Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


SHE’RDA HIS-TUYG‘ULARNI TELEPORTATSION


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

SHE’RDA HIS-TUYG‘ULARNI TELEPORTATSION 
TABIATIGA KO‘RA O‘RGANISH MASALASI
Omonturdiyev Alibek,
Termiz davlat universiteti magistranti
Har qanday zamon-u makonda, istalgan badiiy 
mezonlarda ko‘rilgan taqdirda ham she’rning aso-
siy “tarkibiy qismi”ni insoniy his-tuyg‘u, kayfiyat, fikr, 
xarakter, “ong osti” kechimlari mahsullari tashkil 
etishi oydinlashadi. Demak, poetik his-tuyg‘uning 
ko‘lamini, ta’sirchanlik kuchini, badiiy qiymatini, av-
lodlar tuyg‘ulari tarbiyasidagi ahamiyatini ilmiy jihat-
dan tadqiq etish dunyo adabiyotshunoslik sohasining 
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
1
Biz, bugungi kunda, deylik, Navoiyning bir parcha 
varaqqa ko‘chgan his-tuyg‘ularini “ko‘rishimiz”, hat-
to, his etishimiz mumkin. Albatta, bu poetik saodat 

Максудов У. Арабские пословицы и поговорки: возникно-
вение и развитие паремиологических словарей в арабской 
литературе // Вестник Санкт-Петербургского Университета. 
2012. – C. 108.
Navoiyni anglash uchun ter to‘kishni, buyuk shoir 
tuyg‘ulariga bexato eltadigan mashaqqatli yo‘lni 
sabot ila bosib o‘tishni talab etadi. Bunda adabiyot-
shunoslik ilmi yordamga keladi. Bu masalaning bir 
tomoni. 
Ikkinchi – asosiy jihati esa biz, tadqiqotga tortayot-
gan muammoga bag‘ishlangan bo‘lib, his-tuyg‘uning 
(mas., Navoiy his-tuyg‘usining) qay darajada qog‘oz-
da eks ettirilgani, shoirning iste’dod darajasi, ilhom 
manbai, so‘z boyligi, leksikasi, tasvir qudrati, meta-
forik imkoniyatlari, janriy universalligi, she’r texnikas-
ini bilish darajasi, savqi tabiiy tajallisi, impravizatsion 
ustuvorliklari nechog‘liq yuksak ekanligini o‘rganar-
kan, tuyg‘u “asliyati”ning “A” nuqtadan “B” nuqtaga 
qay tarzda ko‘chish/ko‘chmasligi bilan shug‘ullanadi 
(bu jarayonda zamon va makon tafovuti rol o‘yna-


118
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
maydi); eng muhimi, deylik, besh asr oldin kechgan, 
muayyan ikchi-tashqi impuls tufayli shoir ko‘ngli-
da, shuurida sodir bo‘lgan lahzalik va takrorlanmas 
his-tuyg‘uning nazmiy ifodasining (voqea-hodisa, po-
etik kayfiyat) hozirgi g‘azalxon his-tuyg‘ularida para-
lellashishini – hissiy teleportatsion xususiyatini sintez 
qiladi. 
Shu ma’noda nazariy jihatdan his-tuyg‘u “ko‘chir-
ish”ni tadqiq etish masalasining dolzarbligi, aytaylik, 
buyrak ko‘chirish jarayonini o‘rganishdan zinhor qol-
ishmaydi. She’riyatda subyektiv his-tuyg‘u va uning 
ta’sir kuchi adabiy zarrabinlar orqali nazariy va amaliy 
jihatdan turli usullarda sinchiklab tahlil qilingan. Ja-
hon adabiyotshunoslik fani turli metodlar orqali diqqat 
qaratgan, o‘zbek adabiyotshunosligi ham bu bo‘yicha 
qator muvaffaqiyatlarga erishgan. Bunday ilmiy tad-
qiqotlarga ehtiyoj har doim ham mavjud. 
Shu o‘rinda ta’kidlash o‘rinliki, o‘zbek she’riyatida 
his-tuyg‘ular teleportatsion tabiatiga ko‘ra hali ilmiy 
tadqiqotga tortilmagan. Bu mutlaqo yangi qo‘riq: tan-
gaga tamomila boshqa rakursdan qarash demakdir. 
Ushbu dolzarb mavzuning nazariy asoslarini jahon 
adabiyotshunosligidan (dunyo adabiyotshunosligi-
da mazkur termin aynan uchramaydi – A.O.), hatto 
ayrim taalluqli jihatlarini fizika ilmidan izlashga to‘g‘ri 
keladi. 
Teleportatsiya o‘zi nima? Ushbu istiloh qanday 
vujudga kelgan? Dastavval, shu haqida to‘xtalsak. 
Teleportatsiya (yunoncha tele – “uzoqda” va lotincha 
portare “tashuvchi”) obyekt (harakat) koordinatalar-
ining faraziy o‘zgarishi bo‘lib, bunda obyekt trayek-
toriyasini vaqtning uzluksiz funksiyasi orqali matem-
atik tarzda tasvirlab bo‘lmaydi. Bu atama 1931-yilda 
amerikalik yozuvchi Charlz Fort tomonidan g‘alati 
g‘oyib bo‘lish va ko‘rinishlarni, uning fikricha, umumiy 
narsaga ega bo‘lgan paranormal hodisalarni tasvir-
lash uchun kiritilgan
1
. Ushbu termin aksar hollarda 
bizga fantastik gipotezalar mahsuli kabi tasavvur 
uyg‘otsa-da, zamonaviy fan uning haqiqatga yaqin 
hodisa ekanligini, teleportatsiya – virtual makonda 
allaqachon mavjudligini (biz, bugun kundalik tur-
mushda kanda qilmay istifoda etayotganimiz ijtimoiy 
tarmoqlar, ular orqali matn, xabar, surat, audio va 
videoyozuv yo‘llayotganimiz – ma’lumot alamasha-
yotganimiz, axborot teleportatsiyasi. Bu jarayonda 
“A” nuqtadan “B” nuqtaga bir necha lahzada yetib bo-
rayotgan ma’lumotning asliyat ekanligi e’tiborga mo-
lik – A.O.) inkor etib bo‘lmaydi. Qolaversa, teleportat-
siya bosh ma’nosida (jismni “ko‘chirish”) olamshumul 
kashfiyotlar arafasida turgani haqida ham qator ilmiy 
qarashlar (aksariyati hali gipoteza), futurologik xulo-
salar mavjud. 

https://minikar.ru/uz/ezoterika/kak-nauchitsya-magii-tele-
portacii-teleportaciya-eto-prosto/
“Qur’oni Karim”da qavmi quyoshga sajda qiladigan 
Yaman malikasi Bilqiys Sulaymon alayhissalomning 
chindan ham payg‘ambar ekanligiga amin bo‘lib, ta-
lablariga bo‘ysunib, uning huzuriga otlangani, shunda 
Sulaymon alayhissalom Bilqiys yo‘lda kelayotgani-
dan xabar topib, unga Allohning qudratini namoyish 
etish uchun Bilqiysning Yamanda qolgan taxtini “ko‘z 
ochib yumguncha” Quddusi Sharifga keltirishni (jism 
teleportatsiyasi) buyurgani haqida bayon etiladi: “38. 
Ey odamlar, ular mening huzurimga bo‘yinsungan 
hollarida kelishlaridan ilgari qaysi birlaringiz menga 
uning (ya’ni Bilqiysning o‘z shahrida qolgan) taxtini 
keltira olur”, dedi. 39. (Shunda) jinlardan bir pahla-
voni aytdi: “Men uni sen o‘rningdan turishingdan il-
gari senga keltirurman. Albatta men bunga qodir va 
ishonchlidurman”. 40. Kitob – (Lavhul-mahfuz)dan 
ogohligi bor bo‘lgan bir zot esa: “Men uni ko‘zing 
o‘zingga qaytguncha (ya’ni ko‘z ochib yumguncha) 
senga keltirurman”, dedi. Endi qachonki (Sulaymon 
taxtning) o‘z huzurida turganini ko‘rgach, dedi: “Bu 
parvardigorimning men shukr qilamanmi yoki ku-
froni ne’mat qilamanmi, imtihon etish uchun bergan 
fazlu-marhamatidandir. Kim shukr qilsa bas albatta 
u faqat o‘z (foydasi) uchun shukr qilur. Kim kufroni 
ne’mat qilsa bas albatta Parvardigorim (uning shukr 
qilishidan) behojat va fazlu-karam egasidir”
2
.
Nyuton qonunlariga ko‘ra, teleportatsiya mutlaqo 
mumkin bo‘lmagan harakatdir, chunki atomlar bir ho-
latdan ikkinchi holatga o‘ta olmaydi va harakatlantiru-
vchi kuchsiz kosmosda harakatlana olmaydi. Biroq, 
teleportatsiyani inkor etmaydigan kvant (Kvant – lot
Quantum – qancha, qanchalik oz; fiz. Diskret (uzlukli, 
ayrim-ayrim) tabiatga ega bo‘lgan fizik kattalik (har-
kat, energiya va sh.k.) o‘zgarishi mumkin bo‘lgan 
eng kichik miqdor
3
) nazariyasi ham mavjud. Unga 
ko‘ra, teleportatsiya mumkin, chunki atomlar to‘lqinga 
o‘xshash harakatlar qilishlari va sakrashlar qilishlari 
mumkin. Obyekt atomlari klasterining bunday uyush-
gan sakrashi teleportatsiya bo‘ladi
4
.
Amerikalik astronom D.Darling “Teleportatsiya: 
imkonsiz sakrash” kitobida teleportatsiyani ilmiy 
nuqtai nazardan o‘rganish tarixidan kvant hodis-
alarini o‘rganishga bo‘lgan birinchi urinishlardan 
tortib materiya atomlarining haqiqiy va fantastik 
bo‘lmagan teleportatsiyasi bilan zamonaviy ta-
jribalargacha haqiqiy faktlar keltiradi. Olim kvant 
teleportatsiyasining juda muhim masalalarini, ya’ni 
kvant kriptografiyasi va kvant hisoblashning tar-

Қуръони Карим (Таржима ва изоҳлар муаллифи Алоуд-
дин Мансур). “Намл”сураси, 38-40-оятлар. – Тошкент: Чўл-
пон, 1992. – Б. 273-274. 

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдли. 2-жилд. – Тош-
кент

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling