Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Resume


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

109
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
Resume: During the years of independence, a number of scientific and practical works were carried out to 
study the literary heritage of enlightened artists who lived and worked in the late 19th - early 20th centuries. 
However, it is also true that students of the literature of this period are waiting for a lot of topics.
The study of the lyrical works of Dilafgor in the collection “Gulshani Dilafgor” on the basis of the latest 
achievements in literary criticism and literary source criticism and textual criticism is one of the urgent scientific 
tasks.
Резюме: В годы независимости проведен ряд научно-практических работ по изучению литератур-
ного наследия художников-просвещенцев, живших и творивших в конце 19 – начале 20 вв. Однако 
верно и то, что исследователей литературы этого периода ждет множество тем.
Исследование лирических произведений Дилафгор в сборнике “Гюльшани Дилафгор” на основе 
последних достижений литературоведения и литературоведческого источниковедения и текстологии 
является одной из актуальных научных задач.
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 
NOZIL XO‘JANDIY HAYOT YO‘LI VA IJODI
Gulobov Abdulvosit Nurulla oʻgʻli,
Termiz davlat universiteti о‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
Avazmuhammad ibn Hojimuhammad Nozil Xoʻ-
jandiy XVIII asrning oxiri va XIX asr oʻrtalarida yash-
ab tojik va oʻzbek tillarida ijod etgan zullisonayn shoir 
hisoblanadi. 
Nozil Xoʻjandiy hayoti va ijodi haqida oʻzining de-
vonidan tashqari, Fazliy Namangoniyning “Majmuai 
shoiron” (“Shoirlar majmuasi”, 1821) tazkirasida
Poʻlatjon domulla Qayyumovning “Tazkirai qayyumiy” 
tazkirasida, U. Karimov monografiyasida, S.Sulton-
ovning “Ganchi sarpo‘sh” maqolasida, E. Shodiyev 
“Oʻzbek tili va adabiyoti” jurnalida chop etilgan shoir 
haqidagi ikkita maqolasida, Nozil Xoʻjandiy haqida 
va uning devoni haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. 
Ammo matnshunoslik va adabiy manbashunoslik fani 
nuqtai nazaridan keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishi olib 
borilmagan, xususan, o‘zbek tilidagi shoir she’rlari 
to‘laqonli yoritilmagan va keng o‘quvchilar e’tiboriga 
havola etilmagan. Shoirning hayoti va ijodi haqida 
Tojikiston qo‘lyozmalar fondida 1033 raqam ostida 
va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi 
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy 
tadqiqot instituti Hamid Sulaymon fondida 505 raqam 
ostida saqlanayotgan shoir devoni Nozil Xo‘jandiy 
haqida ma’lumot beruvchi eng muhim manba his-
oblanadi. Shoirning hayot yo‘liga e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, Nozilning Xo‘jand viloyatidan ekaniga shub-
ha yo‘q. Chunki shoir devonida bu haqida ko‘plab 
ma’lumotlar bor. Bunga misol sifatida bir baytda o‘zi 
aytganidek:
Noziliy, sarrof agar ko‘r ast,
V-arna chun tu chabhare kay omad az koni 
Xo‘jand
1
- deydi.
Bundan ko‘rinadiki Nozil Xo‘jandiy Xoʻjand viloyat-
idan. Nozil Qo‘qon hukmdori Norbo‘ta (1768-1798) 
Xonlik yerlarini shimoldan Namangan va janubdan 
kengaytirish maqsadida Xo‘jandni o‘ziga bo‘ysundir-
gan bir paytda tug‘ilgan. Noziliy dastlab Xo‘janddagi 
maktabda o‘qiydi, so‘ngra diniy ilmlarni o‘rgangach, 
tojik-fors adabiyoti klassiklari, turkiyzabon shoir-
lar asarlarini mutolaa qila boshlagan. U o‘zbekcha 
g‘azalidagi bir baytda, shunday deydi:
Koʻngul avroqig‘a ko‘rgan fayzlar etgum raqam,
Mavlaviy Jomiy, Navoiydin navo tahrir etib
2
-deydi. 
Bu she’rida shoir ustozlari Jomiy va Navoiyni 
ko‘ngil varaqlaridagi fayzlar deb alqaydi.
Nozil qayerda va qaysi madrasada tahsil olgani 
noma’lum. Bizga faqat shoirning Qo‘qon madrasal-
aridan birida ilm o‘rganganligi ma’lum. Negaki, qisqa 
fursatdan so‘ng davlat markazi Farg‘ona – Qo‘qon 
shahrida shoirning o‘sha davr ma’rifatli shaxs sifatida 

Каримов У. Нозили хучанди. – Душанбе: Дониш, 1978. – 
Б. 9.

Каримов У. Нозили хучанди. – Душанбе: Дониш, 1978. – 
Б. 8.


110
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
kechgan hayoti ana shu mulohazalarga kelishimiz-
ga sabab bo‘ladi. Nozil yashagan davrdagi siyosiy 
vaziyatga e’tibor qaratadigan boʻlsak Qo‘qon xoni 
Olimxon (1799-1810) katta qo‘shin bilan Ohangaron, 
Chimkent, Sayram, Toshkent viloyati, Rossiyaga bo-
ruvchi karvon yo‘llaridagi muhim manzilgohlarni egal-
laydi, o‘z poytaxtiga son-sanoqsiz boylikka ega ko‘p 
aholini olib keladi.
1810-yilda Amir Umarxon (1810-1822) hiyla bi-
lan akasi Olimxonni o‘ldirib, o‘zini xon deb e’lon qil-
di. Taxtga da’vogarlarning keyingi tahdidini bartaraf 
etish uchun bu xon o‘z jiyanlarini qatl qilishni buyurdi 
va qisqa vaqt ichida siyosiy raqiblarining aksariyatini 
turli yo‘llar bilan yo‘q qildi.
Umarxon shu orqali Farg‘onada markazlashgan 
davlat tuzdi. Xonlik hududi ancha kengayib, iqtisodi-
yotida birmuncha yaxshilanishlar kuzatildi. Umarxon 
davriga kelib ilm ahliga ko‘plab imkoniyatlar yaratildi. 
Umarxonning oʻzi ham bevosita davlat faoliyati bilan 
bir qatorda adabiyot bilan ham shugʻullangan, sheʼrlar 
ham yozgan, oʻz saroyiga butun mamlakat va hatto un-
dan tashqarida ham shoir, yozuvchi va maktub egala-
rini toʻplagan. Umarxon saroyga yordam bergan, o‘zini 
maqtab, ta’riflagan, xonining shon-shuhratini ko‘tarib, 
shohlik mavqeini mustahkamlagan shoirlarga afv va 
duolar qilgan. Umarxon saroyida 75 shoir to‘plan-
gan. Xon topshirig‘iga ko‘ra, Fazliy “Majmuai shoiron” 
(“Shoirlar majmuasi”, 1821) tazkirasini tuzgan. O‘zbek 
adabiyotshunosligi tarixida ilk marta she’riy yo‘l bilan 
yaratilgan mazkur tazkirada 19-asr boshlari Qo‘qon 
adabiy muhitining 100 dan ortiq vakillari haqidagi qim-
matli ma’lumotlar va asarlaridan namunalar mavjud.
1
Shu shoirlar qatorida Nozil Xo‘jandiy ham bor edi.
Shoir haqida ma’lumot uchrovchi yana bir muhim 
manba - Po‘latjon Domulla Qayyumovning “Tazkirayi 
Qayyumiy” asarida Nozil Xo‘jandiy haqida shunday 
ma’lumot keltiriladi: “Ko‘p bayozlarda Xo‘jandli deb 
ko‘rsatilmishdur. Sa’dullo mahdum Muhammad Soleh 
xalifa o‘g‘li Buxoriy bu shoirning Xo‘jandga nisbat 
berilsa ham Bekobod qishloqli demish edi. Ayrim de-
voniga ko‘zimiz tushmadi”. Biroq 1935-yilda bosilm-
ish “Mash’ala” jurnalining 1-sonida “Nozil Xo‘jandiy” 
sarlavhasida tubandagi bayonot bor.(Aynan ko‘chi-
ramiz): Yaqinda idoramizga farg‘onali bir shahardan 
bir eski qo‘lyozma asarlardan ko‘chirgan bir to‘da 
baytlar yuboribdur. Bu baytlar Xo‘jandli Nozil imzo-
si bilan yozilgan. Forsiy va turkiy qit’alardan iborat. 
Qit’alar to‘rtlik shaklda yozilgan bo‘lub har qaysisi 
ma’lum maqollardan birini o‘z ichiga oladi. Biz bunda 
shul qita’lardan bir munchasini namuna uchun bosa-
miz,
2
- deb Nozil qit’alaridan namunalar keltiriladi. Bu 

https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-mumtoz-sheriyati/
fazliy/?lng=lat

Qayyumov Р. Tazkirai Qayyumiy. – Toshkent, 1998. 2-jild. 
– В. 408-409.
ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkin-
ki, Nozil Xo‘jandiy o‘zbek va tojik tilida g‘azal, qit’a, 
muxammas, ruboiy va boshqa she’riy janrlarda ijod 
etgan shoir hisoblanadi. 
Nozil Xo‘jandiy Nozil va Tiroziy taxalluslarida ijod 
etgan. Shoir she’rlaridan ayrim namunalar keltiramiz:

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling