Pdf-xchange 0 Examples
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
Download 6.97 Mb. Pdf ko'rish
|
konf02
- Bu sahifa navigatsiya:
- Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
- УЧИНЧИ ДАРАЖАЛИ ТЎРТ НОМАЛУМЛИ ТЕНГЛАМА
- Фойдаланилган адабиёт
- DARS JARAYONIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Фойдаланилган адабиётлар рўйхати
1. Романец Ю.В., Тимофеев П.А., Шаньгин В.Ф. Зашита информации в компьютернўх системах и сетях. М. «Радио и связь» 2001г. 2. Акбаров Д. Е. Криптография, Стандарты алгоритмов криптографической защиты информации и их приложения. –Ташкент, 2007. -188 с. УЧИНЧИ ДАРАЖАЛИ ТЎРТ НОМАЛУМЛИ ТЕНГЛАМА Аҳмедова З.А, Мусаева З.А. Нужум новъан (қадимги араб ибораси). таржимаси: «айрим даражагача юлдузлар сонидек бепоён ҳисоб» Мақолада минг йиллик муаммолардан биринчи ва еттинчи гипотезалар қаралган In this paper we consider millenium prise problems number one and seven x 3 + y 3 + z 3 = T 3 Натурал сонларда ечимга эга. Исбот. Номалумларни қуйидаги тартибда излаймиз: x, y = x + 1, z = x + 2, T = x + 3. x 3 + (x + 1) 3 + (x + 2) 3 = (x + 3) 3 Қавсларни очамиз: 142 x 3 + x 3 + 3x 2 + 3x + 1 + x 3 + 6x 2 + 12x + 8 = x 3 + 9x 2 + 27x + 27. Ўхшаш ҳадларни топиб ихчамлаймиз: 2x 3 − 12x − 18 = 0 Қисқартирамиз: x 3 − 6x − 9 = 0 ёки 𝑥(𝑥 2 − 6) − 9 = 0 Охирги тенглик бажарилиши учун, 𝑥 = 𝑥 2 − 6 = 3 бўлиши етарли. ( 𝑥 = −3 тенгламани қаноатлантирмайди) Ўзак ечими топилди: 𝑥 = 3, 𝑦 = 4, 𝑧 = 5, 𝑇 = 6. Бошқа ечимлари ҳам бор: 6, 8, 10, 12 9, 12, 15, 18 ... ... ... ... ... ... 𝑥 = 3𝑎, 𝑦 = 4𝑎, 𝑧 = 5𝑎, 𝑇 = 6𝑎. (3𝑎) 3 + (4𝑎) 3 + (5𝑎) 3 = (6𝑎) 3 , 𝑎 ≥ 0 рационал сон. Охирги натижани қуйидаги кўринишда ёзамиз: (6𝑎) 3 = (3𝑎) 3 + (4𝑎) 3 + (5𝑎) 3 . 6 3 га қисқартирсак: 𝑎 3 = ( 1 2 𝑎) 3 + ( 2 3 𝑎) 3 + ( 5 6 𝑎) 3 1 2 𝑎 = 𝑎 1 , 2 3 𝑎 = 𝑎 2 , 5 6 𝑎 = 𝑎 3 – деб белгиланса, 𝑎 3 = (𝑎 1 ) 3 + (𝑎 2 ) 3 + (𝑎 3 ) 3 = 𝑎 1 3 + 𝑎 2 3 + 𝑎 3 3 . Демак, 𝑎 3 = 𝑎 1 3 + 𝑎 2 3 + 𝑎 3 3 . Юқоридаги жараённи охирги тенгликни ўнг томонида такрорласак. 𝑎 1 3 = 𝑎 1 3 + 𝑎 2 3 + 𝑎 3 3 = 𝑎 11 3 + 𝑎 12 3 + 𝑎 13 3 + 𝑎 21 3 + 𝑎 22 3 + 𝑎 23 3 + 𝑎 31 3 + 𝑎 32 3 + 𝑎 33 3 = 𝑎 111 3 + 𝑎 112 3 + 𝑎 113 3 + 𝑎 121 3 + 𝑎 122 3 + 𝑎 123 3 + 𝑎 131 3 + 𝑎 132 3 + 𝑎 133 3 + 𝑎 211 3 + 𝑎 212 3 + 𝑎 213 3 + 𝑎 221 3 + 𝑎 222 3 + 𝑎 223 3 + 𝑎 231 3 + 𝑎 232 3 + 𝑎 233 3 + 𝑎 311 3 + 𝑎 312 3 + 𝑎 313 3 + 𝑎 321 3 + 𝑎 322 3 + 𝑎 323 3 + 𝑎 331 3 + 𝑎 332 3 + 𝑎 333 3 = 𝑎 1111 3 + 𝑎 1112 3 + 𝑎 1113 3 + 𝑎 1121 3 + 𝑎 1122 3 + 𝑎 1123 3 + 𝑎 1231 3 + 𝑎 1232 3 + 𝑎 1233 3 + 𝑎 1131 3 + 𝑎 1132 3 + 𝑎 1133 3 + 𝑎 1211 3 + 𝑎 1212 3 + 𝑎 1213 3 + 𝑎 1221 3 + 𝑎 1222 3 + 𝑎 1223 3 + 𝑎 1311 3 + 𝑎 1312 3 + 𝑎 1313 3 + 𝑎 1321 3 + 𝑎 1322 3 + 𝑎 1323 3 + 𝑎 1331 3 + 𝑎 1332 3 + 𝑎 1333 3 + 𝑎 2111 3 + 𝑎 2112 3 + 𝑎 2113 3 + 𝑎 2121 3 + 𝑎 2122 3 + 𝑎 2123 3 + 𝑎 2131 3 + 𝑎 2132 3 + 𝑎 2133 3 + 𝑎 2211 3 + 𝑎 2212 3 + 𝑎 2213 3 + 𝑎 2221 3 + 𝑎 2222 3 + 𝑎 2223 3 + 𝑎 2231 3 + 𝑎 2232 3 + 𝑎 2233 3 + 𝑎 2311 3 + 𝑎 2312 3 + 𝑎 2313 3 + 𝑎 2321 3 + 𝑎 2322 3 + 𝑎 2323 3 + 𝑎 2331 3 + 𝑎 2332 3 + 𝑎 2333 3 + 𝑎 3111 3 + 𝑎 3112 3 + 𝑎 3113 3 + 𝑎 3121 3 + 𝑎 3122 3 + 𝑎 3123 3 + 𝑎 3131 3 + 𝑎 3132 3 + 𝑎 3133 3 + 𝑎 3211 3 + 𝑎 3212 3 + 𝑎 3213 3 + 𝑎 3221 3 + 𝑎 3222 3 + 𝑎 3223 3 + 𝑎 3231 3 + 𝑎 3232 3 + 𝑎 3233 3 + 𝑎 3311 3 + 𝑎 3312 3 + 𝑎 3313 3 + 𝑎 3321 3 + 𝑎 3322 3 + 𝑎 3323 3 + 𝑎 3331 3 + 𝑎 3332 3 + 𝑎 3333 3 = ⋯ 143 Юқорида тармоқланувчи, занжирли, текис жараён алгебраси келтирилди. Кубнинг қирраси берилганда, уни геометрик усулда 8 та кубга ёйиш мумкин. Айнан 8 та кубга – бошқача эмас. Буларни саккизаласи бир хил катталикдаги кублар. Уларни қиррасини узунлиги, берилган биринчи кубни қиррасини ярмига тенг. Масалан: Берилган кубни қирраси 1м бўлса, ёйилмадаги кублар қирраси - 0,5м дан бўлади. Ёйилмада жараён яна бир марта такрорланса 64 та кичик кублар пайдо бўлади. Кейинги қадамда 512 та, кейингисида 4096 та, бешинчи қадамда 32768 та кублар пайдо бўлади. Юқорида зикр этилган жараён – текис жараён ҳисобланади. Зарурат туғилганда жараённи нотекис бажариш ҳам мумкин. Нотекис ёйишда кублар миқдори тез ортиб кетмайди. Аслида кубни кичик кубларга ёйиш масаласи Пифагор замонида қўйилган қадимги масала. Бошланишида кубни иккита кубга ёйиш илинжида кўп ҳаракатлар қилинган, аммо натижа чиқмаган. Бундай ҳаракатлар Абу Наср Ал Форобий яшаган давргача давом этиб келган. Мутафаккир олим Ал Форобий бундай бехуда уринишларга чек қўйиш мақсадида, асосли далил келтириб кубни натурал қиррали иккита кубга ёйиш мумкин эмаслигини такидлаган. Бундан бехабар бўлган Европа олимлари кубни иккита кубга ёйиш масаласига XVII асрни бошларида қайтганлар. Улардан бири Француз математиги Пьер де Ферма (1601-1665) куб муаммосини янада чигаллаштириб юқори даражаларда ҳам такидни такрорлаган. Агар, Европадаги олимлар Ал Форобий ёзиб қолдирган математикага оид ишлардан бохабар бўлганларида, уларни тушунаолганларида масала бу қадар чигаллашмаган бўларди. Математикада сонлар устида амаллар бажариш орқали муаммолар хал қилиниши кўпчиликка маълум. Хар қандай ҳисобни аниқ ғояга таянган ҳолда, режа асосида, мақсадга мувофиқ тарзда ихчам бажариш керак. Бу борада Кук ва Левинларнинг гипотезаси бир қадар маъқул ва фойдадан ҳоли эмас. 144 Гипотезада муаммоларни ҳал қилишда ресурслар (вақт, хотира, ...) сарфини полиномиал ҳолатга келтириш зарурлиги назарда тутилган. Юқорида биз кўриб чиққан масалада ҳам, бу нихоятда муҳимдир. (давоми бор ...) Фойдаланилган адабиёт 1. Вацлав Серпинский. 250 задач по элементарной теории чисел (задача 148, стр.27). Перевод с полского И.Г.Мелникова, Издательство «Просвешение», Москва, 1968 DARS JARAYONIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI Tohirov U.X. TATU XXI asr – yangi axborot texnologiyalari asri. Ushbu davrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. O‘quvchilarda xayotiy zarur bo‘lgan XXI asr bilim va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari ularni keyingi xayotga tayyorligining bosh me’zoni hisoblanadi. Ushbu sharoitda zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib boryapti, an’anaviy ta’lim yondoshuvidan XXI asr ta’lim yondoshuviga, ya’ni shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tilmoqda. Bunday ta’lim yondoshuvining asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan xayotga har taraflama tayyor bo‘lishi, ularning mustaqil ravishda bilim olish ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlashini rivojlantirish, ulkan axborot makonida axborotlarni tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlab olishni, oldida turgan muammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish yotadi. Axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter dasturlari insonlar bajaradigan ishlarni yengillashtirish, samarali faoliyat yuritish va bilimlarga ega bo‘lish uchun yaratiladi, yangi imkoniyatlar ochadi va bizdan yangi bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishimizni talab etadi. Shu o‘rinda Kreyg Barretning so‘zlarini keltirish o‘rinli bo‘ladi: "Mo‘jizani kompyuterlar emas, balki o‘qituvchilar yaratadi", ya’ni, axborot texnologiyalari vositalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilishi, bu jarayonda ular faqatgina bilimlarni yig‘ish vositasi sifatida qatnashishi nazarda tutiladi. Ta’lim tizimi oldiga qo‘yilayotgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda o‘qituvchilardan XXI asr ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni talab etadi. Bugungi kunda XXI asr ko‘nikma va malakalariga oid ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan "O‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar (Information and Communication Tools Competency Framework for Teachers (ICT CFT))", XXI asr ko‘nikma va malakalari bo‘yicha hamkorlik tashkilotidir (Partnership for 21st Century Skills – www.21st centuryskills.org). Bundan tashqari XXI asr ko‘nikma va malakalari bo‘yicha alohida izlanishlarni 145 Apple Computer, Cisco Systems, Dell Computer Corporation, Microsoft Corporation, Intel Corporation tashkilotlari ham olib bormoqda. XXI asrda mehnat bozori ish o‘rinlarini o‘zgarishiga, yangilarini paydo bo‘lishiga ta’sir etar ekan, ta’lim tizimi ham shunga mos ravishda javob berishi kerak. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) ta’lim jarayoniga joriy etish o‘quvchilarga XXI asrda muvaffaqqiyatga erishish uchun muhim bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishda eng muhim vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. AKTni ta’lim jarayoniga joriy etish o‘qituvchilardan bir qator ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni talab etadi: didaktik materiallarni va faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlashda matn muharriridan samarali foydalanish, mul’timedia taqdimotlarini tayyorlash, tarmoq ichida ma’lumotlarni izlash va muloqot qilish. Ushbu vazifalarni bajarishda o‘qituvchilardan kompyuter savodxonligiga ega bo‘lish talab etiladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, o‘z ichiga juda ham ko‘plab ko‘nikmalarni oladi. Shular ichidan o‘qituvchilar tomonidan kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishning eng kerakli va zarur bo‘lgan tayanch qismini ajratib olish muhimdir. Bugungi kun o‘qituvchisi uchun axborot texnologiyalari uning kasb faoliyatidagi vazifalarnigina (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, Internet tarmog‘idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash) bajarish uchun emas, balki o‘qitadigan fani yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etishda AKT vositalaridan foydalanish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, Internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak. O‘qituvchilar AKT savodxonligiga ega bo‘lish bilan chegaralanib qolmasdan, AKT vositalaridan ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida to‘g‘ri foydalanish metodikasiga ham ega bo‘lishlari zarur. Ya’ni, har bir fan o‘qituvchisi o‘zining darsida AKT vositalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishlari zarur. Shu sababli, malaka oshirish kurslarida nafaqat kompyuter savodxoniligiga oid mashg‘ulotlarni, balki AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni ham o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kompyuter savodxonligiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ham dars jarayonida AKT vositalaridan samarali foydalana olmaydilar. Ushbu holat ko‘plab davlatlarning ta’lim tizimiga xos bo‘lgan muammodir. Ko‘rinib turibdiki, aktuallik jihatidan AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasi AKT savodxonligiga ega bo‘lishdan ko‘ra muhimroq hisoblanadi. AKTdan dars jarayonida foydalanish metodikasiga oid ko‘nikmalarga matn va jadval muharrirlari yordamida pedagogik vositalar yaratishda ularning didaktik imkoniyatlaridan foydalanishni (matn muharririda formulalar kiritish, jadval muharrirlarida funksiyalarning grafiklarini yaratish va b.) ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu metodika AKT vositalaridan darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni nazarda tutadi. 146 Ushbu fikrlarni tasdig‘i sifatida UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan "O‘qituvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lish bo‘yicha tavsiyalari"ni keltirish mumkin. Mazkur tavsiyalarni quyidagi saytdan yuklab olish mumkin: www.iite.ru. Xulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilarda AKTdan foydalanishda hamkorlik qilish, vujudga kelgan muammolarni hal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olgan ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qila olish va umumlashtirish kabi ko‘nikmalarni hosil qilishga ko‘mak berishga qodir bo‘lishi kerak bo‘ladi. Download 6.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling