Paxta zavodida 1000 tonna chigitli paxtani qayta ishlashni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan jihoz va uskunalar hisobi
I BOB. PAXTA TOZALASh ZAVODLARINING TUZILMASI VA BOShQARUV TIZIMI
Download 230.96 Kb.
|
Хусига
I BOB. PAXTA TOZALASh ZAVODLARINING TUZILMASI VA BOShQARUV TIZIMI
Paxta tozalash zavodi — paxtani dastlabki kayta ishlash uchun mo‘ljallangan va o‘z tarkibida paxta xarid qiluvchi tayyorlov punktlariga ega bo‘lib, rivojlangan ishlab chikarish tuzilmasi asosida ish ko‘ruvchi xo‘jalik hisobidagi sanoat korxonasidir. Ishlab chikarish va tayyorlov faoliyatlarini bir-biriga hamohang hodda olib borilishi, uni boshqa sanoat tarmog‘ining ko‘plab korxona- laridan muayyan ravishda ajratib turadi. Ish shartlariga ko‘ra, asosiy ishlab chikarish uchastkalari paxtani dastlabki kayta ishlash (jinlash, momik ajratish, presslash) yagona sexiga birlashgan bo‘lib, unda paxta mahsulotlari ishlab chikarish uzluksiz texnologik jarayonda amalga oshiriladi. Texnologik jarayon xususiyatiga ko‘ra, paxta tozalash zavodida tu- gallanmagan ishlab chikarish hisobga olinmaydi. Yarim tayyor maxsulotlar ishlab chikarilmaydi va iste’mol kilinmaydi. Tayyorlov punktlari zavodning ichki xo‘jalik chisobida turadi, yakun topmagan buxgalteriya xisobi olib boriladi (foyda va zararlarni chikarmaydi), ularning faoliyati esa, xom ashyo tayyor- lash rejasining bajarilishi va tayyorlov-transport xarajatla- rining me’yorlariga rioya etilishiga qarab baholanadi. Tayyorlov tizimiga kuritish-tozalash sexlari (QTS) kiritil- gan, chunki ularning aksariyati hududiy jihatdan asosiy ishlab chikarishdan ajratilgan. Ular paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan tayyorlov punktiga keltiriladigan hosilning sifatini saklashni ta’minlaydigan namlik va ifloslik me’yorlariga yetka- zish uchun mo‘ljallangan. Mazkur sexlarning xarajatlari (xizmat- lari) koplanishi zarur, shu sababli ularning faoliyati o‘z xara- jatini o‘zi koplash asosida tuzilib, tayyorlov faoliyatidan alo- hida rejalashtirilgan holda hisobga olinadi. Paxta tozalash zavodida son jihatdan nisbatan uncha ko‘p bo‘lma- gan sanoat-ishlab chikarish xodimlari (o‘rtacha salkam 200—250 kishi) band bo‘lishiga karamay, ular tomonidan ishlab chiqarila- digan mahsulotlar salmokli mikdorda baholanadi. Zamonaviy paxta tozalash zavodi to‘la elektrlashtirilgan holda elektr quvvati xo‘ja- ligiga, ko‘p sonli texnologik uskunalarga ega bo‘lib, xom ashyo tayyorlab va kayta ishlab, katta hajmlarda yuk jo‘natib va mahsulot sogadigan murakkab ishlab chiqarish jarayonida faoliyat ko‘rsatadi. Ish joylarini ixtisoslashtirish darajasi va ishlab chiqarila- digan mahsulot xususiyatlariga ko‘ra, paxta tozalash zavodi bir xil mahsulot chikaradigan ommaviy ishlab chiqarishlar turiga kiradi. Chunonchi, mehnatning harakat shakdiga ko‘ra, asosiy ishlab chikari- shi uzluksiz okim usulida ishlab chiqarishi xisoblanadi. Uzluksiz okim usulidagi ishlab chikarishni ommaviy ishlab chikarish bilan ko‘shib olib borish ishchilar mehkatini yuqori darajada ixtisoslashtirish, uskunani qat’iy belgilangan texnologik vazifalarni bajarishga moslashtirish, uskunadan maksimal foydalanish va keyinchalik ishlab chikarish jarayonini avtomatlashtirish imkoni- ni beradi. Bular hammasi mehnat unumdorligining yuqori darajada bo‘lishini ta’minlab, mahsulot tannarxining ancha kamayishini, ishlab chiqarishda samaradorlikka erishishga imkon tug‘diradi. Za- monaviy paxta tozalash zavodining ishlab chikarish tuzilmasi korxonaning texnologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Paxta tozalash zavodi ishlab chikarish tuzilmasining shakli 1.1-rasmda keltirilgan. «Paxta tozalash zavodining asosiy ishlab chikarishiga korxona- ning asosiy texnologik vazifani bajaruvchi - tozalash, jinlash, momik ajratish va presslash uchastkalari kiradi.\ Yordamchi xizmat ko‘rsatish ishlab chikarishlariga, asosiy ishlab chikarish bir maromda va uzluksiz bajarilishini ta’minlovchi uchastkalar — arra ustaxonasi, mexanika-ta’mirlash va kuvvat bilan ta’minlash uchastkalari kiradi. Ikkinchi darajali ishlab chikarishga asosiy ishlab chiqarishdan alohida mustakil ishlay oladigan sexlar yoki uchastkalar kiradi. Jumladan, paxta chigitini tayyorlash va ishlab chikarish chikindila- rini kayta ishlash shunday sexlardir. Paxta tozalash zavodlarida xizmat ko‘rsatishga: ombor, transport, yong‘indan saklash va laboratoriya xo‘jaliklari kiradi. Bundan tashkari, paxta tozalash zavodlarida korxona xodimlariga uy-joy, kommunal, bolalar, tibbiyot, madaniy-maishiy va boshka muassasalar xizmat ko‘rsatadi. Paxta tozalash zavodlarida ishlab chikarishning sex tuzilmasi yo‘q. Aslida texnologik jarayon paxtani uzatishdan boshlab, to paxta mahsulotlari—tola toylari olishgacha davom etadigan ketma- keg bir uzluksiz va tutash okimga birlashgan bir kanchaturliishjoylaridan iborat. Shuningdek, yordamchi xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chikarishda xam sexlar bo‘lmay, ular ma’muriy jihatdan ajralib turmaydi va mustakil hisobot olib bormagan holda, ustalar yoki brigadirlar raxbarligida ishlaydi. v/ Tayyorlov tarmog‘i paxta tozalash zavodining tuzilmasiga kiri- tiladi. Aksariyat tayyorlov punktlarida quritish-tozalash sexlari (QTS) mavjud bo‘lib, ular kuritish mashinalari, energetika va transport uskunalari bilan jihozlangan. Paxta yetishtiruvchilar tomonidan topshiriladigan paxtani xa- rid kilish uchun, paxta sanoati tarkibiga kiruvchi, tayyorlov tizi- mi tashkil kilingan. Paxta tayyorlov punkti — paxta tozalash zavo- diningtarkibiy bo‘limidir. U moliyaviy xo‘jalik faoliyatini, xo‘ja- lik hisobiga muvofiq va uning asosida amalga oshiradi. U murakkab xo‘jalik bo‘lib, paxta kabul kilish va saklash uchun ombor, maydon- chalarni urug‘lik chigit tayyorlash va saklash uchun binolarni, ortish- tushirish uchun mexanizatsiyalash vositalarini, tarozi xo‘jaligini, yong‘indan saklash, inshoot va uskunalarni o‘z ichiga oladi. Tayyorlov punktida, shuningdek, laboratoriya, idora va uy-joy binolari va material omborlari bor. Download 230.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling