Педагогика ва Психология соҳаларидаги инновациялар
Ona tili darslarida “So‘zlarni top”, “Topgan topaloq”, “Telefon”
Download 3.75 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 3 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Topgan topaloq”
- Tabiatshunoslik darsida “Men kimman”
Ona tili darslarida “So‘zlarni top”, “Topgan topaloq”, “Telefon” - o‘yinlaridan foydalanish
mumkin. “So‘zlarni top” o‘yinida o‘quvchilar 2-ga bo‘linadi va har bir guruhga harflar to‘ldirilgan list beriladi. O‘quvchilar berilgan listdagi harflardan yangi so‘z tuzishlari kerak. “Topgan topaloq”- bu o‘yinda o‘quvchilar 2 yoki 3 guruhfa bo‘linishadi. Ular o‘zlariga nom tanlashadi. Nomlar aniqlangandan so‘ng o‘qituvchi ularga bitta mulohazali savol beradi va ularga o‘ylash uchun 5 minut vaqt beradi. Qaysi guruh birinchi bo‘lib qo‘l ko‘tarsa o‘sha guruh javobini aytadi va boshqa guruhlar ham javoblarini aytishadi. O‘qituvchi to‘rtta shunday savol beradi va 5shartda har bir guruhga alohidadan krossvord tarqatadi. krossvordni birinchi bo‘lib yechgan va to‘g‘ri yechgan va oldingi savollarga ham to‘g‘ri javob bergan guruh g‘olib hisoblanadi. “Telefon” o‘yini “-guruh 3 guruhga bo‘linib har bir guruhdan 1 ta dan o‘quvchi chiqadi. O‘qituvchi ularning har biriga 1 tadan so‘z aytadi. (qulog‘iga shivirlab) Ular guruhlaridagi 1 – o‘quvchiga xuddi shu so‘zni shivirlab aytadi, u esa yonidagiga shu tariqa oxirgi o‘quvchigacha o‘sha so‘z bir – birining qulog‘iga shivirlab aytadi, oxirgi o‘quvchi eshitganini doskaga yozadi. Topshiriqni to‘g‘ri va tez bajargan guruh baholanadi. Tabiatshunoslik darsida “Men kimman?” o‘yinidan foydalanish tavsiya etiladi. bu o‘yinda o‘quvchilarga mavzuga doir rasm beriladi. har bir o‘quvchi o‘ziga berilgan rasmni gapirmasdan tasvirlashi kerak. Qolganlar esa rasmda nima yashiringanini topishlari kerak. Masalan, bir o‘quvchiga bironta hayvon rasmi tushgan bo‘lsa u shu hayvon qilig‘ini pontanimo orqali ifodalab berishi kerak. Qolgan o‘quvchilar esa uni qaysi hayvonni ifodalayotganini topishlari 111 10 kerak. Tasviriy san’at darsida “Rasmlarni to‘g‘ri joylashtirish” o‘yinidan foydalanish mumkin. -O‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma – ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etuvchi maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi, har bir kartochka orqasiga yashiringan so‘zning bir harfiyorilgan bo‘ladi. O‘quvchilarga kartochkalar topshiriladi. Ular kartochkalarni tushunchalarga asosan ketma - ketlikda joylashtirib chiqadi. Topshiriq bajarilgach kartochkalarning orqasi o‘chirilib tekshiriladi, topshiriq to‘g‘ri bajarilsa yashirilgan so‘z kelib chiqadi. Xulosa qilib aytganda, bunday o‘yinlardan foydalanish hozirgi davr talabi, chunki an’anaviy darslardan voz kechib, noan’anaviy dars tizimiga o‘tish vaqti keldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling