Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

3

“Maysalar, tovonim sizni sog‘inar, / Tog‘lar, viqoringiz 
qalbimda mangu”
4
; “Maysa, rahmat, o‘sishni eslatib 
turding”
5
; “Senga aytadigan so‘zim qolmadi, / Sen-
ga aytadigan jimliklarim – ko‘p”
6
; “Yulduzlarni ko‘p 
ko‘rganman hayotimda, / Dengizdagi yulduzlarni kel-
di quchgim”
7
... (Usmon Azim) kabi “o‘z taqdirini o‘zi 
hal etishga qodir bo‘lgan” satrlar fikrimizga yorqin 
misol.
Tadqiqotimizda his-tuyg‘ularning teleportatsiyasi 
orqali badiiy matnni o‘rganish o‘zi nima uchun zarur, 
degan konkret savolga aniq javob izlash ko‘zda tutil-
gan. His-tuyg‘uning teleportatsion xususiyati adabiy-
otshunoslikka nima beradi?
Birinchidan, ushbu metod orqali muallifning hissiy 

Азим Усмон. Куз. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги 
адабиёт ва санъат нашриёти, 2001. – Б. 88.

Азим Усмон. Куз. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги ада-
биёт ва санъат нашриёти, 2001. – Б. 88.

Азимов У. Дарс. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги ада-
биёт ва санъат нашриёти, 1986. – Б. 39. 

Азим Усмон. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 1995. – Б. 62.

Азим Усмон. Юрак. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги 
адабиёт ва санъат нашриёти, 2009. – Б. 318.

Азим Усмон. Фонус. – Тошкент: Шарқ, 2010. – Б. 8.

Азим Усмон. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 1995. – Б. 5.
ifodalari qismlarga ajratilib (aniq tasvir, o‘xshatish, 
poetik kayfiyat, badiiy niyat va h.k.) va yaxlit holda 
(asosan, to‘rtlik, ruboiy, fard, qit’a, ikkilik, tanka, xokku 
kabi hajman kichik bo‘lgan she’riy janrlar) tahlil qilina-
di va natijada qog‘ozga ko‘chgan muallif his-tuyg‘usi 
badiiy qiymatining darajasi, ko‘lami, badiiy-teleportat-
sion muvaffaqiyati ko‘lami aniqlanadi;
Ikkinchidan, muallif his-tuyg‘usining asliyati, ge-
netik-etimologik iljizlari aniqlanadi, deylik, ma’lum vo-
qea-hodisa tufayli paydo bo‘lgan his-tuyg‘uning (ilk) 
badiiy ifodasi (shoirning leksikasi, so‘z ishlatishi, ifo-
da yo‘sini, ohangi, tasvirlash usullari, metaforik qobili-
yatlari) davrlashtiriladi (mas., Boburning “Boshimni 
olib, ey Bobir, oyoq yetgancha ketgaymen
8
” satridagi 
firoq, Vatandan ayro tushish musibati va “ketishga 
majburlik kayfiyati” hayotiy sabablarga: ulug‘ bobom-
izning taqdiri va yashab o‘tgan murakkab davri bilan 
bog‘liq va “birlamchi” his-tuyg‘u sifatida o‘zbek mum-
toz adabiyotida ifoda etib bo‘lingan. Undan keyingi 
“ketishga majburlik kayfiyati” sifatida yaratilgan real-
istik yoxud lirik qahramonning avtopsixologik kayfiya-
ti mahsuli bo‘lgan nazmiy asarlarga xronologik jihat-
dan Hazrat Boburdan keyin tartib beriladi).
Uchinchidan, badiiy matn – she’r his-tuyg‘uning 
teleportatsion xususiyatiga ko‘ra tahlil qilinganda ba-
diiy matnlarni saralash, SARAK sifatida ajratib olish 
imkoni paydo bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, his-tuyg‘uni 
“ko‘chirish” xususiyatiga ega bo‘lmagan she’riy mat-
nlar PUCHAKka chiqadi. Ushbu “elak” shoirlarn-
ing “tanlangan” she’rlarini aniqlashda ayni muddao 
bo‘ladi (odatda “Saylanma”lar, “Tanlangan asarlar”ga 
shoirlarning o‘zlari tartib beradilarki, aksariyat “Say-
lanma”larni chindan ham “Saylanma” deb bo‘lmaydi. 
Chunki odatda muallif o‘zining novdalarini butashga 
ko‘zi qiymaydi. Bu ish muallif ishtirokisiz bajarilishiga 
to‘g‘ri kelganda adabiyotshunoslik sohasi she’rlar-
ni muallif his-tuyg‘ularining teleportatsiya quvvatiga 
ko‘ra tekshirib, saralab beradi. Bu jarayonning izchil 
davom ettirilishi esa o‘zbek adabiyotida sifat barqaro-
rligini saqlab turishga xizmat qilishi mumkin). 
To‘rtinchidan, mamlakat va dunyo adabiy ja-
moatchiliklari hukmiga bemalol havola qilsa bo‘ladi-
gan, badiiy jihatdan yuksak, o‘zbek adabiyoti haqida 
yuksak taassurotlar (zotan, shunga javob beradigan 
shoirlarimiz va ularning she’rlarini turli tillarga mahor-
at bilan o‘giradigan mutarjimlarimiz bisyor) she’riy an-
tologiyalar, almanaxlar, bayozlar va turli to‘plamlarni 
yuksak adabiy saviya hamda did bilan tuzishda ayni 
metod asqotadi. 
Beshinchidan, badiiy matnni his-tuyg‘uning tele-
portatsion xususiyatiga ko‘ra tahlil qilish metodidan 
nafaqat, nazmda balki adabiyotning boshqa turlarida 

Бобир З.М.Танланган асарлар. – Тошкент: ЎзССР ФА 
нашриёти, 1958. – Б. 76.


121
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
ham bemalol foydalanish mumkin.
Oltinchidan, adabiyotshunosning asosiy vazi-
falaridan biri – badiiy asarni oson va qulay tarzda 
tushuntirib, asoslab berish ekanligini nazarda tutgan 
holda ushbu termin imkoniyatlari orqali she’rni keng 
auditoriyaga oson tushuntirishda ma’lum samaraga 
erishish mumkin. 
Biz, bu sanoq bilan cheklanmaymiz, albatta. Harb 
ilmidagi: “Taktika jang paytida ma’lum bo‘ladi” qabil-
idagi fikrga monand, tadqiqotlar mobaynida mazkur 
metodning turli afzalliklari yuzaga chiqaverishi tabiiy.
Resume: This article discusses the importance of studying poetry through the teleportation feature of 
emotions, a completely new concept for Uzbek literary studies.
Резюме: В данной статье рассматривается важность изучения поэзии посредством телепортации 
эмоций, совершенно новой концепции для узбекского литературоведения.
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling