Qïz (qiz) so‘zi. Bu so‘zining “Devon”da quyidagi
ma’nolari berilgan:
1. Qimmatbaho narsa:
qïz nen
2. Qimmat:
Bu am qïz alɡïm - bu otni qimmat
bahoga oldim.
3. Cho‘ri.
Qïz qïrqïn – cho‘rilar.
4. Qiz.
Menïn qïzïm – mening qizim.
5. Bo‘yi yetgan va uyda o‘tirgan qiz: ew qïzï – uy
qizi
6. Baxil: qïz kishi – baxil kishi
Olim bu so‘zni izohlar ekan, shunday xulosaga
keladi: “so‘z ozod qizlarga qo‘llanilganidek, sotib ol-
ingan cho‘ri qizlar uchun ham qo‘llanadi. Asli bo‘yi
yetgan, lekin turmushga chiqmagan qiz demakdir.
Boshqa ma’nolar istiora tarzida kelib chiqqan”. (DLT,
61 t, 135).
Demak, M.Qoshg‘ariy so‘zlarning ko‘chma ma’no-
siga ham alohida e’tibor bergan. XI asrda bu so‘zning
bosh ma’nosi “balog‘at yoshiga yetgan, ammo hali
turmushga chiqmagan ayol” edi. Hozirgi tilimizda
ham bu so‘z shu ma’noda saqlangan. Shuningdek
qizlarga yoki yosh juvonlarga nisbatan murojaatda
ishlatilib hurmat, erkalash, o‘zini yaqin olish sing-
ari ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: Otga juda epchil
ekansan-ku, qizim. (A.Qahhor. “Xotinlar”).
“Baxil” ma’nosidagi bu so‘zni hozir “qizg‘anchiq”
tarzida qo‘llaymiz. Demak, bu so‘z bizga shakli ken-
gayib yetib kelgan.
“Tulki” so‘zi ham qiz bolaga nisbatan kinoya
tarzida ishlatiladi va buni M.Qoshg‘ariy shunday
deydi: “tilku – bu so‘z bilan qiz bolaga kinoya
qilinadi. Qizlar aldoqchi va yalinchoq bo‘lganlari
uchun tulkiga o‘xshatiladi”. Demak, tulkidagi ba’zi
bir xususiyatlar qiz bolaning xarakteriga mos kel-
ganligi uchun ham bu so‘z qiz bolaga nisbatan
qo‘llaniladi.
Bunday majoziy ma’noda qo‘llanilgan so‘zlar
“Devon”da anchagina. Masalan: burga so‘zi (1 t.
402-b). Yengil tabiatli kishini unga o‘xshatib, burga
kishi deb ataganlar. Yoki
Do'stlaringiz bilan baham: |