Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 4.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)
(Tanim kuzda ruhim bahorda qoldi)
Shafaqlar botdi Botu qonlarina, Hech kim qiyo boqmas Cho‘lponlarina, Kim turar Qodiriyning yonlarinda, Fitrat Usmonlarim qay torda qoldi. (Fitrat Usmonlarim qay torda qoldi)”. 2 2 Muhammad B. Ohangsiz qo‘shiqlar. – Toshkent, Akadem- nashr, 2022. – B. 52-53. 105 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Bu she’r aruz va barmoqning aralash kelishi bi- lan XX asr boshlarida yaratilgan she’rlarni eslatadi. Jadid she’riyati vaznlarini tadqiq qilgan N.Afoqova bu aralashlikni davr she’riyatining qonuniy xususiyati sifatida baholaydi, aruzdan barmoq va sarbast vazni- ga o‘tish jarayonining xos xususiyati sifatida qaraydi. Bunday hol hozirgi davrda ijod qilgan va qilayotgan boshqa shoirlarda ham ko‘rinadi. Mustaqillik davri shoirlari, jumladan, Benazir Muhammad she’rlarida ham aruzga barmoqning aralashishi bilan saktali- kni yuzaga kelishi ham, bizningcha, davr aruzining qonuniy xususiyati. Faqatgina bunda, XX asr bosh- laridagidan farqli o‘laroq, subyektiv omil rol o‘ynay- di. YA’ni bu holni she’rni barmoqda idrok qilgan ijod- korlarning aruzni qo‘llashdagi mashaqqatlari, ba’zan esa e’tiborsizlik sifatida baholasak to‘g‘ri bo‘ladi. Mustaqillik davri o‘zbek aruzini fonetik sathda kuzatish shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy shoirlarim- iz o‘zbek tili fonetikasining xilma-xil imkoniyatlarini yetarlicha angladilar va ishga soldilar. Ayni vaqtda aruzning murakkabligi, undan uzoqlashilganlik o‘z ta’sirini ham ko‘rsatdi. Vaznni benuqson qo‘llash uchun ba’zan zo‘rma-zo‘rakilikka, ba’zan esa xatoga yo‘l qo‘yildi. Bu davr aruziga xos bo‘lgan yana bir holni qayd etish lozim. Bu – qo‘shimchalar, so‘z shakllari, vari- antlarining qo‘llanishi bilan bog‘liq. Gap shundaki, de- yarli barcha shoirlar ko‘p hollarda qo‘shimchalar, so‘z shakllarining eski ko‘rinishlarini xush ko‘radilar. Bun- day qo‘llash hatto vazn va qofiyaga ta’sir etmaydigan o‘rinlarda ham kuzatiladi. –gin/-gil, -dan/-din, -ga/-g‘a, -sin/-sun, -dir/-dur, -gay/--g‘ay, -gan/--g‘on (-qon), ol- lida/ oldida, qora/qaro, ko‘ngil/ko‘ngul, endi/emdi, gulzor/gul’uzor, tilla/tillo, menga/manga, yashirmoq/ yoshurmoq, yolvormoq/yolbormoq, uni/ani, yomg‘ir/ yog‘mur (yag‘mur), bo‘lmoq/o‘lmoq, ikki/iki, hamma/ hama, yolg‘on/yalg‘on, qovoq/qaboq, keladi/kelodir va hokazo. Vazn va qofiya talabi bo‘lmagan o‘rinlar- da, bizningcha, bu xil qo‘llashda ikki holatni farqlam- oq lozim. Birinchisi shuki, aruz zamonaviy shoir ong ostida o‘qilgan mumtoz adabiyot namunalari bois so‘z va qo‘shimchalarning shu xil shakllarida o‘rnash- gan; bu shakllar ijod jarayonida o‘z-o‘zidan badiiy matn sathiga chiqadi va u tabiiyligi bilan she’rga husn bag‘ishlaydi: Shul ismdan yurt aro yuz ming umid, Shul ismdan nurlanur davronimiz. (S.Sayyid, “To Navoiy bor...”) 1 – V - - / – V - - /– V - - Foilotun foilotun foilun Ramali musaddasi mahzuf Bu baytda shu/shul, nurlanar/nurlanur almashinu- vi bag‘oyat tabiiy bo‘lib, quloqqa yoqimli eshitiladi. 1 G‘azal g‘izoli. – Toshkent: Adabiyot, 2021. – B. 70. Ikkinchi bir holatlarda, aruznavis she’riga aruz ruhini berish yoki kuchaytirish uchun ataydan so‘z yo qo‘shimchaning zamonaviy shaklidan voz kechadi. Bunday holda zo‘rma-zo‘rakilik sezilib qoladi, she’r ritmi tabiiy ohangini yo‘qotadi: Manim boshima yog‘dirdi malomat-la qaro yag‘mur, Biravlar nag‘masiga lol o‘lg‘on jo‘r tilim qursin. 2 V - - - \ V - - - \ V - - - \ V - - - \ Mafoiylun mafoiylun mafoiylun mafoiylun Hazaji musammani solim Mazkur baytda boshima, yag‘mur, biravlar so‘zlari atayin “boshqachalashtirilgani” sezilib turibdi. Vahol- anki, boshimga, yomg‘ir, birovlar shakllari ham hech bir vazn, qofiya xatoligiga olib kelmas edi. Zamonaviy aruzning yana bir xususiyati izofali birikmalarning mo‘l-ko‘l ishlatilishida ko‘rinadi. Albat- ta, o‘rnida qo‘llangan izofali birikmalar she’riy matn- ning badiiyatini oshiribgina qolmay, vazn mukammal- ligiga erishishda o‘zbek tilining noyob imkoniyatlari- dan biridir. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling