Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar


Download 4.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/133
Sana01.11.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1737524
TuriЛитература
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133
Bog'liq
Filologik tadqiqotlar 2023 05 (2)

Ulog‘
2
so‘zi XI asr yodgorliklarida maxsus ot
ya’ni xon tomonidan ma’lum masofa – bekatdan ik-
kinchi bekatga tez yetib borib charchash natijasida 
boshqasi bilan almashtiriluvchi ot ma’nosida qo‘llan-
gan. So‘ng qachondir bu so‘zga yangi ma’nolar yuk-
latilgan:
1– ot – eshak, 2 – poyga, 3 – yamoq. Bu yangi 
ma’nolarning har biri ham 
ulog‘ so‘zining dastlabki 
ma’nosi bilan funktsiyada birdir, ya’ni bu so‘zlarning 
birinchi ma’nosida asos ulash vositasi, bir bekatdan 
ikkinchi bekatga ulovchi, ikkinchi ma’nosi birlashtiru-
vchi yirtilib, uzulib ketgan bo‘laklarni ulash – birlasht-
irish xususiyati mavjud.
In
3
so‘zi XI asr tilidan faqat yirtqich hayvonlar 
yotog‘iga ham qo‘llana boshlagan. “Devon”da qush 
inini – uya, deb atalishi haqida ma’lumot bor. Lekin 
biz ba’zan shunday gap eshitamizki, un so‘zi odam 
yotog‘i ma’nosida ham qo‘llanadi.
Masalan: Iniga urib ketdi, shaklida.
Demak in so‘zi hozirgi kunda deyarli tilda barcha 
jonivor yotog‘iga nisbatan qo‘llana boshlagan. Navoiy 
asarlarida ham bu so‘z ma’nosi kengaygan holda 
uchraydi. Hatto Navoiy asarlaridagi ba’zi dalillar bu 
so‘zning ma’nosini kengayishi ilgarigi hodisa ekan-
ligidan darak beradi.  
Tor ini sichqonga solib erdi g‘am,
Quyrug‘iga bog‘ladi g‘irbol ham.
(Ini sichqonning o‘zicha ham tor edi-yu, badnafslik 

Кошғарий М. Девону луғотит турк. 1-том. – Б. 406.

Кошғарий М. Девону луғотит турк. 1-том. – Б. 143.

Кошғарий М. Девону луғотит турк. 1-том.
qilib dumiga qo‘lga tushirgan g‘alvirini ham bog‘lab 
oldi). Demak, misollardan ko‘rinib turibdiki, in so‘zin-
ing ma’nosi juda ilgaridayoq kengaygan.
Bu hodisani, ya’ni so‘zning taraqqiyoti natijasida 
ma’no kengayishini boshqa so‘z turkumlarida ham 
kuzatish mumkin.
Masalan, otlanmoq  fe’lining ma’no taraqqiyotiga 
nazar tashlaylik. Bu so‘z “Devon”da quyidagi ma’no-
da ishlatilgan.
1. Otga mindi. Er amlanɡï – u odam otga mindi.
2. Biror yerga chiqdi. Ol mag‘qa amlanɡï.
XI asrda bu so‘zning bosh ma’nosi omga min-
ish edi. Ya’ni yo‘lga chiquvchi odam otlanmoq uchun 
“otni tayyorlab, unga minmog‘i” kerak edi. Hozir bu 
so‘z asosan shaylanmoq, kiyinmoq kabi yangi ma’no-
lar bilan boyigan.
1. Otga minmoq. O‘rmonjon bir gapini... omlan-
gani uzangiga oyoq qo‘ygandagina esladi.
2. Biror joyga bir kishi uchun shaylanmoq, tayyor-
lanmoq, hozirlik ko‘rmoq. Siz kelmasingizdan oldin 
bir yerga otlanib turgan edim. Yuz qo‘lingni yuvib ot-
lan.
3. Biror ishni bajarish uchun shaylanmoq, jazm 
qilmoq. Yangi g‘alabalar sari otlanmoq. Ko‘rinib turib-
diki, “Devon”dagi ikkinchi ma’no o‘rni biroz kengay-
gan.
Ma’noning torayishi umumiylikni anglatadigan 
so‘zning, xususiylikni ifodalashda tug‘iladi. Bosh-
qacha qilib aytganda leksik ma’noning torayishida 
u ifoda etgan denotatning ma’lum qismlari differen-
siatsiya qilib, boshqa nom bilan atalib ketadi
4
. Ma-
salan, Mahmud Qoshg‘ariy davrida barcha tolalar 

Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling