Pedogogika fakulteti


Download 91.25 Kb.
bet2/9
Sana02.12.2023
Hajmi91.25 Kb.
#1780050
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BERDIYEV ULUG\'BEK

Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson bilimlarni oʻzlashtirar ekan, tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha boʻlgan ma’lumotlarni oʻzlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: “Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib koʻradi, oʻz bilimlarining chinligini aniqlaydi”. Mutafakkir insonning bilimlarni oʻzlashtirishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: “Ilmlar koʻpdir. Ular zamoni iqbolli boʻlib, turli fikr va xotiralar ularga qoʻshilib borsa, koʻpayadi. Odamlarning ilmlarga ragʻbat qilishi, ilmlarni va ilm a’llarini hurmatlashi oʻsha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm a’lini hurmat qilishi turli ilmlarning koʻpayishiga sabab boʻladi”.
Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur oʻzlashtirish donishmandlik ekanligini aytadi: “Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan oʻrganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yoʻldan toymasdan turib unga erishishi kerak boʻladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin boʻlsayu, isbotlar chinakamiga boʻlsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi”.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asari ta’bir joiz boʻlsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi toʻgʻrisidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli boʻlish ezgu ishlar tantanasini ta’minlovchi garov boʻlib, uning yordamida hatto osmon sari yoʻl ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, Bilim tufayli, goʻyo koʻkka yoʻl topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi, oradan toʻqqiz-oʻn asr vaqt oʻtgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq boʻldi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-ma’rifatni rivojlantirishga yoʻnaltirish etakchi oʻrin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat zulm va bid’atdan forigʻ boʻlish yoʻlidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan “Xilvat dar anjuman”, “Safar dar vatan” gʻoyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida oʻzlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil boʻlgan ilm puxta va mustahkam boʻladi.
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz oʻzlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chidamli, qanoatli, bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy ilmni afzalligini quyidagicha bayon etadi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun gʻoyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga oʻz ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi koʻrsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi oʻtkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning samarali vositasi ekanligiga ham urgʻu beradi: “Ilm bizni jaholat qorongʻusidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, gʻayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bogʻliqdur”.
Muhtaram Prezidentimiz ham o‘z asarlarida Abdulla Avloniyning tarbiyaga oid hikmatlariga alohida to‘xtalib: “Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bog‘liq” degan”, deb ta’kidlaganlar.



Download 91.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling