Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 340


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б. 340.

https://minikar.ru/uz/ezoterika/kak-nauchitsya-magii-tele-
portacii-teleportaciya-eto-prosto/


119
Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature
ixi va hozirgi holatini muhokama qiladi: “Haqiqiy 
dunyoda teleportatsiya kvant teleportatsiyasini an-
glatadi. Hozircha biz, eng ko‘p teleport qilishimiz 
mumkin bo‘lgan narsa qattiq narsalarga qaraganda 
yorug‘lik nurlari, subatomik zarralar va atomlarn-
ing kvant xususiyatlari. Ammo olimlar teleportat-
siya haqida gapirishmoqda, kyeyingi o‘n yil ichida 
molekulalardan tashqari katta jonsiz narsalar bilan 
ham teleportatsiya qilish istiqbollari mavjud. Va 
bundan tashqari...”
1
. Kontekstda ko‘rinadiki, olim 
“bundan tashqari” deganda jonli jismlarga sha’ma 
qilmoqda. Bu kabi qizg‘in bahs-munozaralar 
zamonaviy aniq fanlar olamida kechmoqda.
Bizga uning badiiyatdagi funksiyasi muhim. Tele-
portatsiya hodisasi badiiy adabiyotda sodir bo‘lad-
imi? Bizningcha, bu hodisa badiiy so‘z san’ati yaralib-
diki, insonning botiniy dunyosiga, his-tuyg‘ulari orqali 
tasavvuriga ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Biz, “she’rning 
kuchi” deya baho beradigan jihat aynan poeziyaning 
his-tuyg‘ularni teleportasiya qilish qudrati bilan cham-
barchas bog‘liq. Masalan, “Chag‘alaylar” haqida 
o‘qilgan she’rda – “chag‘alaylarning chirqillab (aynan 
chirqillash tovushining eshitilishi) uchishi” va “osmon” 
tasvirlari; “yomg‘ir”da – rutubat, ivigan borliq, nam 
tuproqning hidi (aynan hidni tuyish); “sharshara”-
da – purkalgan suv zarralarining yoqimli epkini (suv 
zarralarini badanda sezish); “kuzak”da – xazonrez, 
chirik yaproqlarning achimtir isi, parishon tabiat man-
zaralari (kuzni his qilish), tasvirlari mukammal she’r 
orqali kishi tasavvurida aniq gavdalanishi, shoir his 
qilgan tuyg‘ular – she’rxon his-tuyg‘ulariga ko‘chishi, 
mazkur tuyg‘ular darajasiga ko‘ra parallellashishi 
lozim.
Bu hodisa sodir bo‘lishi uchun shoir ham, o‘quvchi 
ham ma’lum ma’noda so‘zni his qiladigan darajada 
bo‘lishi muhim: shoir tuyg‘usini she’rga ko‘chira ol-
masa, o‘quvchi she’rda aks etgan his-tuyg‘uni ilg‘ay 
olmasa, his-tuyg‘uning “ko‘chishi” sodir bo‘lmaydi. 
Anglashiladiki, mazkur jarayon auditoriya tanlaydi 
va hatto she’rning eng nozik va yuksak pallalarida 
shoir va o‘quvchi “doirasi” torayadi, favqulodda xo-
slashiladi. 
Tom ma’noda san’at asari bo‘lgan she’rlarni o‘qi-
ganda yoki tinglaganda kishi bir nafas butun borliqni 
unutib, ushbu she’r ta’sirida bo‘ladi. M.Gorkiy Yes-
eninga bag‘ishgangan xotira ocherkida uning she’r 
o‘qishidan olgan taassurotini shunday ifodalagan edi: 
“...hayajonlanganimdan tomog‘im quruqshab, bir nar-
sa xippa tiqilgandek bo‘ldi. Ho‘ngrab yig‘lagim keldi”
2

Adabiyotshunos olim Suvon Meliga ko‘ra she’rning 
ta’sir kuchini uch omil hal etadi: 

Darling David. Teleportation: The Impossible Leap. Hobo-
ken, Nyu-Jersi. John Wiley & Sons, 2005. P – 15.

Мели Сувон. Сўзу сўз. – Тошкент: Шарқ, 2020. Б. – 220.
1) avvalo, so‘zlar tashqi olamdagi muayyan ho-
disani qayta tiklashi natijasida kitobxon hislarini jun-
bishga keltiradi. Bunday parchalar kontekstini tek-
shirganda asosiy e’tibor obrazli so‘zlarga qaratiladi;
2) so‘zlar o‘zaro birikib, voqeiy holat yoki man-
zara yaratadi, bunda asosiy vazifa poetik his tug‘dir-
ish bevosita so‘zlarga emas, manzaraning yorqinligi 
yoxud holatning kuchiga yuklanadi. To‘g‘ri, she’rdagi 
manzara, holat so‘zlar vositasida bunyodga keladi, 
lekin bunda so‘z yordamchi funksiyani bajaradi;
3) ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab, quloq bi-
lan eshitib bo‘lmaydigan abstarkt tushunchalar va 
konkret predmetni emas, u haqdagi tushunchalarni 
anglatuvchi so‘zlarning aloqalarga kirishi natijasida 
poetik tuyg‘uni yuzaga keltiradi
3
.
Bizningcha, mazkur uch omil his-tuyg‘ularning 
teleportatsiyasiga oid elementlar hisoblanib, yakdil 
aksioma bo‘lish uchun kamlik qiladi. Zotan, “so‘zlar 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling