Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

tashqi olamdagi muayyan hodisani qayta tiklashi nati-
jasida kitobxon hislarini junbishga keltirish” barobari-
da muallif his qilgan tuyg‘ularni aynan “ko‘chiradi”. 
Deylik, Navoiyning “Yo‘lungda tufroq o‘ldim, ey sabo, 
yetsang g‘uborimg‘a” satridagi (manbalarda geolog 
bo‘lgani uchun ham mazkur satr akademik Habib Ab-
dullayevga (“Yo‘lungda tufroq o‘ldim”) kuchli ta’sir qil-
gani, hatto o‘zbek xalqi udumlariga xos bo‘lmasa-da, 
vafot etganida ushbu g‘azal bilan aytilgan mumtoz 
ashulani dafn marosimida ijro etilishini vasiyat qil-
gani haqida ma’lumotlar keltiriladi
4
. Bu hodisa Hazrat 
Navoiy tuyg‘usining birgina satr vositasida Habib Ab-
dullayev ko‘ngliga aynan “ko‘chishi” – badiiy telepor-
tatsiyasi demakdir) qariyb olti asrlik “muzlatilgan” his-
tuyg‘u ushbu satrni o‘qigan bugungi zamon she’rxoni 
qalbida “erishi” mumkin. Bu hodisa she’rxonning qa-
lbida muqaddam “kashf etilgan” his-tuyg‘ularini jun-
bishga keltirishdan tashqari, hali umrida hech qachon 
his qilib ko‘rmagan tuyg‘ularni ilk bor his ettirishi ham 
mumkin. Aynan shu holat tuyg‘uning (mas., baayni 
Navoiy tuyg‘usining) teleportatsiyasi.
She’r o‘qilganda yoki tinglanganda his-tuyg‘uni 
aynan shu tarzda teleportatsiya holatiga tushiradigan 
ba’zi she’rlardan parchalarni misol tariqasida keltir-
sak. 
“...Bir yulduz iltijo etdi tangriga, / Istig‘for so‘zida 
nur bo‘yi anqib: / – Qanday soz – yotmoqlik yerning 
tagida – / Yomg‘irni eshitib uxlamoq baxti!
5
Mazkur 
satrlar favqulodda auditoriya tanlaydi. Uni ma’lum 
ma’noda tayyorgarliksiz, ruhiy-hissiy beqaror holda 
o‘qib bo‘lmaydi, albatta. Ammo bu satrlar orqali tele-

Мели Сувон. Сўзу сўз. – Тошкент: Шарқ, 2020. Б. – 220.

Bu haqda qarang: Боқий Н. Ҳамидов Ҳ. Мени ёд эт. – Тош-
кент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 
2000. Б – 208.

Азим Усмон. Куз. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги ада-
биёт ва санъат нашриёти, 2001. – Б. 6.


120
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature 
portatsiya hodisasiga uchraydigan his-tuyg‘ular, das-
tavval kishi ko‘z o‘ngida ajabtoqur “salqin tun”, “o‘z 
tasavvuridagi Tangri”, “qora tuproq”, “bir kun kelib 
o‘lishi”, “qabrda hammasidan qutulib, maroq ila rutu-
bat aro yomg‘ir yog‘ishini “eshitib” yotish baxti”... kabi 
“kadr”larni gavdalantiradi. Bizningcha, ziyrak o‘quv-
chi ushbu satrlarni anglash chog‘ida yulduzlarning bu 
orzusiga to‘satdan orzudosh bo‘ladi. 
Lirik qahramon – hijronga duchor bo‘lgan yomg‘ir 
tilidan satrlarga diqqat qiling. (Mahbubaga qarata): 
Manzilga yetasan. Nogoh eshikda / Meni soyabon-
dan silkib tashlaysan.
1
degan yozg‘irishi yoki ayni 
“Yomg‘ir”ning yoriga: Goho etagingga yetdim beozor, 
/ Goho etigingga bebaxt surindim. 
2
– tarzida shahi 
hol etishi lirik qahramon his-tuyg‘ularini teleportatsi-
ya qiladi. Shoir qalbidan o‘tgan emmotsional depsin-
ishlar o‘quvchi shuurida, ko‘nglida aks sado beradi. 
Eshikka yetib, uyga (qalbga) kiritmaslik uchun shilta 
soyabonni (yomg‘irning – yorning izhoridan saqlan-
ish vositasini) siltab tashlash – Yomg‘irni – umuman, 
oshiq umrini, orzu-maqsadlarini, sevgining eng bal-
and zirvasini zabt etolmay chirpanayotgan ko‘ngli-
ni bartaraf etish, sevgini shavqatsizlarcha rad etish 
holatining go‘zal badiiy ifodasini o‘quvchi xuddi kino 
ko‘rganday “ko‘radi”. “Etak va etik”, “bebaxt va beo-
zor” so‘zlari tashigan ma’nolar ham o‘quvchi shuurida 
vizuallik kasb etmay qo‘ymaydi. 
She’r yaxlit holda his-tuyg‘uning teleportatsion 
tabiatini yaqqol aks ettiradi. Hatto ba’zida bir yo bir 
necha satr mustaqil holatda bu funksiyani bajari-
shi ham mumkin. “Kim osmonni ketdi pichoqlab?

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling