Pedagogikasi va psixologiyasi” kafedrasi “Pedagogning kasbiy standarti”
Tayyorlov guruhi tarbiyachisining mashg‘uotlarni tashkil etishda kasbiy mahoratini namoyon etishi
Download 70.37 Kb.
|
Dilbar standart 147
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashgulot metodi
- II Asosiy qism: 20 daqiqa
- Quvnoq daqiqa
2.2. Tayyorlov guruhi tarbiyachisining mashg‘uotlarni tashkil etishda kasbiy mahoratini namoyon etishi
Mavzu : Tovush va harf Maqsad: tarbiyalanuvchilarga tovush va uning xilma xilligi haqida ma’lumot berish. Tovushlar harflar bilan ifodalanishini tushuntirish,so’z vabo’g’inlardan tovushni ajrata olishni o’rgatish,o’zaro hamkorlikda ishlash qobiliyatini tarkib toptirish. Mashgulot metodi: analiz va sintez, kichik guruhlarda ishlash, ta’limiy o’yin “Nimaning ovozi” Mashg’ulot jihozi: Kitob maketi, turli ertak kitoblari, buyumlar tasvirili kartochkalar, AKT, Mashg’ulotning borishi: Tashkiliy qism: 10 daqiqa T: Bolajonlar barchangiz bormisiz Mashg’ulot uchun tayyormisiz. B. Mana bizlar hamamiz, Zukko o’g’il qizlarmiz. Qani bolajonlar, hammamiz o’z joylarimizni egallab olamiz va bugungi mashg’ulotimizni boshlaymiz. (har bir stolda kerakli o’quv qurollar borligi tekshiriladi) Ayting-chi avvalgi mashg’ulotimizda siz bilan qaysi mavzuda suhbatlashgan edik? …….(so’z va bo’g’ilar) Barakalla bolajonlar, keling siz bilan bir o’yin o’ynaymiz. Bu o’yinimiz bir necha bosqichda o’ynaladi. “Hamkorlikda ishlash” Bosqich Tarbiyalanuvchilar juftlikda berilgan rasmni nomi va so’zni bo’g’inga bo’lib aytadilar. (olma, ol- ma, tarvuz, tar- vuz) Bosqich Tarbiyachi bilan birga bir necha rasmni ifodalovchi so’zni aytib bo’ginga bo’ladilar. Bu jarayonda hamma baravar xor bo’lib qaytaradilar. Bosqich Hamma bolalar doira bo’lib turib oladilar va o’z qollaridagi kartochkani o’rtoqlariga ko’rsatib navbat bilan bo’g’inlanb beradilar. Ish yakunida bolalar ishi rag’batlantiriladi. II Asosiy qism: 20 daqiqa Bolajonlar, bugungi mashg’ulotimiz mavzusi tovush va harflar. Tarbiyachi bir necha narsaning ovozini magnit tasma orqali eshittiradi va uni bolalardan so’raydi. Masalan suvning shildirashi, oyoq tovushi, musiqa ohangi, mashina ovozi ……. Ularni tovush ekanligini va uni biz quloqlqrimiz orqali eshitishimizni aytib o’tadi. Bular musiqa va tabiatdagi buyum va narsalarning harakatlanishidan chiqadigan ovoz. Hatto hayvonlar ham ovoz chiqaradilar uni ko’pchiligingiz eshitgansiz. Xo’roz, sichqon, qo’y, bo’ri qanday ovoz chiqaradi kim aytib bera oladi. Insonlar ham gapirganlarida ovoz chiqishi va ining ham o’z nomi bor. Uni biz tovushlar deb ataymiz. Tovushlar birlashib esa ma’lum tilni hosil qiladi. Mana biz qaysi tilda gaplashamiz? Ha, to’g’ri o’zbek tilida gaplashamiz. Do’stlaringiz orasida qanday tilda gaplashadiganlarini uchratasiz. (rus, tojik, qozoq…) shunday ekan har bir tilning o’z tovushlari va ular ifodalaydigan harflari bor. Quvnoq daqiqa: “Yomg’ir” qo’shig’iga harakatli mashq bajariladi. O’zbek tilida 29 ta harf mavjud. Bugun sizga shu harflarni tanishtirish maqsadida sehrli kitobchani olib keldim. Bolalarga kitob maketi ko’rsatiladi va uni ichi ochiladi kitob varaqlarida rasmlar bo’ladi lekin harflari bo’lmaydi. Tarbiyachi hayrat bilan kitobni varraqlydi ammo hech qanday harfni topa olmaydi. Ekranda laylakvoy paydo bo’ladi. Ovoz : men hamma harflarni berkitib qo’ydim agar men bilan sayohatga borsangiz sizga uni topishga yordam beraman. Bolajonlar, rozi bo’larlik bo’lmasa qanday qilib o’qishni o’rganamiz. Kitobni o’qish uchun esa bizga harflar zarur. Ulardan bo’g’in, so’zlar hosil qilishimiz mumkin. Download 70.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling