Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


ABDULLA ORIPOVNING G‘OYAVIY -ESTETIK OLAMI


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

ABDULLA ORIPOVNING G‘OYAVIY -ESTETIK OLAMI
Aliyeva Orzigul,
Termiz davlat universiteti magistranti
O‘zbek xalqi azaldan shoirtabiat bo‘lib, tuprog‘idan 
bargigacha shoir bo‘lgan. Shuning uchun u farzan-
dlariga she’rdek teran, she’rdek sodda, bir-biriga 
o‘xshash ismlar qo‘yadi. Uylansa shodligini she’rga 
solib “yor-yor” deydi. G‘amda ham g‘amini she’rga 
aylantiradi.
Temur tig‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher
deb yozgan o‘zbek xalqining sevimli farzandi, 
shoir Abdulla Oripov. Temur kabi sohibi zamonlar qili-
chi yetmagan yerlarni qalam bilan olishga Alisherni 
qodir qilgan qudrat she’riyatdir. She’riyatni “onajonim” 
deb ulug‘lagan va chindan ham she’riyatga fidoyi far-
zand bo‘lgan Abdulla Oripovning she’ri kirib kelma-
gan bironta xonadon O‘zbekistonda topilmasa kerak.
O‘zbekistonning o‘zi shoir bir yurt. Abdulla Oripov o‘z 
she’rlarini ana shu “ustozi”ga barhaq va barhayot il-
hom manbai, “asrlarning koshonasida mangu yorug‘ 
maskan” bo‘lgan ona yurti – O‘zbekistonga bag‘ish-
laydi”.
1
Darhaqiqat, bu yurt shoir o‘g‘lini juda yaxshi 
ko‘radi. She’rlarini o‘qiydi, yod oladi. Tushlik chog‘ida 
Abdullaxon she’rlarini o‘qiyotgan kolxozchilarni, dala-
da quvnoq tasavvur bilan tinglayotgan hamshiralar-
ni ko‘rdik. Keksalarning she’rlarini tinglab, “O‘g‘lim 
omon bo‘lsin” deya olqishlaganini yeshitdik. Uzoq 
yo‘llarda Abdullaxonning she’rlarini ko‘targan hay-
dovchilarni, uning she’rlarini qo‘llarida ushlab turgan 
qurilishchilarnigina ko‘rdik. Ba’zan shunday bo‘ladiki, 
Toshkentga kelganlar sog‘lig‘ini so‘rashadi. Bu haqda 
shoirning o‘zi haqli g‘urur bilan yozadi:
Bizni xafa qilganlarga ming marta xizmat qilamiz...
Paxtakorlar va ishchilar pisand qildilar,
Ziyolilar, yumushchilar pisand qildilar,
Studentlar, to‘quvchilar pisand qildilar,
Maktabdagi o‘quvchilar pisand qildilar,
Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq.
Xalqning o‘z shoiriga bo‘lgan bu muhabbati Ab-
dulla Oripov o‘zi orzu qilganidek “bizniki” bo‘lib qol-
ganini bildiradi:
Koshkiydi ahli yurt turib tepamda
– U bizniki edi- desalar
-deb yozgan shoir o‘sha olis yillar ortidagi “Mitti 

https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/maqsuda-ergashe-
va-abdulla-oripov-sheriyatning-oziga-xos-xususiyatlari.html
yulduz” to‘plamidan boshlab xalqning o‘ziniki bo‘lib 
qolgan. Mutafakkir shoir sifatida Abdulla Oripov 
she’riyatining markazida inson va uning xayoti, bor-
likdagi o‘rni, vazifalari masalasi turadi. “Koinot gultoji 
– Insondir azal” deb boshlanuvchi to‘rtlikni shoirning 
insonga oid nuqtayi nazarining ham, butun ijodining 
ham programmasidir, desak bo‘ladi. Shoir butun ijo-
di davomida insonning ikki yoqlama (koinot gultoji va 
tubanlik ichra tanxo) mana shu xil siymosiga turlicha 
nazar tashladi. Inson siymosida azal-abaddan mu-
jassam etilgan ziddiyatni badiiy talqin qildi. U inson-
ning insonligini yo‘qqa chiqaradigan illatlarni ko‘proq 
qalamga olgan. Bu adibning badbinligi emas, o‘z qa-
vmini mukammal, yorug‘ siymoda ko‘rish istagidan 
tug‘ilgan iztirob, dardlaridir. she’rida avvaliga “Ish-
tonsiz ajdodni qo‘msamoq nechun?” deydi kinoya 
bilan, ammo keyinroqda “Zevs siymosida axtardi 
o‘rnin” deya insonni “Yuzma-yuz” yunonlarning bosh 
ma’budiga mengzaydi. “Sarob” she’rida (1966), “Ha, 
onamni o‘ylar edim inson degan dam, Yo‘q, may-
mundan tarqamagan derdim odamzod” deydi yana 
insonni ulug‘lab. Inson siymosida buyuklik va tuban-
lik birday mujassamlashganiga oid badiiy-g‘oyaviy 
mazmun shoir she’rlaridan qizil ip bo‘lib o‘tadi. Ham-
ma vaqt iftixor, maqtov bilan zimdan fojialar tasviri 
yonma-yon keladi. U insonni, eng avvalo, tabiatning 
ajralmas bir bo‘lagi deb anglaydi. 1974 -yilda “Lekin 
inoq edim men aslim tabiat bilan, Bepoyon xilqat bilan 
tunlar bo‘yi suhbatdosh” deb yozgan shoirda inson-
ga tabiat parallelida qarash uslub darajasiga ko‘taril-
gan. Shu faslda inson kontseptsiyasiga oid ijodining 
ilk bosqichida uchraydigan ziddiyatlar, yolg‘izlik, baxt, 
tafakkur, harakat kabi motivlar ham tadqiq etildi. Piro-
vardida esa u “Usha nokomilning men ham biriman”
deb yozadi. Bu xil iqrorlar; uzoq yillar adashib, puch 
g‘oya-mafkuralarga ishonib yurganidan nihoyatda 
ichkin, nihoyatda qattiq chekkan afsus-nadomatlar if-
oda etilgan misralar, she’rlar Alisher Navoiy, Zahirid-
din Muhammad Bobur, Lev Tolstoy kabi jahon muta-
fakkirlarini xotirga keltiradi. Abdulla Oripov xam xuddi 
o‘shalar kabi Hazrati Insonni ulug‘ladi, uning kamolo-
tini achchiq sog‘indi, ilohiy rutbasiga nomunosib ish-
laridan o‘kindi. Ayni choqda o‘zini ham nokomil o‘sha 
bani bashardan yuqori o‘ringa qo‘ymadi. O‘z xatolari, 


128
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
adashishlari, gunoxlaridan qattiq iztirob chekdi, tavba 
qildi, iqrorlarini ochiq-oshkor yozishdan istihola qil-
madi. Hamisha komillikka intildi. Xuddi ana shu niyat, 
sa’y-harakatlari, tafakkuri, iqrorlari, afsus-nadomat-
lari xudodod iste’dodi bilan uyg‘unlashib uni dunyo 
adabiyoti titanlari qatoriga ko‘tardi. “Afsus, tubsizlikka 
yuz burdi inson, Aqchadir suyangan murabbiysi ham” 
dedi u 2016 -yil 30 -aprelda yozgan “Xayol va xayot” 
she’rida. Bu uning odam bolasiga, XXI asr kishisiga 
bergan eng so‘nggi baholaridan biri bo‘lib qoldi. “In-
son inson uchun to‘ka olsa yosh” - shoirning eng oliy 
orzusi shu.
Biz shoir ijodini mazmun-mohiyati, g‘oyaviy-badiiy 
tendentsiyalariga ko‘ra ikki katta davrga ajratdik: 
1. Sho‘ro davri. XX asrning 60-yillaridan 1991- yil-
gacha. 
2. Mustaqillik davri. 1991-2016 yillar.
Abdulla Oripov ijodining ilk davrida inson hayoti-
ga oid haqiqatlarni tabiatda ko‘rdi, tabiatdan axtardi. 
Ularni soddaroq shaklda yonma-yon qo‘yib, yaxshilik 
va yomonlik haqida yozdi. Ayni chog‘da yozganlarini 
tadrijda kuzatar ekanmiz, Abdulla Oripovning ijodkor 
sifatida shiddat bilan o‘sganini ko‘rishimiz mumkin. 20 
yoshlar atrofidagi shoir inson va jamiyat xayotini shu 
qadar chuqur irok etadi va benazir shaklda badiiy qa-
yta gavdalantiradiki, beyxtiyor O‘zbekiston xalq shoiri 
Erkin Vohidovning “Sen bahorni sog‘inmadingmi?” 
misolida aytgan bahosini takrorlashga to‘g‘ri keladi: 
ularni “25 yoshli shoir yozganiga ishonging keladi!” 
Xa, shaxsga faqat yuksak tafakkur va ulkan iste’dod 
tabiat tomonidan tuhfa etilsagina juda yoshligidanoq 
shu qadar doxiyona tafakkur qilishi va yozishi mum-
kin. Tarix va ijtimoiy borliqqa munosabat, qalb man-
zaralari, o‘ta ichkin insoniy iztiroblar, iloxiy koinot ilk 
bosqichlaridanoq olam va odamni mana shunday bu-
tun ko‘lami bilan qamrab oldi. Shoirning eng go‘zal 
lirik, falsafiy she’rlari ilk bosqichning mahsulidir. Ab-
dulla Oripov ijodiga nazar tashlar ekanmiz, u o‘zining 
o‘zgacha badiiyati, tili, qarashlari bilan ajralib turishi-
ga guvoh bo‘lamiz. Uning deyarli har bir she’ridan 
kinoyaviy fikrlarni anglash va undan kerakli xulosal-
arga ishoralarni topish mumkin. Masalan, quyida biz 
uning “Saviya” she’ri tahlilga to‘xtalamiz.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling