Paxta zavodida 1000 tonna chigitli paxtani qayta ishlashni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan jihoz va uskunalar hisobi
Paxta tozalash zavodlari va ularga qarashli paxta tayyorlash punktlariga qo‘yiladigan talablar
Download 230.96 Kb.
|
Хусига
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Paxtani g‘aramlash jarayoni.
2.2. Paxta tozalash zavodlari va ularga qarashli paxta tayyorlash punktlariga qo‘yiladigan talablar
Namunaviy paxta tayyorlash punktining bosh plani ko‘rsatilgan bo‘lib, unda paxta tayyorlashni tashkil etish va paxtani saqlashga qo‘yiladigan zamonaviy talablar ko‘zda tutilgan. Mashinada terilgan paxtaning hammasi quritish- tozalash sexida quritiladi va tozalanadi. Nam paxtani vaqtincha saqlash uchun yopiq paxta ombori va quritilgan paxtani saqlash uchun buntlash maydonchalari tashkil etiladi. Paxta tayyorlash punktining idorasi, laboratoriya va boshqa yordamchi xonalar odatda bir binoga joylashgan. quritish-tozalash sexining o‘txonasi, suyuq yoqilg‘i ombori, transformator podstansiyasi, 25 tonnali avtomobil tarozi joylashgan paxta qabul posti, hududga kirish darvozasi, chegara devorlari, mexanizmlar turadigan maydoncha, o‘t o‘chirish deposi, ko‘mir saqlaydigan maydoncha, ichki darvoza, kanalizatsiya nasosi, 17,500 m3 suv sig‘adigan xovuz, oshxona, o‘t o‘chirish nasosi, suv minorasi va projektorlar tegishli tarzda teritoriyaga joylashtirilgan. Tayyorlash punktini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun maxsus 560 k.Vatt li transformator o‘rnatilgan podstansiya qurilgan. Punkt labaratoriyasida vakuumli elektrik nam o‘lchagichlar, chigitli paxtaning iflosligini aniqlaydigan priborlar, laboratoriya jinlari, polyarizatorli mikroskoplar, I va II klass texnik tarozilar va boshqa asbob-uskunalar bo‘lishi lozim. Bundan tashqari har bir paxta tayyorlash punkti har o‘n ming tonna paxta uchun 12 dona qabul qilish mexanizmi, 12 dona 18 metrli transporterlar, 10 dona narvon, bunt buzuvchi va paxta kovlovchi mashinalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. 1-rasm. Paxtani g‘aramlash jarayoni. Har yilgi paxta tayyorlash Davlat rejasini bajarish uchun, dalalardan keltirilgan paxtani o‘z vaqtida qabul qilib olish, markazlashgan usulda quritish- tozalash, yaxshi saqlash uchun paxta tozalash zavodlari va ularga qarashli paxta tayyorlash punktlari quyidagi talablarni bajarishlari kerak: -paxta ekadigan jamoa, shirkat va boshqa xo‘jaliklar bilan har yili butun hosilni davlatga sotish uchun kontraktatsion shartnoma tuzishi va uning bajarilishini tekshirishi; -xo‘jaliklarda qo‘lda va mashinada teriladigan paxtaning sifatini qanday qilib yaxshilash va sortlarga to‘g‘ri ajratish haqida tushuntirish o‘tkazish; -paxtani qabul qilishda davlat standartlarida belgilangan qoida va normalarga qat’iy rioya qilish; quritish-tozalash sexlarining to‘xtovsiz va unumli ishlashini ta’minlash; -qabul qilingan paxta uchun paxta topshiruvchilar bilan to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisob-kitob qilish; -qabul qilingan paxtani seleksion va sanoat sortlari bo‘yicha uning usuliga va dala gruppalariga qarab alohida partiyalarga ajratish va urug‘lik paxtalarni ham reproduksiyasi bo‘yicha alohida partiyalarga ajratish; -saqlanayotgan paxtaning sifatini o‘z vaqtida tekshirib turish va zavod planiga muvofiq yuklab jo‘natib turish; - paxtani saqlash, quritish, tozalash va zavodga jo‘natish vaqtlarida uning sifatini buzmaslik va isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak; -zavodga yuborilayotgan paxtani tayyorlash punktida va zavodda tarozida tortish va uning sifatini aniqlash yo‘li bilan tayyorlash punktida saqlanayotgan paxtaning hisobini to‘g‘ri olib borish; paxtani qabul qilish, saqlash, quritish va tozalash hamda zavodga yetkazib berish uchun sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish choralarini ko‘rish; -paxta tayyorlash ishining hamma bosqichlarida yong‘indan saqlash va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq tadbirlarini ko‘rish paxtani qabul qilish, omborlarga joylash va ularni tashish davrida ishlatiladigan mexanizmlardan to‘liq unumli foydalanish choralarini ko‘rish; -paxta tayyorlash davrida ishlatiladigan transport uskunalari, brezentlar, qop-qanorlar, laboratoriya jixozlari va boshqa xo‘jalik materiallarini tejab-tergab sarflash choralarini ko‘rish; - paxta tayyorlash punktlarining vazifasiga paxta tozalash zavodidan keltirilgan urug‘lik chigitni vaqtincha saqlash va ularni o‘z vaqtida xo‘jaliklarga qoidaga muvofiq tarqatish. Paxta tozalash zavodlarida ishlab chiqariladigan paxta tolasi davlat standartiga muvofiq yettita sortga bo‘linadi. Shu sababli chigitli paxtani qabul qiluvchi klassifikatorlar har bir sort paxta ichidan uning tashqi ko‘rinishiga qarab yaxshi sifatli tola beradigan qismini quyidagicha ajratib olinib, aloxida partiyaga to‘plab boriladi: I sort paxtadan-pallalarining yirikligiga, rangiga, yaxshi ochilganligiga, vazminligiga qarab a’lo sort tola beradigan qismini; III sort paxtadan – ko‘proq IV sort tola beradigan qismini; IV sort paxtadan – ko‘proq IV va V sort tola beradigan qismini; Mashinada terilgan paxta ichidan esa ko‘proq I sort tola olish uchun uning yaxshi pishgan qismi alohida ajratib olinadi. Paxta tayorlash punktining xududi zavod direktorining buyrug‘iga muvofiq ikki yoki uch zonaga bo‘linadi. Uch zonalik tayyorlash punktlarining kirish darvozasi yoniga joylashgan 1- zonada klassifikator paxtaning sifatini aniqlab, laboratoriya uchun namuna oladi; 2 – zonada paxta tarozida tortiladi va katta klassifikator qabul qilish hujjatini yozib beradi; 3 – zonada qabul qilingan paxta partiyasiga qarab ochiq yoki yopiq omborlarga joylashtiriladi va klassifikator tomonidan qayta sifati tekshiriladi. Paxta qabul qilish ikki zonali sistemada bajarilsa, katta klassifikator 1 – zonada turib paxtaning sifatini tekshiradi va tarozida tortadi. Agarda paxtaning sifati standart talabiga javob bermasa 1 – zonadan nariga o‘tkazilmaydi va quritish, tozalash uchun qaytariladi. Paxta tayyorlash punktining laboratoriyasi qabul qilingan paxtaning har bir partiyasi uchun pasport – kartochkasini tuzadi. Pasportda paxtaning seleksion va sanoat sorti, reproduksiyasi, dala guruxi, ombor nomeri, partiyaning boshlangan va tugallangan vaqti, uning og‘irligi va klassifikatorning familiyasi ko‘rsatiladi. Download 230.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling