Paxta zavodida 1000 tonna chigitli paxtani qayta ishlashni tashkil etish uchun zarur bo‘lgan jihoz va uskunalar hisobi


tonna chigitli paxtani jinlashni tashkil etish hisobi


Download 230.96 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi230.96 Kb.
#1528803
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Хусига

3.2. 1000 tonna chigitli paxtani jinlashni tashkil etish hisobi
Chigitli paxta quritilib tozalangandan so‘ng paxta tozalash zavodining bosh korpusiga jinlash uchun jo‘natiladi. Jinlash paxta tozalash zavodida paxtani dastlabki ishlash jarayonida asosiy bosqich hisoblanadi.
Jinlash deb-paxta tolasini chigitdan ajratish jarayoniga aytiladi. Jinlash sexi paxta zavodining asosiy sexi hisoblanib, bu yerda chigitli paxtadan tola va chigit ajratib olinadi. Chigitli paxtadan tola ajratishda tolaning chigitga birikish kuchi, uning tabiiy sifatlarini saqlab qolish va mashinani yuqori ish unumi bilan ishlatish katta ahamiyatga ega.
O‘rta tolali paxtadan tola ajratishda arrali jinlar ishlatiladi. Chunki bu xil chigitli paxtalarning tolasi chigitiga mustahkamroq birikkan bo‘lib, mashina yuqori ish unumi bilan ishlaganda ham uning tabiiy sifatlari o‘zgarmaydi.
Ingichka tolali paxtalarning tolasi nozik va chigitga bo‘shroq birikkanligi uchun uning sifatini pasaytirmaslik maqsadida bu xil paxtalar valikli jinlarda ishlanadi.
Arrali jinning asosiy ish organi arrali silindr bo‘lib, u 80-120 ta arra disklardan tashkil topadi. Aylanib turadigan silindr arralariga chigitli paxta bir necha marta urilib chigitdan tola ajraladi.
Chigitli paxtani jinlashda quyidagi texnologik talablar qo‘yiladi: chigitlardan yaroqli tolalarning hammasini ajratish, jin ishchi organlarining tola va chigitga ta’siri natijasida turli nuqsonlar paydo bo‘lmasligi, chigitli paxtaning jindan chiqqan tola va chigit bilan aralashib ketmasligi, o‘lik va iflos aralashmalardan tozalash samaradorligi yuqori bo‘lishga erishish lozim. Jinlash jarayonida tolada bir qator nuqsonlar (chigit po‘chogi yopishgan tolalar, uzilgan va shikastlangan tolalar, tugunchalar, buralib qolgan tolalar, gajaklar, puch chigitlar)paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa tolaning texnologik ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Fo‘lali (valikli) jinlash.
Valikli jinlash mashinalarida ingichka tolali chigitli paxta ishlanadi. Bu mashinaning asosiy ish organi–tukli valik hisoblanadi.
Chigitli paxta aylanib turgan ish valigiga uzatiladi, valik sirti esa tolani o‘ziga yopishtirib olib qo‘zg‘almas pichoq ostiga tortib kirgizadi, shunda chigit qo‘zg‘almasi pichoq tig‘iga tortilib qoladi. Tortilish natijasida bir qism chigit toladan ajraladi, asosiy qism tola esa aylanib turgan bolg‘achalar urgandagina chigitdan uziladi. Bolg‘acha urganda faqat bir qism tolalar chigitdan ajraladi, qolganlari esa navbatdagi bolg‘achalarning urilishi bilan chigitdan uziladi. Tolalardan ajratilgan chigit to‘r teshigidan tushib mashina ostidagi konveyer bilan mashinadan tashqariga chiqariladi. Paxta tozalash zavodlarida XDV-2M, DV, XDVM, DVM va DV-1M markali valikli jinlash mashinalari qo‘llaniladi.
DV-1M jinining unumdorligi paxtaning sanoat naviga qarab tola bo‘yicha quyidagi me’yorda bo‘lishi kerak:
I va II-nav bo‘yicha -70-100 kg/soat.
III-nav bo‘yicha -60-80 kg/soat.
IV va V-navlar bo‘yicha -50-70 kg/soat.
Bu ko‘rsatkichlar qatorning quyidagi ish unumdorligiga to‘g‘ri keladi:
I va II-navlar bo‘yicha -700-1000 kg/soat.
III-nav bo‘yicha -600-800 kg/soat.
IV va V-navlar bo‘yicha -500-70 kg/soat.
Tolani g‘o‘lali jinlar qatoridan tashish konveyer yordamida amalga oshiriladi. Fo‘lali tola ajratishdan keyin chigitning qoldiq toladorligi paxta naviga qarab quyidagicha bo‘lishi kerak:
I – nav uchun 0,070-0,100 g.
II – nav uchun – 0,120-0,140 g.
III –nav uchun – 0,140-0,170 g.
IV va V – navlar uchun -0,150-0,200 g.
10000 tonna chigitli paxtani valikli jinda tozalashni hisoblaymiz:
Bir qatorning ish unumdorligi I va II-navlar bo‘yicha -700-1000 kg/soat. Quritish sexining ish unumdorligi esa 5000 kg/soat.
5000/10000=5 qator.
Paxta tozalash zavodida ishni uzluksiz ta’minlash maqsadida 5 qator DV 1markali valikli jin o‘rnatish maqsadga muvofiq. Shunda mazkur korxonada 1000 tonna chigitli paxtani qayta ishlash uchun uzluksiz tashkil etilgan ish jarayonida 200 soat yoki 8,5 sutka talab qilinadi.

Download 230.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling