Pedagogik diagnostika


Download 1.85 Mb.
bet22/97
Sana26.09.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1688289
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97
Bog'liq
ДИАГ

Diagnostikada so`rov metodlari. Pedagogik diagnostikada turli og`zaki so`rov metodlari mavjuddir. Nostandart intervyu ko`proq birinchi sinov qadamini eslatadi. Bunda muammoni aniqlash, axborot to`rlash rejasining asosiy holatlarini yana bir bor tekshirib ko`rish va tadqiqot ob’ektini aniqlash zarur. Intervyu o`tkaziladigan mavzu tanlangach, uni olib boruvchi faqat oraliq savollar yordamida mavzuni kerakli yo`nalishga buradi. Javob beruvchi o`zining qarashlarini o`ziga qulay shaklda bayon qilish uchun keng imkoniyatga ega bo`ladi. Bu erkin shakl intervyu oluvchiga katta talab yuklaydi.
Standart intervyuda intervyu oluvchi beriladigan savolarning tuzilishi va ketma–ketligini o`rnatuvchi maxsus ishlangan sxema asosida ish olib boradi. sxemada savollarga tushuntirishlar, so`rov kechadigan holatlar ham ko`rsatilgan bo`ladi. Masalan, «O`quvchilarga jinsiy tarbiya berishda oilaning hamkorligi» mavzusidagi so`rovnomaning sxemasi quyidagicha bo`lishi mumkin:


Holat: uyda oilaning boshqa a’zolari yo`q vaqtida bolaning onasi bilan o`tkazilgan intervyu.

Savollar

Javoblar

Maktab bilan oila hamkorligida bolalarning jinsiy tarbiyasini amalga oshirish to`g`risidagi marifiy dasturlar to`g`risida eshitgan bo`lsangiz kerak.
1.Sizning farzandingiz bu to`g`risidagi ma’lumotni uyda olganmi ?
Agar «ha» bo`lsa, 2–savolga javob berish lozim.
Agar «yo`q» bo`lsa, 1–savolga javob kutish kerak.
2.Farzandingiz bu ma’lumotni kimdan qabul qilgan?

3.Farzandingizni jinsiy tarbiyalashda oila–a’zolarida yakdillik bormi?


4.Bola tug`ilishi to`g`risidagi axborot hayvonlar yoki insonlar tug`ilishi jarayoni misolida tushuntirilganmi?


5.Agar misollar hayvonot olamidan keltirilgan bo`lsa, unda qaysi hayvon misol qilib keltirilgan?

Ha
Yo`q


Otasidan,
onasidan
Oilaning boshqa a’zolaridan
Savol javobsiz qoldi.
Yakdillik bor.
Yakdillik yo`q,
chunki.
Boshqa javoblar
Hayvonlar olamidan
Insonlar hayotidan
Savol javobsiz qoldi

Intervyu mobaynida tarbiyachi suhbatning samimiy kechishini ta’minlashi lozim. Savollar o`ta nazokatli, murakkab bo`lmagan, insonlarning nafsoniyatiga tegmaydigan qilib tuzilishi shart. His–hayajonni o`yg`otuvchi shaklda beriladigan savollardan iloji boricha voz kechish lozim. Savol–javob jarayoni savol beruvchi va intervyuchi orasida bir–biriga ishonch tariqasida o`tkazilsa, savollarga olingan javoblar shunchalik to`liq va samimiy bo`lishi ta’minlanadi. Savollar javob beruvchida qiziqish uyg`ota olishi kerak. Intervyu oluvchi iloji boricha neytral pozitsiyada bo`lishi shart, chunki uning vazifasi pedagogika, psixologiya yoki axloq normalari nuqtayi–nazaridan ma’lumot berishdan emas, balki ko`proq axborot olishdan iborat. Javob beruvchilar past yoki o`rta ma’lumotga ega kishilar bo`lishidan qat’i nazar, intervyuchi savollarni oqilona, savodli, nazokatli qilib tayyorlashi kerakki, bu tinglovchida ishonch tug`dirishga asos bo`ladi. Kamtarona va nazokatli tuzilgan savollardan samimiy javobni kutish mumkin, aksincha, demagoglarcha, safsatabozlikdan tashkil topgan savollardan quruq va hissiz javoblar olinadi. Ayrim hollarda tarbiyalash jarayoni haqida ota–onalar ko`p gapirib yuborishlari mumkin, bu intervyuchidan sabr–toqatlilikni talab qiladi. U savollarni iloji boricha mohirona berib, ancha cho`zilib ketgan javobni qisqartirishi va tadqiqot uchun zarur bo`lgan axborotni eshitishi mumkin.


Pedagogik tashxisning eksperimental metodlari: tabiiy va modellashtiruvchi. Shakllantiruvchi metodlarning diagnostik imkoniyatlari.


МАВЗУ ЮЗАСИДАН SAVOLLAR VA ТOPSHIRIQLAR



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling