Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Araladï so‘zi (DLT, I t., 330-b). Bu so‘zni Mahmud  Qoshg‘ariy quyidagicha izohlaydi: Araladï


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Ushoq
Araladï so‘zi (DLT, I t., 330-b). Bu so‘zni Mahmud 
Qoshg‘ariy quyidagicha izohlaydi:
Araladï – orasiga tushdi, yarashtirdi. Ol ikki ki-
shi omra araladï – U ikki kishining ishini kelishtir-
di, yarashtirdi. Bu so‘z ikki narsa orasidan o‘tmoq 
ma’nosida ham qo‘llanadi.
Ba’zan sulh ma’nosida 
ham arïladï so‘zini ham qo‘llaydi. Lekin araladï vari-
anti to‘g‘ridir.
Biz bu so‘zning hozirgi ma’nosiga e’tibor beradi-
gan bo‘lsak, hozirda bu ma’nolarda katta o‘zgarish 
bo‘lmagan. Lekin sulh ma’nosi ishlatilmaydi.
Shunday qilib ayrim so‘zlar XI asrda qo‘llanilgan 
butun mazmuni bilan yetib kelgan. Masalan, oyoq, 
urug‘, o‘ng, yo‘l, orqa, uch, og‘iz, yer kabi so‘zlar XI 
asrda qanday ma’noda qo‘llanilgan bo‘lsa, shu va-
qtgacha o‘shanday ma’noda qo‘llanadi. Lekin bu 
so‘zlar yuqorida ta’kidlaganimizdek yana bir qancha 
ma’nolar bilan boyigan. Ba’zan so‘zlarning ma’nolari 
iste’moldan chiqqan.
Ushoq so‘zi. “Devon”da bu so‘zning quyidagi 
ma’nolarda ishlatilish mumkinligi haqida ma’lumot 
berilgan:
1. Kichik, mayda narsa.
2. Yosh, ushaq og‘lan – yosh bola
3. O‘tinning maydasi: ushaq omun
4. Chaqimchilik: 
ushaq soz  mayda so‘z
Bu so‘zning ma’nolari hozirgi kunda ham ishlati-
ladi. Birinchi ma’nosi, ya’ni bosh ma’no to‘liqligicha 
saqlangan. Non ushog‘i tarzida ifoda etiladi. Ikkinchi 
ma’nosi esa “Devon”dagidan biroz farqli ravishda 
dialektda bola-chaqa ma’nosida qo‘llanadi. Mas-
alan: Xotin – ushog‘imiz. Shuningdek hozirda jussa-
si kichik, zaif, nimjon odamga nisbatan ham ko‘ch-
ma ma’noda ishlatamiz. Ushoq kishi. Bu ma’nolar 
“kichik”, “mayda” ma’nosi ostida o‘zaro birlashadi. 
Lekin hozirgi tilimizda “chaqimchilik” ma’nosida ush-
oq so‘zi qo‘llanilmaydi.

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling