Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
Izlangiz, ey ahli oh,
Qayda deb ahli vafo. Izlangiz, ey ahli dil. Qayda deb sohib ko‘ngil. Izlangiz, ey ahli xos, Qayda deb ahli niyoz... 3 - V - - / - V - Foilotun foilun Ramali murabba’i mahzuf Iste’dodli shoir Asqar Mahkamning 18 bayt- li “Izlangiz” nomli orifona she’rining 14 baytida shu shakl davom etadi: “ahli roh”, “ahli xok”, “ahli g‘am”, “ahli shum”, “ahli bad”, “ahli sharr”, “ahli jon”, “ahli xob”, “ahli xayr”, “ahli shom”, “ahli joh”. Izofali jumla, birinchidan, vazn talabi bilan qo‘llangan. Ikkinchidan esa, she’rga chindan ham tasavvufona, mumtozona ruh bergan. Bu she’rning yana bir eng muhim jihati shuki, masnaviy zamonaviy o‘zbek she’riyatida. Bino- barin, mumtoz lirikamizda ham juda kam uchraydigan vaznda yozilgan. Kam hijoli vazn she’rga favqulodda shiddat bag‘ishlagan. Lekin ba’zida izofaning mo- hiyatini, ya’ni uning aniqlovchi/aniqlanmish tipidagi birikma ekani, faqat bunda teskarisi (aniqlanmish/ aniqlovchi) ekanini bilmasdan ishlatish mazmunning qo‘pol tarzda buzilishiga ham olib keladi: Qatra-qatra nur to‘kib, boshimda yondi yulduzi, O‘pdim ilhom qatrasini g‘unchayi titrog‘ida. 4 – V - - / – V - - / – V - - / – V - - 2 G‘azal g‘izoli. – Toshkent: Adabiyot, 2021. – B. 107. 3 Mahkam A. Vahdat kuyi. – Toshkent: Nurafshon business, 2021. – B. 146 . 4 G‘azal g‘izoli. – Toshkent: Adabiyot, 2021. – B. 12. 106 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Foilotun foilotun foilotun foilun Ramali musammani mahzuf Mazkur baytning ikkinchi misrasida shoir “g‘un- chaning titrog‘i” demoqchi. Agar izofali shaklga kirit- sak, “titrog‘i g‘uncha” bo‘ladi. Shoir, birinchidan izo- fani noto‘g‘ri ishlatgan. Ikkinchidan, o‘zbek tili mod- elidagi aniqlovchi/aniqlanmishni hamma vaqt ham izofaga aylantirish kutilgan natijani bermasligi ko‘rinib turibdi. To‘g‘ri, nazariy jihatdan “titrog‘i g‘uncha” dey- ish mumkin. Lekin bu xuddi azaga qizil kiyib kelgan ayoldek o‘xshovsiz bo‘lib qoladi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy aruzning leksik va morfologik sathida an’anaviylik fonetik sathdan ko‘ra kuchliroq ekan. YA’ni misra- ni vaznga moslashtirish ehtiyoji tufayli, ba’zan esa shunday ehtiyojsiz ham – shunchaki badiiylikni os- hirish uchun, aruz ruhini kuchaytirish uchun eski o‘zbek tiliga xos arxaik, tarixiy so‘zlar, jumla qolip- lari juda quyuq ishlatilganini ko‘rishimiz mumkin. Bu hamma vaqt ham kerakli natijani bergan, aruziy bayt- ga uzukka ko‘z qo‘ygandek yarashib tushgan deya olmaymiz. Nuqul mumtoz adabiyot unsurlariga ruju qo‘ymas- dan ham, aruzda poetik yuksak asarlar yaratish mumkinligini Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Asqar Mahkam, Sirojiddin Sayyid, Jamol Kamol kabi shoir- larimiz yozgan aruziy she’rlarda ko‘ra olamiz. Ayni vaqtda aruziy she’rni faqat nazmbozlik, san’atpardo- zlik, o‘z iqtidorini namoyish qilishgina deya tushunish natijasida pafossiz, sxematik, o‘quvchiga estetik zavq tug‘dirmaydigan she’rlarning ko‘plab yaratilayotgani ham bor gap. Bizningcha, adabiyotshunoslitda bu borada o‘z so‘zini aytishi, tanqid ruhini kuchaytirishi, aruzning tor manfaatlar maydoniga aylanib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi darkor. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy o‘zbek aruzi- da o‘zidan oldingi davrga nisbatan tasavvuf ruhida- gi g‘azallar ko‘paydi. Zamonaviy shoirlar imkonlari yetgan darajada tilning barcha imkoniyatlarini ishga solyaptilar. Bizningcha, mustaqillik davrida iste’dodli shoirlar tomonidan aruzning mukammal, go‘zal na- munalari yaratilmoqda-yu, ikkinchi tomondan bosh- qa turli shoirlar misolida aruzni mukammal o‘zlasht- irish jarayoni kechmoqda. Bu jarayon an’ananing kuchli ta’siri (ayniqsa, leksik va morfologik, obrazlilik sathida), ba’zan zo‘rma-zo‘rakilik, hatto grammatik xatolarga yo‘l qo‘yish, she’rlarning asl san’at asa- ri bo‘lmay, quruq nazm namunasiga aylanib qolishi kabilardan namoyon bo‘lmoqda. Resume. This article is about creating perfect, beautiful samples of modern aruz, as well as at the lexical, morphological, phonetic level, sometimes forced, even making grammatical errors, turning poems into a sample of dry verse instead of being an original work. art. Резюме. В данной статье речь идет о создании совершенных, красивых образцов современного аруза, а также на лексическом, морфологическом, фонетическом уровне, иногда вынужденных, даже допускающих грамматические ошибки, превращающих стихотворения в образец сухого стиха вместо того, чтобы быть самобытным произведением искусства. 107 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5 ISNN: 2181-1741 (Print) ISNN: 2181-1725 Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling