Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KITOB O‘QISH MADANIYATINI
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar.
10
MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KITOB O‘QISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH Zakirova O‘g‘iloy Bekovna Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Telefon: +998(91) 466 65 96 Annotatsiya. Milliy, ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni keng qo‘lamda targ‘ib qilish, xalqning madaniy - tarixiy merosidan bahramand bo‘lishini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyat yaratib berish, jamiyat va shaxs ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish davr talabi. Kalit so‘zlar. Axborot, metodika, kitobxonlik, pedagogika, mutolaa, kompyuter, internet, jurnal, gazeta. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi davrda umumiy o‘rta ta’lim maktablari kutubxonalarining faoliyati va vazifasi tubdan o‘zgarib ularning o‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlashdagi ahamiyatini kuchaytirish, bunda yangi axborot texnologiyalari, elektron axborot tashuvchilarning rolini oshirish, shu tariqa kutubxonalarni kitobxonlarning axborot olish madaniyatini shakllantirish uchun xizmat qiladigan institutga aylantirish maqsadi ko‘zlandi., ushbu sohada yangilanishlar sari dadil qadamlar qo‘yildi. Bugungi kunda o‘quvchilar va o‘qituvchilarning kitob o‘qish madaniyatini oshirish maktab kutubxonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan kutubxonachi xodimlarning kasbiy vazifalar asosida o‘z mahoratini oshirishigagina bog‘liq bo‘lmay, ko‘p jihatdan pedagoglar o‘quv fanlari o‘qituvchilarining ular bilan hamjihat ishlariga ham bog‘liq. O‘qituvchilarning ular bilan mahoratini esa pedagogik va metodik adabiyotlardan xabardor bo‘lib borishiga bo‘lgan ehtiyoj hamda ulardan foydalanish darajasi va sifati ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan imkoniyatlar belgilab boriladigan bo‘ldi . O‘zbekistonda o‘sib kelayotgan yosh avlodning xalqimiz yaratgan madaniy meros va zamonaviy ilmiy, adabiy madaniy sohaga oid axborotlarni qurbi yetgancha to‘laroq o‘zlashtirishlarining muhim omili sifatida ularda mutolaa madaniyatini shakllantirish, yoshlarni o‘qimishli fuqarolar etib tarbiyalash jamiyatning ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotiga jiddiy milliy muammoga aylanib qolmoqda . hozirgi kunda bolalar va o‘smirlarda kitobxonlikni tarbiyalash , boshqacha aytganda ularni axborot olishga o‘rgatish talab etilmoqda . Respublika maktab kutubxonalari tomonidan bolalarni kitobxonlikka o‘rgatish ijodiy faoliyatga jalb etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli , ma’naviy barkamol shaxs etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimli ma’naviy barkamol shaxs etib shakllantirish borasida bir qator ishlar qilinmoqda. Jumladan fanlar haftaligi, turli sanalar munosabati bilan o‘tkaziladigan anjumanlar, tashkil etadiladigan ko‘rgazmalar, yangi kitoblar taqdimoti kabi ommaviy tadbirlar o‘quvchi va o‘qituvchilar diqqatini ko‘proq jalb qilmoqda. bugungi kunda kitob nashr qilish ko‘lami kengaydi, jurnallar va gazetalar miqdori kun sayin ortib bormoqda va sifati yaxshilanmoqda . kompyuter texnikasi tufayli hayotimizga Internet kirib keldi. kitoblar ham matbuot asarlari ham elektron variantda taqdim etila boshlandi. Axborot oqimining ko‘pligi u bilan tanishish , qayt qilish, unga ishlov berish, undan foydalanishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish , ya’ni axborot olish madaniyatini egallash zaruratini keltirib chiqardi. O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish omillari: 1. O‘g‘il – qizlar ta’lim taqbiyasida ota –ona, ustoz -murabbiylar qatori kutubxonachining ham o‘rni beqiyos. O‘qituvchi va murabbiylar, kutubxonachilar keng javhada faoliyat yuritishlari, o‘quvchilarga kitob o‘qishning ahamiyati, shuning barobarida xalq ijodiyoti, alla, ertak, afsona, rivoyat, doston, maqol va topishmoqlar mohiyatini chuqurroq tushuntirishlari zarur. So‘z boyligini oshirish uchun, tafakkurni boyitish, dunyoni bilish, hayotni anglash uchun esa kitob mutolaa qilmoq kerak .Ilmiy kitoblar o‘quvchining bilim saviyasini oshiradi, badiiy asarlar esa yoshavlod ma’naviyatini yuksaltirishga, so‘z boyligini oshirishga xizmat qiladi. kitob - ko‘ngil oynasi. Mahoratli ijodkorning qalb so‘zlari sahifalar qa’riga jo bo‘ladi, o‘quvchi shuuriga singadi. kitob komillikka intilgan yosh avlodning doimiy hamrohi bo‘lib qolmog‘i kerak.O‘z xalqi tarixini, ajdodlari tafakkurini milliy qadriyatlarni, shu millatning 267 10 mavjudlik sharti bo‘lgan ona tilini e’zozlagan, unutmagan va oila ravnaqi, mamlakat taraqqiyoti uchun o‘zini mas’ul hisoblagan yoshlarning kelajagi porloqdir. Mirkarim Osim hikoyatlari, qissalarini o‘qisak tariximizga sayohat qilib kelamiz . Yov lashkarlarini sahro o‘rtasiga adashtirib olib borib,bir ozi butun bir qo‘shinni yenggan afsonaviy shiroq, dovyurak Tumaris bilan yuzma yuz kelgandek bo‘lamiz . drayzer asarlari bilan Amerikaga, Mopassan asarlari bilan fransiyaga borgandek bo‘lamiz. fantastik asarlar, detiktivlar, sevgi qissalari- har birini o‘qiganda qahramonlar hayoti bilan yashaymiz. betakror dizaynda ishlangan libos hayratimizga sabab bo‘ladi. G‘aroyib syujetli kinofil’mdan, aql bovar qilmas chizmaga asoslangan arxitektura namunalardan, hatto antiqa qandolat mahsulotidan zavqli tuyamiz.Shunday ekan hayratlanish hissining bolalikda qolib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan kitob mutolaa qilishga qiziqtiraylik . 2. kitoblarni asrash qoidalari kitoblarni tik quyosh nurlaridan ehtiyot qilish lozim. Aks holda muqovasi tezgina rangsizlanib, sahifalari sarg‘ayib qoladi Vaqti-vaqti bilan kitobni changyutgich yoki ikki foizli formalin eritmasida namlangan junli mato bilan tozalab turish lozim. Kitobnig qattiq muqovasidagi barmoq izlarini bo‘r erimasi yoki tish pastasiga botirilgan paxta yordamida ketkazish mumkin. Siyoh dog‘lariga limon kislotasi eritmasi yoki limon sharbatiga botirilgan bosma qog‘ozni bosish lozim 3. “kitobxonlik daqiqa” samarali usul Maktabimiznda yaxshi bir an’ana bor. har hafta pedagogik soatlarda dolzarb muhokamasidan so‘ng o‘qituvchilar o‘z ustida ishlash uchun nima o‘qiyotgani badiiy yoki ilmiy asari xususida ikki –uch daqiqalik taqdimot o‘tkaziladi.”kitobxonlik daqiqasi” o‘qituvchilarning ma’naviyatiga, darslarni olib borishiga samara beradi. 4. kitob o‘qi? bu ishni oiladan boshlash lozim. Shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda bolaga kitobni o‘zimiz o‘qib bersak, u bajonidil tinglaydi. kitob ichida nimalar borligi haqida o‘ylaydi. Albatta kichik yoshdagi o‘quvchilar mutolaa tezligi past bo‘ladi va katta asarni o‘qib tugatishga sabri yetmaydi. Shuning uchun rangli bezakli , kichik hajmdagi hikoya va ertak kitoblar bilan ularda mutolaaga qiziqtirish ma’qul. Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual ehtiyojini ta’minlash, ma’naviy olamini boyitish, madaniy - ma’rifiy qadriyatlarni saqlashga qaratilgan zamonaviy axborot - kutubxona tizimini yaratish va takomillashtirish borasida tizimli ishlar amalgam oshirilmoqda. Zamonaviy axborot kutubxonani shakllantirish uchun masofadan turib kutubxona resurslaridan foydalanishni keng joriy etish, kutubxona fondlarining ma’lumotlar bazasiga ulanish, elektron xizmat ko‘rsatish shakllarini tashkil etish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. I. A. karimov. “ Yuksak maʼnaviyat- yengilmas kuch” asari, 2008. 2. hasanboev J ., To‘raqulov X ., haydarov M., hasanboeva O., Usmanov N . Pedagogika fanidan izohli lug‘at. T.: “fan va texnologiya”. 2009. 3. bulatov S.S., Axmedov M.b. badiiy ta’limning falsafiy asoslari. – T.: “fan va texnologiya”. 4. ZiyoNET “kutubxona” internet tarmog‘i. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling