifatini inobatga oladigan bo‘lsak, har qanday hosilning eng katta, hal qiluvchi omili bu ekin maydonlarining meliorativ holatidir. Keyingi besh yil mobaynida maxsus davlat dasturi asosida mamlakatimiz bo‘yicha salkam 1 trillion so‘m mablag‘ sarflanib, 1 million 460 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holati yaxshilangani qishloq xo‘jaligi sohasida mo‘l hosil yetishtirish, jumladan, o‘tgan shu davrda paxtachilikda hosildorlikni 24 sentnerdan 26,4 sentnerga yetkazish uchun zamin yaratib berdi.
O‘zbekiston dunyo bozorida sotiladigan tolaning 9,2 foizini sotuvga qo‘yib 3 o‘rinni egallamoqda. Bu borada Avstraliya (7,87%) to‘rtinchi, Braziliya (6,17%) beshinchi, Turkmaniston (2,88) oltinchi va Gresiya (1,96%) yettinchi o‘rinni egallamoqda.


Download 230.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling