Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

To bilurmu sen kabi xurshid tal’at mahliqo,
Kim Masih anfos olam sa’yi royat mahliqo,
Shahvor qoqub sen amir saxt dil,
Faxri olam voqif asror g‘orat mahliqo,
Sen kabi ko‘rganmu afuloj maloik yopiray,
Yo ajamdin, yo arab asl banutmi mahliqo
3
.
G‘azal a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Shoir g‘azal-
ida ma’shuqasini “xurshid tal’atli”, “Masih anfos”li 
ya’ni “jon kirituvchi” – deb alqaydi, keyingi baytda 
esa ma’shuqasining “dil”ini “saxt” ya’ni “qattiq” ekan-
ligini, shunday bo‘lsa ham ma’shuqasi hamma sirlar-
dan xabardor, “mahliqo” oshiqni “g‘orat” ya’ni “talon 
– taroj” (es-hushini o‘g‘irlaganini) etganini aytadi, 
keyingi baytda esa bunday “maloik”ni butun “afuloj” 
ya’ni (falakning ko‘pligi), dunyolar “ko‘rganmu” – 
deya ajablanadi va asl vatani qayer ekanligini taajjub 
bilan so‘raydi.
Qanoat ayla gadolikda ey neku siyrat,
Agarchi shohjahon qilma iltijo anga,
Omondur elni balo birla ranj va ofatidin,
Chu har kimki xudo birla, yo‘q balo anga,
Xudo ne der kimga, yo‘l topoy desang bori,
Bo‘yunni egri qil, qomating duto anga,
Yema jahon g‘amini tortma elni dard sarin,
O‘zungni Nozil dilxasta qil, savo anga
4
.
Nozil qit’asi a-b-v-b-g-b tarzida qofiyalangan. 
Qit’ani mazmunan tarbiyaviy-axloqiy deyishimiz 
mumkin. Ya’ni birinchi misrada “ey neku” (yaxshi in-
son), gadolikda ham “qanoat ayla”, ikkinchi misrada 
agar jahonning shohi bo‘lsa ham unga “iltijo”(ta’ma, 
laganbardorlik, shaxsga sig‘inish) qilmaslik kerak-
ligini, uchinchi misrada shoir yuqoridagi sifatlarga 
ega bo‘lgan inson elni balo va ofatlaridan“omondur”- 
deydi. Tabiiyki savol tug‘ilishi mumkin “el” “shohja-
hon”dan, uzoq bo‘lish kerak bo‘lsa, kim bilan inson 
yaqin bo‘lishi kerak? degan savolga, To‘rtinchi misra-
da shoir “Chu har kimki xudo birla, yo‘q balo anga”, - 
deydi. Beshinchi misrada “yo‘l topаy desang”, “Xudo 
ne der“- deydi, oltinchi misrada endi to‘g‘ri yo‘lni ix-
tiyor etgan bo‘lsang, “bo‘yunni egri” qil, “qomating
duto” (qomating xam,bukik) bo‘lsin unga - deydi, yet-

Nozil Xo‘jandiy devoni. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 
ilmiy tadqiqot instituti Hamid Sulaymon fondida. 505- inventar. 
– В. 9. 

Nozil Xo‘jandiy devoni. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik 
ilmiy tadqiqot instituti Hamid Sulaymon fondida. 505- inventar. 
– В. 8.


111
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
tinchi misrada shoir Nozil o‘ziga “Yema jahon g‘amini 
tortma elni dard sarin” – deydi, sakkizinchi misrada 
“O‘zungni Nozil dilxasta qil”, “savo anga”(bor vujud-
ing bilan unga qul bo‘l)-deydi.
Shunday xulosa qilishimiz mumkinki, shoir Nozil 
Xo‘jandiy o‘z asarlari bilan tojik va o‘zbek adabiyotida 
o‘zining munosib hissasini qo‘shgan, ikki tilda ham 
bir xil ijod etgan zullisonayn shoir hisoblanadi, shoir 
she’rlarida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-tarbiyaviy mas-
alalar yoritilgan, o‘z davridagi ijtimoiy muammolarni 
satirik kulgi bilan tanqid qilgan. 
Resume
Nozil Khojandi, who wrote in Uzbek and Tajik languages, was born in Khojand. Later he went 
to Kokan and lived and created. Poet: created in ghazal, rubai, qita, mukhammas and other poetic genres. 
The poet’s divans preserved in Tajikistan and Uzbekistan have reached us. Poet Nozil’s collection contains 
moral-educational, socio-political and satirical poems. This article provides information about Nozil Khojandi’s 
life and work.
Резюме: Нозил Ходжанди, писавший на узбекском и таджикском языках, родился в Ходженте. Поз-
же он отправился в Кокан и жил и творил. Поэт: создан в газели, рубаи, кыте, мухаммасе и других 
поэтических жанрах. До нас дошли сохранившиеся в Таджикистане и Узбекистане диваны поэта. В 
сборнике поэта Нозиля собраны нравоучительные, общественно-политические и сатирические стихи. 
В этой статье представлена информaтся о жизни и творчестве Нозила Ходжанди.
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling