Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


ZAMONAVIY O‘ZBEK ARUZINING FONETIK SATHI


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

ZAMONAVIY O‘ZBEK ARUZINING FONETIK SATHI
Karamova Shohida,
Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
Mustaqillik yillarida Erkin Vohidov, Abdulla Ori-
pov, Jamol Kamol, Asqar Mahkam, Mirzo Kenjabek, 
Sirojiddin Sayyid, Nodira Afoqova kabi shoirlar aruzni 
zamonaviy insonning asl tuyg‘ulari ifodasiga, davrn-
ing muhim mavzulari talqiniga xizmat qildira oldilar. 
Fikrimiz isboti uchun quyida O‘zbekiston Qahramo-
ni Abdulla Oripovning irfoniy mavzudagi bir g‘azalini 
to‘liq keltiramiz:
Kimnidir tanho dedim men topgunimcha to Seni
Vo ajab, dunyoni topdim anglagach tanho Seni. 
Aslida, yolg‘iz o‘zingda jo ekan borliq – jahon, 
Hech birov topmas o‘zin ham topmasa, illo, Seni. 
Ming taassufkim, basharga xos ekan aldamchilik, 
O‘rtaga noming qo‘yib goh, aldagay hatto Seni. 
Kim Seni bezovta qilgay toki dardi yo‘q ekan, 
Ahli oshiq vola aylab kuylagay ammo Seni. 
Qorli tog‘larga tutashdir bog‘laring – jannatlaring, 
Eslatar har bir qadamda har go‘zal ma’vo Seni. 
Bepisand boqqay va lekin mo‘r-malaxlar filga 
ham, 
Ko‘rsa hamki ko‘rmagay, deb o‘ylagaylar, yo, Seni. 
Bu ko‘ngil nozik ekan, sinsa raqiblar dastidan, 
Qalb uyin me’moridirsan - topdi Abdullo Seni. ”.
1
–V- - / – V - - /– V - - / - V -
Foilotun foilotun foilotun foilun
Ramali musammani mahzuf 
Keksa shoir hayot zarbalariga, xiyonat va al-
dovlarga duch kela-kela, dunyoi dunning ko‘pgina 
oriflari singari, oxir-oqibatda Parvardigoriga yuz bu-
radi. Ollohni yod etish, unga arzi hol qilish bilan iztiro-
blarini yengillashtirmoqchi bo‘ladi. Shoir dardu has-
ratga to‘la qalbining chin kechinmalarini kuylayotgani 
uchun ham tasavvufning, o‘tmish diniy-irfoniy adabiy-
otning murakkab obrazu timsollarini matnga tiqishtir-
maydi. Zamonaviy o‘zbek adabiy tilining leksik, fone-
tik shakllarini atay o‘zgartirib tashlamaydi. Hammaga 

Oripov A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: Sharq, 2019. – B. 
213.
tushunarli ifodada, ko‘ngilga nihoyatda yaqin g‘azal 
yaratgan. Vazn ham benuqson qo‘llangan. 
Shu o‘rinda yana bir shoirning tajribalari haqida 
aytib o‘tmasa bo‘lmaydi. Bu shoir Benazir Muham-
maddir. Uning ijod namunalari ko‘p emas. Qizig‘i 
shundaki, bu shoirning ayrim she’rlarida aruziy ohan-
glar yuz ko‘rsatadi, lekin ayrim o‘rinlarda saktaliklar 
seziladi. Bizningcha, shoir aruz qoidalariga izchil 
amal qilaman, degan maqsadda bo‘lmagan. Balki 
ichki bir sezgi, ichki musiqa she’rlariga aruz ohangla-
rini bergan. 
Yana javzo chechaklar qorda qoldi
Yana qirlarni tutdi lola dog‘i,
Bu ellarda ko‘rinmas g‘am adog‘i
Yana ko‘zlar o‘zga diydorda qoldi.
(yana ko‘zlar o‘zga diydorda qoldi)
Man bevatan qoldim vatan ichinda,
Na ifor bor na rang chaman ichinda,
Yoshil baytlar soriq kafan ichinda,
Bog‘lar otash ichinda norda qoldi.
(bog‘lar otash ichinda norda qoldi)
“Vatan hasrati” deb nomlangan bu she’r jadid 
bobolarimiz xotirasiga bag‘ishlangan. She’r haza-
ji musaddasi mahzuf/maqsur (mafoiylun mafoyilun 
fauvlun / V - - - | V - - - | V - -) vaznida o‘qiladi. Ammo 
she’rning ayrim o‘rinlarida vazn ritmi buziladi. Sakta-
likni yuzaga keltirgan hijolar yuqorida ajratib ko‘rsa-
tildi. Ammo she’r asos e’tibori bilan aruz ohangida 
yozilgan. Bu saktaliklar misralar oralab davom etadi:
Mulki Turon kabi pora yuraklar
Oyoq ostinda qon ag‘lar chechaklar,
Keltirgan bormi Naysondin daraklar
Tanim kuzda ruhim bahorda qoldi.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling