Педагогиканинг илмий асослари


Pedagogika fanining vazifalari


Download 144.5 Kb.
bet3/7
Sana18.11.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1786137
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat tarakkiyotini ta’minlashga aloxida xissa kushadi. Pedagogika fani maksadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat kurilishi, uning xayotida yetakchi urin tutuvchi goyalar moxiyatini muxim axamiyatga ega.
Uzbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar xamda xukukiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axlokiy talabalarga javob beruvchi yukori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chikish, milliy istiklol goyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini xal etadi. Mazkur jarayonda kuyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor xaratiladi:

  1. Ma’naviy va axlokiy talabalarga javob beruvchi yukori malakali kadrni tarbiyalashga yunaltirilgan pedagogik jarayonning moxiyatini urganish.

  2. Shaxsni xar tomonlama kamol toptirish konuniyatlarini aniklash.

  3. Ijtimoiy tarakkiyot darajasidan kelib chikkan xolda rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini urganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.

  4. Ta’lim muassasalari xamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.

  5. Ilgor pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.

  6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar xamda ta’lim-tarbiya usullari bilan kurollantirish.

  7. Ta’lim-tarbiya birligi xamda ijtimoiy tarbiya yunalishlari urtasidagi uzaro alokadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini urganish.

  8. Ukitish xamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.

  9. Oila tarbiyasini muvaffakiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chikish.



Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, xar bir fan uzining tayanch tushunchalari, konuniyatlari, tamoyillari, koidalari tizimiga ega. Aynan mana shu xolat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning moxiyatini ochib beruvchi eng muxim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga xaratilgan jarayonlarning umumiy moxiyatini yoritadi. Eng muxim kategoriyalar sirasiga kuyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (ukitish, ukish), bilim, kunikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
Shaxs – psixologik jixatdan tarakkiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-xarakatlari bilan boshkalardan ajralib turuvchi, muayyan xulk-atvor va dunyokarashga ega bulgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, anik maksad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni xar tomonlama ustirish, uning ongi, xulk-atvori va dunyokarashini tarkib toptirish jarayoni.
Ta’lim –ukuvchilarni nazariy bilim, amaliy kunikma va malakalar bilan kurollantirish, ularning bilish kobiliyatlarini ustirish va dunyokarashlarini shakllantirishga yunaltirilgan jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kurinishida aks etuvchi borlik xakidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Kunikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish kobiliyati.
Malaka –muayyan xarakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida uzlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, xosil kilingan kunikma va malakalar xamda tarkib topgan dunyokarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual usishida namoyon buladigan mikdor va sifat uzgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.



Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling