Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


TURK OLIMI BAHAEDDIN O‘GEL VA UNING


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

TURK OLIMI BAHAEDDIN O‘GEL VA UNING 
“TURKIY MIFOLOGIYA” ENSIKLOPEDIYASI
Saydullayeva Aziza Ubaydullayevna,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
Turkiy xalqlar madaniyati tarixining bilimdoni, bu 
sohaning zabardast vakillaridan biri, turk tarixchi 
olimi, professor Bahaeddin O‘gel 1923-yil 21-aprelda 
Elazikda (Turkiya) tijoratchi Shamsiddin Bey oilasida 
dunyoga keldi. Oilaning bir qiz va ikki o‘g‘il farzandla-
rining eng kattasi bo‘lgan Bahaeddin O‘gel, har doim 
ota-onasining erkasi bo‘lgan va ukalarining hurmati-
ga sazovor bo‘lib voyaga yetgan. O‘gel o‘z suhbat-
lari asnosida tarixga bo‘lgan qiziqishi bolaligida onas-
ining aytib bergan hikoyalaridan boshlanganligini bir 
necha marotaba ta’kidlab o‘tadi. Tarixchi bo‘lishga 
qaror qilishiga yashayotgan shahri Harputning boy 
tarixi ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmagan. Ba-
haeddin O‘gel dastlabgi ta’limni tug‘ilib, o‘sgan yurti-
da oladi, maktabni Elazikda tamomlaydi. O‘sha pay-
tlarda Elazikda litsey bo‘lmaganligi sabab tahsilini 
Malatyada davom ettiradi. 1941-yilda universitetning 
Tarix fakultetida o‘qish istagida Anqaraga yo‘l oladi. 
Anqara universitetining Til-tarix-geografiya fakultetini 
tahsilni davom ettiradi. 1948-yilda “Uyg‘ur davlatining 
qurilishi” mavzusidagi dissertatsiyasi bilan doktor-
lik ishini himoya qiladi. 42 yillik akadimik hayotining 
asosiy qismini o‘zi tehsil olgan Anqara universitetida 
o‘tkazadi. O‘z sohasi doirasida 20 ta kitob va 120 
dan ortiq maqolalar e’lon qiladi. “Buyuk Hun impera-
torligi tarixi” (2-jildlik), “Turkiy madaniyatning yuksal-
ish davri”, “Islomdan oldingi turkey madaniyat tarixi”, 
“Turkiy madaniyatga kirish tarixi” (9 jildlik), “Turkiy mi-
fologiya” (2 jildlik), “Arzurum yodgorliklaridagi Oltoy 
turk san’atining izlari”, “Turkiylarda davlat tushuncha-
si” nomli asarlari bilan turkiy xalqlar madaniyatining 
qorong‘ulikda berkinib yotgan jihatlarini, ularning boy 
o‘tmishini ilm ahliga taqdim etdi. 
Biz bu maqolamiz orqali uning “Turkiy mifologiya” 
nomli kitobini o‘zbek kitobxonlariga tanitishni maqsad 
qildik. 
Kitobning birinchi to‘liq (2 jildlik) nashri 1989-yilda 
Anqarada chop etilgan bo‘lib, bugungi kungacha 6 
marta qayta nashr etilgan. Ikki jilddan iborat bo‘lgan 
mazkur asarning birinchi jildida muallifning hayo-
ti va asarlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 
Muallif asarning birinchi jildining “So‘z boshisi”da ki-
tobning yozilishi, manbalar bilan ishlash, metod tan-
lash, ishonchli materiallarni saralab olish bilan bog‘liq 
bo‘lgan ushbu fikrlarni keltiradi: “Nima mifologiya 
bo‘la oladi yoki bo‘la olmaydi?” Bu kitobni yozishni 
boshlashdan oldin, bu masalani o‘rganish va uni ke-
skin shaklda aniqlashtirib olish majburiyatida edik. 
Shu sababli har bir bo‘limning metodlari ustida atrof-
licha izlandik. O‘gel fikrlarini davom ettirar ekan, mi-


122
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
fologiyaga ta’rif bildiradi: “Mifologiyaning ma’nosini 
qisqacha izohlaydigan bo‘lsak, aslida “mifologiya” 
so‘zi ma’lum bir qavmga oid bo‘lgan afsonalarni 
o‘rganuvchi sohadir. Qadimgi yunonlar buni “mif” 
deb ataydilar. Mifologiya atamasi mana shu so‘z aso-
sida vujudga kelgan. Faqat, mifologiya bir qavmga 
oid birgina afsona yoki ertak bo‘lib qolmasdan, bar-
cha afsona va inonch, e’tiqodlarni o‘rgangan holda, 
natijaga boriluvchi ilmdir”
1

Asarning kirish qismida yozar, millatlar va dav-
latlar tarixida mifologiyaning ahamiyatini ko‘rsatish 
barobarida, bir xalqning davlat bo‘lishi uchun albatta 
bir qavmdan tarqaganini islatlamog‘i kerakligini, bun-
ing uchun o‘ziga tayanch nuqtasini topishi lozimligini 
alohida uqtiradi.
Kitobning birinchi jildi o‘n uch bo‘limdan iborat 
bo‘lib, unda quyidagi mavzular o‘rin olgan: Buyuk 
Hun davlati va turkiy mifologiya, Turkiylarning bo‘ri-
dan tarqalishi (kelib chiqishi), “Ergenekon” afsonasi, 
Uyg‘urlarning kelib chiqish afsonasi, “O‘g‘uz” dos-
toni, Turkmanlarning shajarasi, “O‘g‘uz” dostonlari 
haqida ba’zi qaydlar, Xonnoma, Yaratilish dostonlari, 
“Manas” dostoni, Turkiylar va mo‘g‘ullar mifologiyasi 
(o‘xshash va farqli tomonlari), Turkiy mifologiyada 
“Kiyik”, Turkiy mifologiyada “Burgut”
2
.
Muallif bu mavzular ustida ish olib borar ekan, bu-
tun turkiy xalqlar inonchlarining asoslariga suyangan 
holda vujudga kelgan afsonalar va dostonlarni kelt-
irib o‘tadi. Nafaqat bu afsonalarga ta’sir ko‘rsatgan 
diniy e’tiqodlar haqida, o‘z navbatida, bu afsonalarn-
ing turkiy xalqlar turmush tarziga ko‘rsatgan ta’siriga
ham alohida to‘xtalib o‘tadi. Mulohazalarini afsona 
va dostonlarning tub mohiyatidan uzoqlashmagan 
holda o‘z qarashlari asosida olib boradi. Zotan, uning 
maqsadi ham bosh g‘oyadan uzoqlashmagan holda,
bu asarlarni tarkibiga keyinchalik singib o‘z ta’sirini 
ko‘rsatgan omillardan xalos etib, uning asos ildiziga 
yetib borishlik bo‘lgan
3
.
Asarning ikkinchi jildi qirq bir bo‘limdan iborat 
bo‘lib, unda muallif turkiy mifologiyada o‘z o‘rniga 
ega bo‘lgan va turkiylarda muqaddas deb hisoblanu-
vchi, hatto, ularning timsoliga aylangan mifologik 
afsonalar va dostonlar hamda bu asarlardagi muhim 
motivlarga o‘rin bergan. Ikkinchi jildning nashrga 
tayyorlanishi haqida Bahaeddin O‘gel shunday dey-
di: ““Turkiy mifologiya” nomli asarimizning birinchi jil-
di 1971-yilda nashr etilgan edi. Turkiy mifologiyaning 
motivlarini qamrab oluvchi ikkinchi jild uchun esa, 
matnlarning qo‘lyozmalaridan nusxalar olish va ular-

Ögel, Bahaeddin. Türk Mitolojisi, I.cild. TTK Basimevi. – An-
kara, 2010. – S. 3.

Ögel, Bahaeddin. Türk Mitolojisi, I.cild. TTK Basimevi. – An-
kara, 2010. – S. 19.

Altınok, Ayşe. Prof. Dr. Bahaeddin Ögel’in hayati ve eserleri, 
yüksek lisans tezi. – Erzurum, 2020. – S. 119.
ni bir joyga to‘plash kerak edi. Bu ish ko‘p vaqt talab 
etardi. Shu sababli ham ikkinchi jildning nashr etilishi 
biroz kechikdi. Kitobimizning birinchi jildida eng qad-
imgi turkiy afsonalar va dostonlarning matn holatida-
gi tarjimasi shakllantirilib, ularning qiyosiga katta o‘rin 
berilgan edi. Ikkinchi jildimizda esa, o‘sha mavzular-
ga yanada batafsil to‘xtaldik”
4
.
Asarning ikkinchi jildidan o‘rin olgan mavzular: 
Turk an’analari va dostonlarida “O‘g‘uz” obrazi, 
To‘pqopi saroyidagi “O‘g‘uz” dostonining parcha-
si, “Alp Er To‘ng‘a” afsonasi, Tepako‘z haqida, Ten-
tak Dumrul haqida, Turkiy mifologiyada “Kelo‘g‘lon”, 
Turkiylarda Xizr obrazi, Kiyik va turkiylar, Bo‘ri va 
turkiylar, Lochin va burgut, Qiyofa o‘zgartirish, Ko‘k 
(osmon) va turkiylar, Osmonning tirgagi, Qutb yul-
duzi, Quyosh, Oy, Yulduzlar, Somonyo‘li, Sarob 
va turkiylar, Kamalak, Dunyo, Dunyoning shakli, Dun-
yoning markazi, Yer va yer osti, Tabiat hodisalari 
va turkiylar, Chaqmoq, Shamol va turkiylar, Suv va 
suvlar, Qutlug‘ va muqaddas buloqlar va chashma-
lar, Buyuk turk xalqlarining ulug‘ irmoqlari, Dunyoning
ulug‘ (qadimiy) irmog‘i, Turkiy mifologiyada dengiz 
va ummon, Ko‘llar va qamish(zor)lar, Tog‘lar, Turkiy 
mifologiyada daraxt, Turkiy mifologiyada olov, Turkiy 
mifologiya va dostonlarda ayrim jonzotlar, Turkiy mi-
fologiya va dostonlarda qushlar, Turkiy mifologiyada 
devlar va ajdarlar, Tush va turkiy mifologiya, Turkiy 
mifologiyada bazi motivlar. 
Asarning har ikki jildidan o‘rin olgan mavzular 
tarkibini quyidagi guruhlashtirilgan shaklda tasnif qilib 
o‘rganishni joiz topdik:
Yaratilish dostonlari (Olamning yaratilishi)
Osmon jismlari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular
Yer va yerosti bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular
Suv bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular
Daraxt, tog‘, olov va tabiat hodisalari bilan bog‘liq 
bo‘lgan mavzular
Tarix, davlat, turli xalq dostonlari va kelib chiqish 
afsonalari bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular
Turkiy mifologiyada uchraydigan obrazlar va ba’zi 
motivlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular 
Hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular
Qushlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular.
Tarixchi olimning ushbu asari Yashar Kalafat, 
Ravshan Alizoda, Erhan Chavdaro‘g‘li, Aysha Altinok 
va boshqa izlanuvchilar tomonidan tadqiq etilgan va 
bu asar haqida qator maqolalar e’lon qilingan. Jum-
ladan, Erhan Chavdaro‘g‘li, “Turkiy mifologiya (I, 
II-jild)” maqolasida bu asarning har ikki jildi haqida 
so‘z yuritar ekan, har ikkala jildda ham afsona va 
dostonlarning matni berilganidan so‘ng, Bahaeddin 
O‘gel ularni mavhumlik keltirib chiqaradigan biror bir 

Ögel, Bahaeddin. Türk Mitolojisi. II.cild, TTK Basimevi. – An-
kara, 1995. – S. 4.


123
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
nuqta qoldirmasdan atroflicha tahlil etganligini ta’kid-
laydi.
Mifologema kosmogonik miflar tarkibidagi o‘zak 
syujetlar hisoblanib, u jahon kosmologiyasida keng 
tarqalgan hodisadir. Olamning Yaratilishi parametrlari 
va insonning paydo bo‘lishi haqidagi ibtidoiy tasav-
vurlar inson va tabiat bog‘liqligi muammosiga borib 
taqaladi va bunday miflarning yaratilishida asosiy 
omil bo‘lib xizmat qiladi. Hayvonot va tabiatga oid ilk 
arxaik miflarda ham shu jarayon kuzatiladi. Vaqtlar 
o‘tib, kishilik jamiyati madaniylasha boshlagandan 
keyin, mifopoetik va kosmogonik tushunchalar yana-
da aniqlashib, mukammallashdi. Bu paytda tadrijiy 
ravishda dunyoning qurilish modeli haqida yangi 
obrazlar paydo bo‘ldi. Bunday qarashlar turli ko‘rin-
ishdagi miflarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Shu 
tariqa dunyoning yaratilishi haqida turli tasavvurlar 
paydo bo‘la boshladi
1
.
Bu o‘rinda olamni turli xil kosmik vertikal-gorizon-
tal qavatlarga bo‘lib tasavvur qilish mifologemasi bir-
lamchi ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, olam 
haqidagi tasavvurning shakllanishida har bir narsa 
dunyo markazi yoki olam o‘qiga (kindigiga - Axis 
Mundi) bog‘liq edi, degan mifologemalar ham mav-
jud.
Biz tadqiq etayotgan “Turkiy mifologiya” ensiklo-
pediyasida “olamning yaratilishi” mifologemasining 
turkiy xalqlar inonchlari qamrovi doirasigi ma’lumot-
lar keltirilgan bo‘lib, ular “Uygurların türeyiş efsanesı”, 
“Yaratılış destanları” bo‘limlaridagi dostonlar, afson-
alar tarkibining asosini tashkil etadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Bahaeddin 
O‘gel qalbidagi turkiylarga va ularning shonli o‘tmishi-
ga bo‘lgan muhabbati tufayli bu yo‘llarda shahdam 
odimlar ila ildamladi. U turk qavmlarining o‘ziga xos 
bo‘lgan madaniyatini betakror asarlari orqali ilm ah-
liga tanitdi. Uning tukiy xalqlar madaniyatining turli 
jabhalarini mifologik qatlamlari orqali ko‘rsatib be-
ruvchi ikki jildlik “Turkiy mifologiya” ensiklopodiya-
si esa, shu sohaga oid asarlar orasida o‘z o‘rni va 
qadriga ega asarlardandir. Asarda, asosan, Oltoy 
turklari, Yoqut turklari, Sibir turklari, Anadolu turklari, 
uyg‘urlar, qirg‘izlar va boshqa bir necha turkiy xalqlar 
mifologiyasi, turmush tarzi va madaniyati haqida alo-
hida katta bo‘limlarda yoki bo‘limlar ichida qimmatli 
ma’lumotlar keltiriladi. Turkiylarning tarixini, madani-
yatini, mifologiyasiyasini, etnografiyasini o‘rgangan 
boshqa olimlarning asarlaridan eng saralarini va is-
honchlarini tanlab olib tahlilga tortadi, qiyoslaydi va 
bu boradagi o‘z qarashlari bilan ularning mulohazala-
rini to‘ldiradi, kezi kelganda tanqid qiladi va ma’lum 
mulohazalarni rad etib turkiylarning bir vakili sifatida 
umumiy tariximizni, hayot tarzimizni, ota-bobolarim-
iz dunyoqarashini yuzaga chiqarib, ularni turkiylarga 
xos bo‘lmagan yot unsurlardan himoya qiladi, olis 
o‘tmish zulmatlarida qolib ketayotgan madaniyat-
imizni yorug‘likka olib chiqishga intiladi.
Resume. The purpose of this article is to highlight the life and scientific activities of the Turkish historian, 
Professor Bahaeddin Ogel, his contribution to the study of the history of Turkic culture, the two-volume 
encyclopedic work “Turkish Mythology”, mythological layers, their historical roots and the role and significance 
of the author’s observations in science. The article uses two volumes of B. Ogel’s book “Turkish Mythology”, 
N.Jorakoziev’s Ph.D. thesis on the topic “Cosmogonic mythology in ancient Turkic written monuments”and 
a number of articles by Turkish scientists Yashar Kalafat, Ayse Altynok, Chavdavoglu Erhan. The study was 
conducted on the basis of historical-comparative, biographical and classification methods.
Резюме. Целью данной статьи является жизнь, научная деятельность, вклад в изучение истории 
культуры тюрков, жизни турецкого историка, профессора Бахаеддина Огеля. Мифологических пластов 
легенд и эпосов на различные темы, содержащихся в двухтомный энциклопедический труд “Тюркская 
мифология” состоит в том, чтобы представить сведения об их исторических корнях и роли и значении 
высказанных автором на их основе соображений в науке. В статье использованы два тома книги Б.О-
геля “Тюркская мифология”, кандидатская диссертация Н.Джуракузиева на тему “Космогоническая ми-
фология в древнетюркских письменных памятниках” и ряд статей турецких ученых Яшара Калафата, 
Айше Алтынок, Чавдавоглу Эрхан. Исследование проводилось на основе историко-сравнительного, 
биографического и классификационного методов. 
1

Жўрақўзиев, Н., Қадимги туркий ёзма ёдгорликларда космогоник мифология: Фалсафа доктори дисс. – Тошкент, 2018. 
– Б. 86-87.


124
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling