Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Resume: The article analyzes the images of the Motherland and nature in the poetry of Shafoat  Rahmatullah Termizi. Резюме


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

Resume: The article analyzes the images of the Motherland and nature in the poetry of Shafoat 
Rahmatullah Termizi.
Резюме: В статье анализируются образы Родины и природы в поэзии Шафоата Рахматулла Тер-
мизи. 
1 2

Шафоат Раҳматулло Термизий. Озод сўз: сайланма. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2003. – Б. 166.

Шайдулла Муродов. Тирик сўз тимсоллари. – Тошкент: Ғ.Ғулом номидаги НМИУ, 2011. – Б. 153-154. 


114
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 
ARAB VA O‘ZBEK MAQOLLARINING O‘RGANILISH TARIXI
Tadjiyeva Umida Faxriddinovna,
“Oriental” universiteti “Sharq tillari” kafedrasi o‘qituvchisi
Arab va o‘zbek xalqlari boy o‘tmishga ega bo‘lib, 
har ikki xalqning folklori uzoq asrlarga borib taqaladi. 
Arab va o‘zbek maqollari bir necha asrlar davomida 
shakllanib, avloddan-avlodga o‘tib, sayqallanib hozir-
gi kunga qadar o‘zining qiymatini yo‘qotmay kelgan. 
Bunda har ikki xalqning boy madaniyati, tilining fas-
ohatliligi, insonlarning xalq og‘zaki ijodiga nisbatan 
e’tiborliligi muhum o‘rin tutadi. Ma’lumki, har bir xalqni 
o‘rganishda, uning tarixi bilan birgalikda folklorini ham 
tatbiq etish joizdir. Maqollar esa folklorshunoslikning 
asosiy bo‘g‘inlaridan biridir. Shuning uchun tarixdan 
maqollarga e’tibor alohida o‘rin tutadi. 
O‘zbek xalq maqollarining o‘rganilish tarixiga 
yuz tutadigan bo‘lsak, eng avvalo XI asrda yaratil-
gan, turkiy tillar haqidagi qomusiy asar Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘oti-turk” asarini keltirish 
mumkin. Ushbu durdona asar natijasida turkiy xalq 
maqollarining 295 tasi bizgacha yetib kelgan. Ushbu 
asar haqida To‘ra Mirza shunday deydi: “Tariximizda 
hatto maqolga maxsus, agar ta’bir joiz bo‘lsa, folk-
loristik nuqtai nazardan, garchi u epizodik xarakter-
da bo‘lsa-da, munosabatda bo‘lingan hollarga ham 
duch kelamiz. Bunda XI asrning ulkan tilshunos olimi, 
folklorshunos va etnografi Mahmud Koshg‘ariyning 
to‘plovchilik faoliyati va uning “Devonu lug‘ati-t-turk” 
asari yorqin misol bo‘la oladi”.
1
Mahmud Koshg‘ari-
yning “Devonu lug‘ati-t-turk” asarini faqat maqollar-
ni o‘zida jamlovchi asarlar sirasiga kiritib bo‘lmaydi, 
biroq olimning o‘zi aytgan fikriga qarab, uning xalq 
maqollariga alohida ahamiyat bergani va o‘sha davr-
da mavjud bo‘lgan xalq maqollarini yig‘ishga uringani 
va bu noyob asar xalq og‘zaki ijodi xazinasini keyingi 
avlodlarga yetkazishni maqsad qilgani ayon bo‘ladi. 
“…toki ulardan foydalanuvchilar naql qiluvchilarga 
(tinglovchilarga), naql qiluvchilar esa, o‘z navbatida, 
shu tilda so‘zlovchilarga yetkazsin. Shuning uchun 
ham bularning hammasini mazkur asarda to‘pladim.
2
Quyida ushbu asardan olingan ba’zi maqollarni misol 
qilib keltiramiz: 

Mirzayev T. So‘zdan so‘zning farqi bor / O‘zbek xalq 
maqollari. – Toshkent: Sharq, 2016. – B. 4.

Rahmatov Y. Maqol va uning o‘zbek mumtoz adabiyotidagi 
evolyutsiyasi: DSc ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan 
dissertatsiya. – B. 20.
“Alin arslan tutar, ko‘cho‘n ko‘sno‘k tutmas – Xiyla 
va tadbir bilan arslon tutish mumkin bo‘lsa, zo‘rlik bi-
lan qo‘g‘irchoqni ham tutib bo‘lmaydi”.
“Erdam bashi til – Odobning boshi til”.
“Ulug‘ni ulug‘lasa qut bo‘lur – Odam qariyalarni 
xurmatlasa baxtli bo‘ladi”.
3
Mahmud Koshg‘ariydan so‘ng xalq maqollariga 
alohida munosabat va e’tibor XIX asrga qadar uchra-
maydi. Mumtoz adabiyot rivojlanishi va taraqqiy eti-
shi jarayonida xalq maqollari badiiy asarlar tarkibida 
badiiy san’at tarzida keng qo‘llanildi. Ayniqsa, Yusuf 
Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Nosiriddin Rabg‘uz-
iy, Sayfi Saroiy, Atoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, 
Mashrab, Munis, Ogahiy kabi shoirlar ijodida xalq 
maqollarining o‘rnini alohida baholash mumkin. Biroq 
xalq maqollari ba’zi lug‘atlarda va badiiy asar tarkibi-
da she’riy unsur sifatida faol qo‘llanilsa-da, ularni 
alohida to‘plash va ko‘chirish e’tibordan chetda qol-
di.
4
XIX asrga kelibgina Muhammad Sharif Gulxaniy 
o‘zining “Zarbulmasal” asarida turkiy xalq maqollarini 
keltirib o‘tadi. Ushbu asar ishtirokchilarining nutqlari 
xalq maqollari, matal, hikmat va qoliplangan birikma 
va iboralardan keng foydalanish asosiga qurilgandir.
“…Anda Ko‘qush aydi:” Borliqdin maqtanma, 
“Maqtangan qiz to‘yda uyalar”, va yana aymish-
lar:”O‘zini maqtag‘oni-o‘limning qoravuli”. Sening 
ahvoling olamga ma’lumdir. “Oyni etak birla yashirsa 
bo‘lurmi?”, “Chumchuq semursa, botmon bo‘lurmi?”, 
“Olako‘zanak ola bo‘lsa ham, arslon bo‘lmas, ola-
to‘g‘anoq olg‘ur bo‘lsa ham, ahvoli ma’lum”…
5
Ushbu 
asar turkiy xalqlar etnografiyasida muhim o‘rin tutib, 
unda qo‘llanilgan maqollar soni uch yuzdan ortadi. 
Gulxaniydan so‘ng Xo‘qandiy taxallasuga ega shoir, 
xattot Rojiy, Sulaymonqul usta Suyarqul o‘g‘li (1871 
– Qo‘qon – 1924.11.11) 400 dan ortiq maqol va hik-
matli so‘zlarni o‘z ichiga olgan “Zarbulmasal” asarini 
yozadi. Ushbu asarda shoirning gumanistik hamda 
didaktik qarashlari, davrning ijtimoiy masalalariga 
munosabati aks etgan. 
XIX asrning II yarmidan boshlab, Yevropa olimla-

F.Abduraxmonov, S.Mutallibov. Devoni lug’otit turk. Indeks 
lug’at. – Toshkent: Fan, 1967. – B. 570.

Rahmatov Y. Ko‘rsatilgan manba. – B. 20.

Zarbulmasal. Taqvim.uz elektron kutubxonasi.


115
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
rini Sharq xalqlari hayoti, turmush tarzi, madaniyati, 
shu jumladan folklori qiziqtira boshlaydi. Xususan, 
Venger olimi Arminiy (German) Vamberri 1863-yil-
da darvesh kiyimida Markaziy Osiyoga qilgan safari 
davomida Xiva xonligi, so‘ngra Buxoro amirligida ham 
bo‘ladi. 1864-yilda esa uning ushbu safari natijasida 
kitobi e’lon qilinadi. 1867-yilda uning “Chag‘atoy tili 
darsligi” Leyptsigda nashr etilgan. Kitob uch qismdan 
iborat: tadqiqot, darslik va lug‘at. Kitobning tadqiqot 
qismi, o‘z navbatida, ikki bo‘limdan iborat. Birinchi 
bo‘lim turkiy tillar grammatikasi, ikkinchi bo‘lim ad-
abiy aloqalar masalasiga bag‘ishlangan. Olim bir-
inchi marta Xorazmga bevosita daxldor “Yusuf va 
Ahmad”, “Xuriliqo va Hamro”, “Oshiq oydin”, “Xirman 
dali” kabi dostonlarni nashr ettirib, bu dostonlar va 
alohida matallar haqida juda qimmatli ma’lumotlar 
berdi. Kitobning ikkinchi, darslik qismida “Maqollar” 
(45–58-b.), “Burk devoni” (“Ahmoq burk”, 59–70-b.), 
“Merojnoma” (“Yuksalish haqidagi kitob” 71–84-b.) 
“Said vaqqos” (84-94-b.), “Zarqum” (144-150-b.), 
“Yusuf va Ahmad” (94-114-b.), “Sayful muluk” (187-
193-b.) kabi asarlardan parchalar keltirilgan. Bundan 
tashqari, ilova tarzida kitobda qator mashhur shoir-
lar, xususan, A.Navoiy, Mashrab, Ravnak, Shay-
doiy, So‘fi Olloyor ijodidan namunalar keltirilgan. G. 
Vamberrining o‘zi turkiy xalq maqollari to‘g‘risida 
shunday degan: “Axloq haqidagi qarashlarning eng 
yaxshi xulosasi chinakam milliy ruhdan kelib chiqqan 
va musulmon xalqlarining qon-qoniga singib ketgan 
ifodali so‘zlar bo‘lishi mumkin. Ushbu so‘zlar axloq 
dunyoqarashining, jamiyat urf-odatlarining chinakam 
in’ikosidir. Butun dunyo bo‘ylab tarqalayotgan bu ma-
qollar o‘tgan ajdodlarning ma’naviy dunyosini qamr-
ab olgan holda, juda qadrlanadi”.
1
O‘zbek xalq ma-
qollarini o‘rganish va to‘plashda Turkistonda faoliyat 
koʻrsatgan rus missioneri, sharqshunosi, etnografi 
Nikolay Ostraumovni o‘rni kattadir. Nikolay Ostrau-
mov Qozon diniy akademiyasida oʻqigan (1866–70). 
1877-yildan Toshkentda yashagan. Uning ishtirokida 
A.S.Pushkin (“Baliqchi va baliq haqidagi ertak”), L.N. 
Tolstoy (“Odamlarni nima tirik qiladi”), risolalar “Qad-
imgi Misrning qisqacha tarixi”, “Kolumbning hayoti”, 
“Fanlarning foydalari haqida”, “Jismoniy geografi-
yadan hikoyalar”, “Olamning barcha hududlarning 
geografik xaritasi” va hokazolar o‘zbek tiliga tarjima 
qilinadi. 1907 yilda “Maxtum-quli” she’rlar to‘plami va 
Muqimiy devonidan parchalar nashr ettirdi. 1910 yil-
da uning “Sart tilining etimologiyasi” asari nashr etildi. 
1885-1886 yillarda u “Sartlar tiliga Xushxabar” ni tar-
jima qilgan, keyinchalik u Leyptsigda (1891) Britani-
ya Bibliya Jamiyatida nashr etilgan. 1893 yil dekabr 

Abdurahimov M. Qisqacha o‘zbekcha-tatarcha maqol-matal-
lar lug’ati. – Казань: Татарское книжное издательство, 2010. 
So‘z boshi.
oyidan Turkiston arxeologiya ixlosmandlari toʻgaragi 
asoschilaridan biri bo‘lgan. Uning asosiy asarlari: 
“Payg‘ambarlar haqidagi Muhammad ta’limotining 
tanqidiy tahlili” (magistrlik dissertatsiyasi, Qozon, 
1874), “Ramazon oyida Muhammad ro‘zasi” (1877), 
“K.P. fon Kaufman. Shaxsiy xotiralar va tarixiy kons-
pekti”, “Viloyat xalq ta’limi” (Toshkent, 1899), “Sart-
lar” (3-nashr, Toshkent, 1908), “Sartlar xalq ertaklari” 
(2-nashr, 1906), “Sartlar maqol va matallari” (1895), 
“Islom olami oʻtmishda va hozirda” (1912), “Isloms-
hunoslik. Muqaddima” (Toshkent, 1914), “Arabiston 
- islom beshigi” (1910), “Qur’on; qiyofasi tasviri va 
matn tarixi” (1912), “Qur’on ta’limoti” (1915), “Shari-
at” (Toshkent, 1912), “Qur’on va taraqqiyot” (1901).
2
N.P.Ostroumov oʻzbek xalq maqollarini tadqiq 
etishda quyidagi vazifalarni oʻz oldiga maqsad qilib 
qoʻyadi: 
1. Oʻzbek xalq maqollarini toʻplash va nashr et-
tirish. 
2. Oʻzbek xalq maqollarini rus tiliga tarjima etish. 
3. Oʻzbek va rus maqollarini qiyosan oʻrganish. 
4. Oʻzbek xalq maqollarining genezisi va oʻziga 
xosligini tadqiq etish.
5 Oʻzbek xalqining dunyoqarashi, psixologiyasi va 
xarakterini xalq maqollari orqali bilib olish. 
N.P.Ostroumov oʻzbek xalq maqollarining shaklla-
nish omillarini ham bir qadar tadqiq etishga harakat 
qiladi. Olim xalq maqollarining genezisi haqida fikr 
bildirib, shunday deydi: “Sartlarning maqol va matal-
lari kelib chiqishi oʻziga xos qadimiy tarixiga ega. Sart 
maqollarining aksariyati umumturkiy boʻlib, bosh-
qa turkiy xalqlarda ham qoʻllanadi. Shuning uchun 
aynan bir maqol qirgʻizlar, tatarlar va turklar nutqida 
ham uchraydi. Baʼzi maqollar sartlar bilan yonma-yon 
yashaydigan fors-tojik tillaridan oʻzlashgan”.
3
O‘zbek xalq maqollarini o‘rganishda filologiya fan-
lari doktori, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan 
fan arbobi Hodi Zaripovning o‘rni beqiyosdir. Aso-
siy asarlari: “O‘zbek folklori” (ikki jildli), “O‘zbek xalq 
qahramonlik eposi”, “Navoiy zamondoshlari”, “Fozil-
lar fazilati”, “Muhammad Amin Muqimiy”, “Alpomish” 
dostonining asosiy motivlari”, “Arshaq – sharq qah-
ramoni”, “O‘zbek folklorshunosligi tarixidan”, “O‘zbek 
xalq dostonlarining tarixiy asoslari”, “O‘zbek xalq 
baxshilari”, “Folklor va termin to‘plovchilarga qo‘llan-
ma” va boshqalar. Hodi Zarifning qirq yildan ortiqroq 
davrdagi qidirish, izlanishlari yaxshi samaralar ber-
di. O‘zbekistonda yangi fan– folkloristika yaratildi. U 
filologiya sohasidagi faoliyati bilan O‘zbekistonda fan-
ning rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Xususan, o‘zin-
ing yetuk asarlari bilan o‘zbek folkloristikasiga asos 
soldi va uning yetakchi rahbarlaridan biri bo‘lib qoldi. 

Internet manbasi. https//tashkentpamyat.ru

Rahmatov Y. Ko‘rsatilgan manba’. -B 29.


116
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
Akademik V. M. Jirmunskiy haqqoniy ta’kidlaganidek: 
“Uning qiyofasida biz yetuk olimni – o‘zbek folklori 
haqidagi fanni yaratuvchini kuramiz. Uning tuplovchi 
va tadqiqotchi sifatidagi mehnatlari bilan o‘zbek xalq 
ijodi to‘g‘risidagi fanning mustahkam asosi yaratildi. 
Men aytar edimki, uning qiyofasida o‘zbek xalqi milliy 
madaniyatini o‘rganish sohasida yangi yo‘llar ochuv-
chi olimni ko‘ ramiz”.
1
Arab folklorini o‘rganishni ilk bosqichida (VIII-XII 
asrlarda) arab filologlari asosan xalq maqollarini tah-
lil etishga harakat qilishgan. O‘sha davrlarda arab 
xalq og‘zaki ijodining eng ommavioy janri-maqol hi-
soblangan. VIII-XII asrlarda arab xalq maqollarini 
to‘plab, tavsiflash hamda alohida majmualar holda 
umumlashtirishga harakat qilindi. Bu davrda turli mu-
alliflarning sa’y-harakatlari bilan 44 ta arab maqollari 
to‘plamlari tuzilgan bo‘lib, shundan bizgacha atigi 
14 tasi saqlanib qolgan, xolos. Ayniqsa, Ahmad ibn 
al-Husayn al-Maydoniy (1124-yilda vafot etgan) ning 
“Majma al-amsal”, Mahmud ibn Umar az-Zamax-
shariy( 1075-1144 yillarda yashagan) ning “Al-Mus-
taqsa fi amsal al-arab” asarlari arab xalq maqollar-
ining eng mukammal to‘plamlaridir. Shuni qayd etish 
kerakki, arab folklorini zukko bilimdoni hisoblangan 
bu olimlarning har ikkisi ham etnik kelib chiqishi-
ga ko‘ra arab xalqiga mansub emas: al-Maydaniy 
Xurosonning Nishopur shahrida tug‘ilgan bo‘lsa, 
az-Zamaxshariy asli Xorazmlikdir.
2
Yevropalik shar-
qshunos olim Shayla Vebster Maydoniyning “مجموعة 
الامثال “asari arab xalq maqollari va matallariga 
bagʻishlangan eng bebaho asar deb ta’kidlab oʻtgan. 
Uning fikricha, muallif oʻzining toʻplamida arab ma-
qol va matallari yigʻilgan barcha kitoblarni jamlagan. 
Nemis olimlari K.Brokkelman va I.Goldtsier ham ush-
bu kitob toʻgʻrisida: “Asarning nusxalari va tarjimasi 
dunyoning barcha kutubxonalarida saqlanadi”, - 
deb aytib oʻtishgan. Ikki tomdan iborat boʻlgan ma-
jmua 6000dan oshiq maqollarni oʻz ichiga olib, arab 
xalqining Islom dinigacha boʻlgan davrlarini ham aks 
ettiradi. “Majmuatu-l-amsal” 1838-yilda Bonn shax-
rida uch qismda, 1869-yilda Qohirada Muhammad 
as-Sabagʻa va Muhammad al-Aldaviya boshchiligi-
da chop etilgan. 1982-yilda esa Misrda “Almaktaba 
al-hayriya” nashriyotida Abu Hilol al-Askariyning “Al 
Jamxaratu-l-amsal” asari bilan birgalikda ikki qismda 
nashr etilgan.
3
حَلْفُی ِدِیدَﺤْلﺎب َدِیدَﺤْلا َّنإ 

Hodi Zarif-folklorshunos. Internet manba’si

Shomusarov Sh. Arab-o‘zbek folklor aloqalari. – Toshkent: 
Fan. – B. 5.

Максудов У. Арабские пословицы и поговорки: возникно-
вение и развитие паремиологических словарей в арабской 
литературе // Вестник Санкт-Петербургского Университета. 
2012. – C. 106.
Temirga temir bilan ishlov beriladi.
ضرلأا قشی هنلأ ثا َّرَﺤَلل ح َّلافلا هنمو ، ُّقَّشلا :ح ْلاَفلا
Al-falhu - yoriq, yirtiq, teshik. Dehqon erni yirtgani 
uchun fallah deyiladi (shudgor).
هیوﺎقیو هلكﺎشی ﺎمب دیدشلا رملأا يف نﺎعتْسُی يأ
Ya’ni, ekstremal holatlarda ekstremal choralar 
ko‘riladi.
ُرُثعَی ْدَق َﺩَا َوَﺠْلا َّنإ
Zotdor ot ham ba’zida qoqiladi.
هنم نوﻜت مث ،لیمﺠلا َلَعف هیلع ُبُلﺎغلا نوﻜی نمل برضی 
ةل َّزلا 
Bu maqol ko‘pincha yaxshilik qiladigan, lekin 
ba’zida xatolari bo‘lgan odam haqidadir.
4
Maqol, matallar, hikmatli so‘zlarga nisbatan ishla-
tilgan arab terminologiyasi aniqliligi bilan ajralib tur-
maydi. Asosiy atama “masal” – maqollarga, aforizm-
larga, ertaklarga, frazeologik birliklarga taalluqlidir.
Bu atamaning eng to‘g‘ri tarjimasi bizga “masal” kabi 
ko‘rinadi (Qur’oni Karim tarjimasida “masal” so‘zini 
I.Yu.Krachkovskiy mana shunday keltirgan). Ushbu 
atama yuzasidan ba’zi o‘rta asr filologlari tomonidan 
berilgan izohlari zamonaviy tadqiqotchi uchun sod-
da tuyulishi mumkin, ammo, folklor va folklor tarixi 
nuqtai nazaridan, shubhasizdir qiziqish uyg‘otadi. 
Shunday qilib, ilk maqollardan birini tuzuvchi Abu 
Ubayd al-Qosim ibn Sallom (taxminan 770-838 yillar) 
“masal” atamasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Bu ara-
blarning butparastlik (al-johiliyya) va islom davridagi 
hikmatlaridir”. Bu yerda “masal” atamasi boshqa bir 
atama – “hikmat” (“donishmand gap, aforizm”) yor-
damida izohlangan. “Masal” va “hikmat” atamalarini 
taxminan bir xil bog‘laydilar.Abu Hilol al-Askariy: “Ke-
yin muomalada boʻlgan har bir hikmatli gap masallar 
boʻldi va so‘zlovchi o‘rinli bo‘lgan so‘zlarni masal sifa-
tida keltirishi mumkin”.
5
Arab maqollarining eng qadimgi to‘plami al-Mu-
faddal ad-Dabbiy (786 y.da vafot etgan) tomonidan 
tuzilgan bo‘lib, 160 ga yaqin qadimiy maqollarni o‘z 
ichiga oladi. Ushbu to‘plam hech qanday aniq tizimsiz 
tuzilgan bo‘lib, har bir maqol oldidan uning kelib chiq-
ishini tushuntiruvchi hikoya berilgan. Aslida, klassik 
arab maqollarini yig‘ish jarayoni al-Maydaniy va az-
Zamahshariy to‘pamlari paydo bo‘lishi bilan XII asr 
boshlarida tugaydi. Keyingi paydo bo‘lgan to‘plamlar 
yuqoridagi ikki kitobning yig‘indisidan hosil bo‘lgan-
di. Keyinchalik, XIV asrdan boshlab arab filologlar va 
yozuvchilarning e’tibori shahar maqollariga tushdi, 
bunday maqollar to‘plamlarini tuzishga ehtiyoj paydo 
bo‘ldi.

Al-Maydoniy. Majma al-amsal. http//www.nuruliman.ru. – B. 
8.

Lebedev V. У истоков арабской фолклористики / Пале-
стинский сборник. Вып. Т. 28 (91). – Л., 1986. - B. 104-105.


117
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
Arab maqollarini chuqur oʻrganish va tasni-
flash boʻyicha yirik asar iroqlik olim Abd ar-Rahmon 
at-Tikritiyning “Bagʻdodning maqollari” (Bagʻdod, 
1966-1969. 1-4-jild) toʻplami deb e’tirof qilinadi. Bu 
yerda maqollar va matallarning kelib chiqishi, birla-
mchi va asl ma’nosi, shuningdek, “Johiliya” davridagi 
qadimiy she’riyat yoki boshqa davrlar she’riyatidan 
olingan va Islomdan oldin va undan keyin jamiyat-
da mavjud boʻlgan davrlarda yuzaga kelgan maqol-
lar oʻrganilgan. At-Tikriti maqol va matallarni birinchi 
boʻlib keng miqyosda oʻrgangan umummilliy olim 
hisoblanadi. Misrlik Muhammad Qandil al-Baklining 
“Arab mamlakatlaridagi xalq maqollarining birligi” 
kitobi bu sohadagi tadqiqotlarga yana bir urinishdir. 
(Qohira, 1968). Al-Bakli oʻz asarida nafaqat Misr ma-
qollari va matallarini tushuntiradi, balki ularni boshqa 
arab xalqlarining paremiyalari bilan taqqoslaydi. Ush-
bu taqqoslash muallifga bir tomonidan ham ma’naviy 
ham psixologik faktorlarni ochib berish imkoniyatiga 
ega boʻlsa, ikkinchi tomondan davrlar osha muqimli-
gi, uning oʻzgarmasligini va qadimgi davrga qaytishini 
namoyish etish imkoniyatini beradi.
1
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, arab va 
o‘zbek maqollarining o‘rganilish tarixi va ularning tav-
sifi bir necha asrlarga borib taqaladi. Ularni nafaqat 
arab va o‘zbek olimlari, balki Yevropa sharqshuno-
slari ham keng tarzda o‘rganganlar. Ushbu xalqlarn-
ing maqollarini to‘plash va tasniflash bo‘yicha bir 
necha asrlar davomida ishlar olib borilgan bo‘lsa-da, 
ularning lingvomadaniy jihatdan o‘rganish bo‘yicha 
qilinadigan ishlar bisyordir. 
Resume: In this article, the history of studying the proverbs of two peoples with a rich spiritual past – Arab 
and Uzbek – is covered step by step. Also, the interests of European scientists and their descriptions of the 
proverbs of these nations are shown.
Резюме: В данной статье шаг за шагом освещается история изучения пословиц двух народов с 
богатым духовным прошлым – арабского и узбекского. Также показаны интересы европейских ученых 
и их описания пословиц этих народов.
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling