Pedagogikasi


Download 3.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/79
Sana03.09.2023
Hajmi3.59 Mb.
#1672307
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
Xalq pedagogikasi.Mutalipova M.J

BILASIZMI?
«Qaysar» so‘zining m a’nosini bilasizmi?
«Qaysar» so‘zining asosiy m a’nosi «Rum podshosi, podsho» bo‘lib, 
hozirgi kunda «o ‘jar» m a’nosida ishlatiladi. Bu so‘z o ‘zbek tiliga arab 
tilidan o ‘tgan, arablar esa yunoncha «Kesar»( yunonlar lotincha «Sesar»
- «Sezar»ni «Kesar» deb o ‘qiganlar) so‘zini o ‘z tillariga moslab ayni 
«qaysar» shaklida olganlar. «Alpomish» dostonida Hakimbekka ko‘proq 
«qaysar» sifati beriladi: «Qalmoq yurtini bo'zlatar, Borayotgan shunday 
qaysar, 
Qavatinda 
Barchin 
dilbar...», 
«Dushmanlarni 
izillatgan 
Hakimbek qaysaring keldi» va h.
K o‘rinib turganiday, bu so‘z dostonda «botir», «qo‘rqmas», «mard 
bek» m a’nolarida qo‘llangan, zero mazkur sifatlarning shoxlarga 
xosligini isbotlash zarurati yo‘q ...
50


BU QIZIQ!
Dedim:
- Insonga hamisha kamlik qiladigan xislatlar nimalar?
Dedi:
- Ular uchta: bilim, odob, fahmu-farosat.
Dedim:
-Ularga erishish yoMlari qanday?
Dedi:
Bilimga kishi o‘z mehnati orqali etishadi, odobga - bilim, 
ota-ona va ustozlar ko‘magida erishiladi. Fahm-farosat faqatgina 
ato etiladi! (O.Mahmudov. «Ota farzandiga nega tanbeh 
beradi»).
1.4. Xalq pedagogikasida m illiy u r f - odatlar, an ’analar, 
udum lar, xalq o ‘yinlari va o ‘yinchoqlari, bayram va 
m arosim larning tarbiya vositasi sifatidagi o ‘rni
M a’lumki, Respublikamizda joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining 
barcha bo‘g ‘inlari, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarining oldiga 
davlat va ijtimoiy buyurtmalar qo‘yilgan. Oliy ta’lim muassasalarining 
oldiga qo‘yilgan davlat buyurtmasi har tomonlama rivojlangan barkamol 
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bo‘lsa, ijtimoiy buyurtma yoshlar 
ongi va qalbiga milliy g‘oyani singdirish sanaladi.
Respublikamizda qabul qilingan «Milliy istiqlol g ‘oyasi: asosiy 
tushuncha va tamoyillar»da milliy g ‘oya « 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, 
demokratik 
tamoyillar, 
milliy 
va 
umuminsoniy 
qadriyatlar»l7ga asoslanishi qayd etilgan.
Talaba-yoshlar ongi va qalbiga milliy g ‘oyani singdirishda dastlab 
ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish orqali 
mazkur qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb 
etadi. Milliy qadriyatlar tarkibiga kiruvchi milliy urf-odatlar, an’ana va 
udumlar, bayram va marosimlar avlodlar kamolotida katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. Xalqimiz asrlar davomida shu qadriyatlarga sodiq 
qolgan, ulardan farzandlar tarbiyasida foydalana olgan.
17 «Миллий истиклол гояси: асосий тушунча ватамойиллар» Т.:Учбекистон. 2000.
51


Istiqlol tantanasi bilan bugungi kunda barkamol avlodni asrlar osha 
sayqal topgan milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash, 
madaniy merosimiz, m a’naviy boyligimizni har tomonlama o ‘rganib, 
ta’lim-tarbiya sohasida qo‘llashga keng imkoniyatlar yaratildi. Yurt- 
boshimiz I.A.Karimov: «Biz quradigan jam iyat 0 ‘zbekiston xalqining 
munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy 
qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishini, insonning m a’naviy 
axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak»,18 - deb ta’kidlaydi. Urf- 
odatlar, islom dini bilan bog‘liq rasm-rusumlar, xalqona udumlar, 
marosimlar, an’analar xalq ijtimoiy hayoti, orzu-umidlari va xalqona 
ideallarini aks ettiradi, insonni iymon-e’tiqodda butun, m a’naviy- 
m a’rifiy va axloqiy-ruhiy tarbiyada komil bo‘lishga undaydi.
Xalqona qadriyatlar va urf-odatlarimiz islomiy qadriyatlar bilan 
hamohang. Ularda vatanparvarlik, halollik, elni e ’zozlash, adolat, 
mehnatsevarlik, kamtarlik, mardlik, hushyorlik, saxiylik, mehmon- 
do ‘stlik, vafodorlik, sabr-qanoat kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanadi. 
Adovat, kibr-havo, hasad, fitna-fasod, dilozorlik, xudbinlik, tekinxo‘rlik, 
ilmsizlik, nodonlik, farosatsizlik kabi illatlar qoralanadi.
Har bir urf-odat, udum, an’analar yuqorida ulugMangan fazilatlarni 
yosh avlod tarbiyasiga singdirish, qoralangan illatlardan yiroqlashtirish 
yoki forig‘ qilish kabi o ‘z maqsad-vazifasiga, o ‘z yo‘nalishiga ega. 
Masalan, odamiylik, do‘st-birodarlik, bir-biriga ixtiyoriy yordam, ahillik 
va o ‘zaro hamkorlikning yorqin namunasi bo‘lgan hashar hozirgi 
kungacha yetib kelgan go‘zal odatlarimizdan biridir. Hashar o ‘zbeklarda 
jam oat yoki shaxs ishiga ixtiyoriy yordam berish, ko‘pchilikning bir 
maqsadda, bir yoqadan bosh chiqarib, tezkorlik bilan bajarilishi zarur 
bo‘lgan ishlami bajarishda qo‘llangan. Bu haqida yurtboshimiz shunday 
deydilar: «Xalqimiz m a’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz 
va ulam ing zamirida mujassam boMgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, 
tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muam- 
molarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. M a’naviy hayotimizning uzviy qismiga 
aylangan hashar odati istiqlol davrida yangicha m a’no-mazmunga ega 
bo‘lib, umummilliy an’ana tusini olgani barchamizni mamnun etadi. Har 
yili N avro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida o ‘tkaziladigan 
umumxalq hasharlari buning tasdig‘idir. ...B u esa, hech shubhasiz, 
jam iyat tafakkurining yangilanishiga kuchli ta’sir qilmoqda.» 19
18 Каримов И.А. Истиклол ва маънавият. Т. Узбекистан, 1994, 113-6.
19 Каримов И.А. Юксак маънавият — енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008.-96-бет.
52


Darhaqiqat, hashar xalqimizda mehr-oqibat tuyg‘usini tarbiyalagan, 
zero bugun hasharda ishtirok etgan kishi ertaga shu ko‘pchilik unikiga 
ham hasharga kelishini avvaldan bilgan. Xuddi shu odat dunyoning eng 
rivojlangan davlatlaridan biri Yaponiyada ham bor ekan. «Hech qayerda 
uchramaydigan, faqat Yaponiyada bir-birini to ‘ldiradigan bir uyg‘unlik 
bor. Bu - eng zamonaviy sanoat bilan milliylikning uyg‘unligidir.
Shuning uchun ham italyan jumalistlaridan biri hayrat bilan: 
«Hozirgi yaponlar yuksak taraqqiyotga erishgan boMsa ham xulq, odat, 
tafakkurda bobolari, momolaridan farq qilmaydigan odamlardir», - deb 
yozgan. Yaponlar yuksak texnik taraqqiyotga o‘zbeklarga xos bo‘lgan 
mehr-oqibat munosabatlarini kiritishdi va dunyoning eng qudratli 
davlatlaridan biriga aylandi».20
Demak, aytish joizki, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy- 
mafkuraviy taraqqiyotida qadriyatlarning o ‘rni va ahamiyati beqiyosdir. 
Shu bois ham yosh avlod tarbiyasida xalq an’analari, urf-odatlari, 
udumlari, marosimlarining mohiyatini keng tushuntirishimiz darkor.
Shu o ‘rinda «G’arb - qonunlar, Sharq - urf-odatlar asosida boshqa- 
riladi», -degan gapni eslashimiz joiz. Avvallari qonunchilik axloqiy- 
huquqiy qadriyatlar, turli irim shaklidagi ta ’qiqlar, keyinchalik diniy 
e ’tiqodning kuchayishi bilan «uvol» deyilguvchi taqiqlar ko‘rinishida 
amalga oshirilgan. Masalan, o‘ng - to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, chap esa 
egrilik, yolg‘onchilikning ifodasiga aylangan. Shu bois ham kelin- 
kuyovlar ostonaga ilk qadamni chap oyog‘idan boshlashi, nikoh uzugini 
chap qo‘lga taqishi ta’qiqlangan. Garchi bugungi kunda jamiyatimiz 
Davlat Konstitutsiyasi va qonunlar tomonidan boshqarilsa-da, o ‘zbek 
turmush tarzidagi ko‘plab urf-odatlar qonunlar darajasida bajariladi.

Download 3.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling