Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

Resume. This article explains the phenomenon of culture on the example of the process of translation from 
a foreign language into a native language, which facilitates language acquisition. As a result, it is concluded 
that intercultural relations and contacts are possible only in conditions of acculturation, that is, the formation 
of a second language in a person from the point of view of culture, which involves the introduction into one’s 
language of spiritual values inherent in foreign psychology.
Резюме. В данной статье объясняется феномен культуры на примере процесса перевода с ино-
странного языка на родной язык, облегчающий овладение языком. В итоге делается вывод о том, что 
межкультурные отношения и контакты возможны только в условиях аккультурации, то есть формиро-
вания у человека второго языка с точки зрения культуры, что предполагает привнесение на свой язык 
духовных ценностей, присущих инонациональной психологии.


17
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
Filologik tadqiqotlar: til, adabiyot, та’lim. 2023; 5
ISNN: 2181-1741 (Print)
ISNN: 2181-1725 
MAHMUD KOSHG‘ARIYNING “DEVONU LUG‘OTIT TURK”
ASARIDA SO‘Z LESKIK MA’NOSINING TARAQQIYOTI
Yerjanova Saule Baymurzayevna,
Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori
To‘ychiyeva Zuleyxa Hamroq‘lovna,
 Guliston davlat universiteti o‘qituvchisi
Bugungi kunda o‘zbek tilini ilmiy tadqiq etishning 
bir qator yo‘nalishlari rivojlandi. Tarixni o‘rganish, uni 
bugungi kun bilan solishtirish, boy madaniyatimiz va 
qadriyatlarimizni anglash, har bir xalqning o‘z tilini, 
dinini o‘rganish muhim bir masaladir. Yurtimizda “...
matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, tilshunoslik, 
falsafa, madaniyat tarixi sohalarida milliy madaniy 
merosimizning hali o‘rganilmagan ko‘pgina qatlam-
larini ochib berishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlarga 
alohida e’tibor qaratilayotgani”
1
bu boradagi ilmiy izla-
nishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga asos bo‘lmo-
qda. Zero, til tarixini o‘rganishdagi eng ishonchli 
manba bizgacha etib kelgan yozma yodgorliklardir. 
Xususan, “Devonu lug‘otit turk” asari bugungi o‘zbek 
tilshunosligi, shu jumladan, leksikologiyani aniq va 
asosli yaratish uchun boy manba sanaladi. Davrlar 
o‘tishi bilan har bir so‘zning ma’no taraqqiyoti o‘zga-
radi. Ya’ni ba’zi so‘zlar yangi ma’nolar bilan boyisa, 
ba’zi so‘zlarning ma’nosi torayadi. Shu jarayonni hi-
sobga olgan holda, “Devonda”gi ba’zi ko‘p ma’noli 
so‘zlarning leksik ma’no taraqqiyotini aniqlash asosiy 
vazifa etib qo‘yildi.
Ma’lumki, Mahmud Qoshg‘ariy turkiy tilshunosligi 
rivojiga katta hissa qo‘shgan buyuk tilshunoslarim-
izdan biri hisoblanadi. U turkiy tilshunoslikni XI as-
rdayoq fan sifatida asoslagan edi. Bugungi kunga-
cha o‘z mavqeini saqlab kelgan asar, ya’ni “Devonu 
lug‘otit turk” keng tarzda o‘rganilgan va o‘rganilmo-
qda. Jumladan, “Devon” da berilgan ko‘p ma’noli 
so‘zlarni tahlil qilish, ulardagi ma’no ko‘chishning 
sabablarini o‘rganish hamda bu birliklarni “O‘zbek 
tilining izohli lug‘ati” bilan qiyoslash ona tilimiz boyli-
gi ko‘lamini yana ham kattaroq doirada ko‘rsatishi 
mumkin deb o‘ylaymiz.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 24 
майдаги ПҚ-2295 сон “Қадимий ёзма манбаларни сақлаш, 
тадқиқ ва тарғиб қилиш тизимини янада такомиллаштириш 
чора-тадбирлари тўғрисида”ги Қарори //Ўзбекистон Респу-
бликаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017. 
Ma’lumki, leksik ko‘pma’nolilk murakkab va serq-
irrali hodisa hisoblanadi. Har bir leksemaning ma’no 
taraqqiyoti dinamikasi alohida-alohida yondashishni, 
izohlashni talab qilganligi bois leksemalarning ma’no 
nozikliklarini aniqlash va tartibga solish juda mush-
kul. Polisemiya odatda muayyan narsa-predmet, bel-
gi-xususiyat, harakat nomini boshqa narsa-predmet, 
belgi-xususiyat, harakatga ko‘chirish usuli bilan vo-
qelanadi. 
Polisemiya har qanday tilda salmoqli o‘rin tuta-
di. Til boyligi faqat so‘zlar, iboralar bilangina emas, 
so‘zlarning leksik ma’nolari bilan ham o‘lchanadi. 
Demak, so‘zlarning ko‘p ma’noliligi – polisemiya til 
boyligida o‘z o‘rniga ega. Shuningdek, so‘z ma’no-
larining rivojlanishi qonunlarini tekshirish so‘zlarning 
omonimlik, sinonimlik, antonimlik va ko‘p ma’noli-
lik xususiyatlarini o‘rganish, tilning lug‘at boyligini 
aniqlashga, turli lug‘atlar tuzish ishlariga katta yor-
dam beradi.
So‘zning leksik ma’nosi taraqqiyoti uch ko‘rinish-
ga ega
2
.
1. Leksik ma’nolarning kengayishi va torayishi.
2. So‘z leksik ma’nosinining hosila ma’no yuzaga 
keltirishi.
3. Evfemizm va disfemizm.
Polisemiya millatning, xalqning ijtimoiy rivojlan-
ishiga bog‘liq. Qaysi xalqda fan, texnika, madaniyat, 
san’at taraqqiy etgan bo‘lsa, o‘sha xalqda obyektiv 
borliqning o‘zaro aloqasini shuncha ko‘proq ko‘radi, 
ularni bir-biriga qiyos etadi va bular tilida ko‘proq o‘z 
aksini topadi. Eng ilg‘or va taraqqiy etgan xalqlarn-
ing tilida polisemantik so‘zlar ko‘p bo‘lib, shu tildagi 
polisemantik so‘z strukturasi ham leksik ma’nolarga 
boydir. So‘z ma’nolarini o‘zgartiruvchi taraqqiyotlar 
ketma-ket sodir bo‘lib turadi. Bu esa polisemantik 
so‘zlar taraqqiyoti uchun sabab bo‘ladi
3


Миртиожиев М. Ўзбек тили лексикологияси ва лексико-
графияси. – Тошкент, 2002. – Б. 9.

Миртожиев М. Ўзбек тилида полисемия. – Тошкент, 1975.


18
Тилшунослик • Языкознание • Linguistics
So‘zlar til taraqqiyoti natijasida o‘zgarib boradi, 
ya’ni leksik ma’no taraqqiyoti ba’zi so‘zlarda ken-
gayadi, ba’zisida esa torayadi yoki shu so‘z ishlatil-
may unutilishi mumkin. Shunday qilib, tarixiy taraqqi-
yot jarayonida tildagi anchagina so‘zlar o‘zining aso-
siy leksik ma’nosidan tashqari ko‘chma ma’nolarga 
ham ega bo‘ladi.
Masalan: tugma so‘zi XI asr yozma adabiyot-
larida to‘n va ko‘ylak, qalpoqlar bog‘ichi ma’nosini 
berar edi
1
. Holbuki, hozirgi tugma ip emas. Hozirgi 
tugma so‘zida biz temirdan, yog‘ochdan, sadafdan 
va boshqalardan maxsus shaklda yasalgan narsani 
tushunamiz. Demak, avvalgi tugma hozirgi tugmadan 
shakl va materiali jihatidan tamoman farq qiladigan 
narsadir. Lekin shunga qaramay hozirgacha shu 
so‘zning o‘zi saqlanib qolgan. Bu saqlanib kelishi-
da funktsiya birligi asosdir. Ya’ni ilgari tugma ipdan 
bo‘lishiga qaramay, u tugish, biriktirish, bog‘lash vazi-
fasini bajargan. Hozirgi tugma ipdan bo‘lmay, boshqa 
materialdan bo‘lsa ham, ana shu vazifani bajaradi. 
Ya’ni ko‘ylak yoqalarini bog‘laydi, biriktiradi. Nafaqat 
ko‘ylak yoqalarini balki maxsus qurulmalarga ham 
ishlatiladi.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling