Philological research: language, literature, education filologik tadqiqotlar
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Filologik tadqiqotlar 2022 (5 son) 05.12.22.
Philological research: language, literature, education 2022; 5-6(5-6);
Qabul qilingan sana: 14.11.2022 Nashr etilgan sana: 28.11.2022 ISNN: 2181-1741 (Print); ISNN: 2181-1725 ERKIN A’ZAM KINOQISSALARINING MAVZU KO‘LAMI Boburjon Boymatov, Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam ilk asarlari bilanoq kitobxonlar va adabiyotshunoslar nazariga tushgan. Adib asarlaridagi samimiylik kishi- ni o‘ziga jalb qiladi, o‘zgacha tili va takrorlanmas tasvir uslubi adib asarlarining muvaffaqiyatiga asos bo‘lgandir balki. E.A’zamning asarlari haqida qancha- dan qancha tadqiqotlar qilindi, qilinmoqda. Shunday 1 Ҳаққул Иброҳим. Абадият фарзандлари. Адабий мақолалар. –Тошкент: Ёш гвардия, 1990. – 192 б. 2 Ҳаққул Иброҳим. Тасаввуф ва шеърият.– Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991.–184 б. 3 Ҳаққул Иброҳим. Ирфон ва идрок.– Тошкент: Маънавият, 1998. – 160 б. Қаранг: –Б 127–146. ekan yozuvchi asarlarining xususiyatlari haqida aytil- gan gaplarni 4 takrorlashdan ko‘ra asosiy masalaga e’tibor qaratgan ma’qul, nazarimizda. Tadqiqotimiz davomida Erkin A’zam ijodining bir qirrasi bo‘lgan kinoqissachilik va adib qalamiga mansub kinoqissal- ar haqida o‘z kuzatishlarimizni bayon etamiz. Bugungi kunda eng ko‘zga ko‘ringan kinoqissalar E.A’zam ijodxonasidan chiqmoqda. Yozuvchi kinoq- issalarining aksariyati xalq suyib tomosha qiladigan 4 Ҳаққул Иброҳим. Навоийга қайтиш. – Тошкент: Фан, 2007.–224 б. Қаранг: II шарҳ ва таҳлил. Б. 123–219. 5 Ҳаққул Иброҳим. Ишқ ва ҳайрат олами / И.Ҳаққул, Э.Очилов. – Тошкент: O’zbekiston, 2016. – 304 б. 99 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature filmlarga aylandi. Adibning kinoga aloqador dastlab- ki asari “Anoyining jaydari olmasi” hikoyasi edi. Bu hikoya asosida 1990-yilda “Chantrimore” filmi ish- landi. Shundan so‘ng “Piyoda” filmi ekranga chiqdi (1996). Shu filmlaridan so‘ng adib asarlari asosidagi filmlarning muvaffaqiyatlari boshlandi. “Dilxiroj”, “Er- kak”, “Zabarjad”, Suv yoqlab”, “Qarzdor”, “Parizod” filmlari qator xorijiy mamlakatlar va yurtimizda o‘tgan kinofestivallarda mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Sanab o‘tilgan filmlar orasidan “Piyoda”, “Zabar- jad”, “Suv yoqalab”, “Qarzdor”, “Parizod” filmlari av- valo badiiy asar, kinoqissa o‘laroq yozilgan, kitoblar- da bosilgan. Erkin A’zamning kinoqissalardan iborat to‘plami ham nashr etilgan. “Tanho qayiq” deb nom- langan to‘plamdan adibning yettita kinoqissasi joy olgan. Bunga qadar adib kinoqissalari turli to‘plamlar ichida hikoya va qissalar bilan yonma-yon nashr qil- ingan, ammo alohida kinoqissalardan tarkib topgan kitob sifatida bosilmagan edi. Ushbu nashr milliy ad- abiyotimiz, xususan, kinoqissachiligimiz uchun katta yutuq bo‘ldi. Erkin A’zam kinoqissalari orasida ham kino, ham adabiyotda o‘z muxlislariga ega bo‘lgani “Suv yoqal- ab” asaridir. Asar bosh qahramoni Bolta Mardon kuni kecha jamoa xо‘jaligi (kolxoz) ga raislik qilib, ham hu- kumatning, ham kolxoz ahlining hurmat-e’tiborini qo- zongan. U raislik qilgan paytda belidan adolat kama- rini yechmagan, о‘zining shaxsiy manfaatini о‘ylab, boshqalardan zarracha ortiq yashamagan. Kinoq- issada Bolta Mardonning keksaygani yoki boshqa biror sabab bilan raislikdan olinib, oddiy kishi bо‘lib qolgan payti tasvirlangan. Kinoqisada Bolta Mardonning bor-yо‘g‘i bir kunlik hayotiga qalamga olinadi. Bolta Mardon kunlarning birida bog‘ining suvsizlik orqasida xarob bо‘lib qol- ganini kо‘radi. Bog‘iga suv olib kelish uchun suv yo- qalagani otlanadi. Otaning maqsadini anglagan o‘g‘li Amir siz ham, ukalarim ham ovora bо‘lishmasin, degan ma’noda besh-olti mashina suv yuborajagini aytadi. Bolta Mar- donning bunga javoban: “Ota-bobong moshinada suv tashib tomorqa sug‘organmi?!”, bundan avvalroq esa: “Bog‘ning ahvolini kо‘r, о‘g‘lim! Daraxtning ham joni bor, qarg‘aydi” degan sо‘zlaridan uning qanday inson ekanligi haqida ilk bor muayyan tasavvur hosil qiladi kishi. Bolta Mardon shu kuni o‘rtancha o‘g‘li Qodir va kenja о‘g‘li Botir bilan suv boylagani quloqboshiga yо‘l oladi. U mо‘ljalga yetib borguniga qadar qishlo- qning turli toifadagi va yoshdagi ahli bilan uchrashib, ular bilan salom-alik qiladi. Quloqboshidagi “suvni pullab yotgan”, “hech balodan tap tortmaydigan, uch marta qamalib chiqqan”, “otliq tugul, otasi tirilib kelsa ham tanimaydigan” “zang‘ar”, odamlar aytganidek, dastlab Bolta Mardonni suvga yaqinlashtirmaydi. Lekin oxir oqibatda О‘rin Jaga Bolta Mardonning o‘tmishda unga qilgan yaxshiliklarini eslab hurmat yuzasidan suv berishga rozi bo‘ladi. Xullas, Bolta Mardonning quloqboshidan о‘zining tomorqasiga qadar bо‘lgan masofada suvni boylab kelishi filmning g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi. U shu yо‘lda bir-biriga aslo о‘xshamagan, turli taqdir- li, turli orzu-havasli, dard-u hasrati turlicha bо‘lgan qishloqdoshlarini uchratadi, ular bilan muloqotda bо‘ladi. Biz ana shu jarayonda о‘zbek qishlog‘ida- gi kishilarning turfa dardlari bilan tanishamiz. Bolta Mardon bizning kо‘z oldimizda kishilar dardiga mal- ham bо‘lib kelgan, muttaham kimsalarning tanobini tortib qо‘yuvchi adolatparvar kishi sifatida gavdala- nadi. Uning mehnati va iltifoti bilan qanchadan-qan- cha qovrab yotgan bog‘lar suv ichadi. Ammo suv un- ing tomorqasiga yetib kelmasdan Bolta mardonning umri tugaydi. Erkin A’zam Bolta Mardon obrazida hozirgi jami- yat tomonidan ozgina unutilgan, ammo о‘zida о‘zbek xalqining eng yaxshi fazilatlarini mujassamlantir- gan donishmand va fidoyi rahbar namunasi bо‘lgan kishining obrazini katta mahorat bilan yaratgan. Yozuvchining eng mashhur kinoqissalaridan biri “Zabarjad” asaridir. Asar qahramoni taqdirning achchiq sinovlariga duchor bo‘lgan, ko‘rinishidan shaddod, asli nozik vujudiga ne-ne dardu-sitamlar- ni sig‘dirgan qiz. Odamlarning gap so‘zlari, boshi- ga tushgan sitamlarga qaramasdan hayotda kulib yashaydigan va o‘zgalarga yaxshilik qilishni yoqti- radigan, bir so‘zlilikda erkaklardan qolishmaydigan Zabarjad o‘zbek adabiyotida ayol siymosining hali aks ettirilmagan timsoli bo‘ldi. Yosh tadqiqotchilar- dan Shoxrux Abdurasulov bu asar haqida shunday deydi: “Jahon adabiyotining muhtasham galareyasidagi bu ayollarni hech istisno va hadiksiz Zabarjad bilan muqoyasa qilmoqqa ehtiyoj sezaman. Negaki, ular ham hayot g‘am-g‘ussalari, turmush azoblarini xuddi Zabarjaddek mamnun qarshilagan, fojiasinida kulgi ortiga yashirolgan va eng muhimi, ayollik tiynati va e’tiqodini saqlab qololgan edi. Erkin A’zam jahon ad- abiyotini ko‘p va xo‘p o‘qiydigan ijodkor, klassiklardan tortib “Nobel” olayotgan salaflargacha birortasi ustoz adibning nazar-e’tiboridan chetda emas. Shundanmi, Zabarjad obrazi ham allanechuk g‘arbona tafakkurn- ing mahsulidek tuyuladi, uning fe’l-atvori, gap-so‘zi haqqi-rosti o‘zbek ayollariga o‘xshab ketavermaydi. Buning boisi shuki, Zabarjad milliy qobig‘dan chiqib, umuminsoniyatga bo‘ylashgan obraz, uning dardi bir millatniki emas, basharniki, bunday xulosaga kelish uchun filmni tomosha qilish kamlik qiladi, albatta, kinoqissani o‘qish lozim!” 1 1 https://telegra.ph/ 100 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature Yozuvchining “Qarzdor” kinoqissasi ham jiddiy mushohadaga chorlaydi. Avvalo asarning nomi kishi- da tabiiy bir savol uyg‘otadi: Qarzdor kim? Kimdan qarz olgan? Kinoqissani o‘qish jarayonida hamma jumboqlar oydinlashadi. Bu yerda gap hech qanday moddiyat bilan o‘lchanadigan qarz haqida ketmay- apti. Asarning bosh qahramoni Bahrom ismli yig- it mudom ma’naviy qarzdorlik hissi bilan yashaydi: bir tomondan Rossiyada ketib qolgan akasini yana oilasi bag‘riga qaytarmoq ilinjida yonib-kuysa, ikkin- chi tomondan akasining oilasiga qarashish yuki uni ezadi. Yana bir yog‘i shaxmatga mukkasidan ketgan o‘spirin jiyanning iste’dodi ko‘z ochishi uchun musob- aqaga olib borish, oliygohda o‘qiyotgan qiz jiyanning shartnoma pulini to‘lashi, bu ham yetmaganidek, hamqishloqlarning duo-xayrini olaman deb arzima- gan chaqaga kirakashlik qilish, avtoturargohda esa tog‘asiga himmat ko‘rsatish, sinfdosh do‘sti – taniq- li shoirning ko‘ngil dardlarini tinglab, maslahatgo‘y bo‘lishi, suyukli ammasiga har safar dori olib bori- shi-yu, enasining holidan xabar olishgacha, qo‘yin- gki, bari tanishlarning xizmatini qilish shu yigitning gardaniga tushgan. Shu kabi o‘zgalar dardi bilan bo‘lgan Bahromning o‘z oilasi, farzandi bilan shug‘ul- lanishga vaqti yo‘q. “Qarzdor” kinoqissasida sarlavha ikki qismdan iborat, ya’ni QARZDOR so‘zi birinchi satrda bo‘lib, ikkinchi satrda UKA, TOG‘A, AMAKI, JIYAN so‘zlari kelgan. Ikkinchi qism asosiy emas, lekin muhim vazifa bajaradi. Birinchi qismni yanada kuchliroq va aniqroq izohlab kelish bilan birgalikda, kitobxon- da paydo bo‘ladigan asar nomi nega bunday degan savolga javob topishga xizmat qiladi. Asar voqealari bilan tanishib chiqqandan so‘ng sarlavhaga qayta nazar tashlaganda bunday qo‘shimcha qism qay maqsadda kiritilganligining sababini darhol fahmlab olish mumkin bo‘ladi. Ko‘plab kinomukofotlarga sazovor bo‘lgan “Par- izod” filmi Erkin A’zamning “Farishta” kinoqissasi aso- sidan suratga olingan. Asar ajib insoniy tuyg‘ular, bu tuyg‘ular aro yashayotgan farishtadek beg‘ubor bir qiz haqida, uning boshiga tushgan sinovlar haqida. Asar Jonibek ismli veterinar yigitning ishdan qa- ytishda kimsasiz joyda tish ustida o‘tirgan paridek go‘zal qizni ko‘rib qolib, unga rahmi kelganidan uy- iga olib kelishidan boshlanadi. Shundan keyin xalq orasida har xil mish-mishlar ko‘payadi, Jonibek o‘z sevgilisi Oytuman bilan ham shu sababli arazlashib qoladi. Farishtadek go‘zal, buning ustiga soddagi- na bu qizni o‘z erkiga qo‘ymay qo‘lma qo‘l qilishga urinadilar. Ammo Pariqiz barcha sinovlardan omon chiqadi. Faqat… oxirgisidan boshqa. Kinoqissada falsafiy qarashlar bir qator ramziy obrazlar orqali aks ettirilgan bo‘lib, asarning bu jihati haqida keying boblarda batafsil ma’lumot beramiz. “Tanho qayiq” to‘plamida “Oshiqko‘ngil pakana” deya, “Kechikayotgan odam” 1 kitobida “Pakana” nomi bilan nashr qilingan kinoqissa adibning “Pakananing oshiq ko‘ngli” nomli mashhur qissasi asosida yaratil- gan. Asar birmuncha yengil kulgi, o‘ynoqi yumorga yo‘g‘rilgani sabab bo‘lsa kerak yuqorida aytilgan falsafiy asarlardan farq qiladi. Kinoqissa bosh qah- ramoni Shamshodbek asli binoyidekkina yigit, biroq tabiatning qaltis hazili sababmi, Xudo uni past bo‘yli qilib yaratgan. Bu pakanalik unga ayniqsa qizlar bo- bida halal beradi. Shunday bo‘lsada, aslo ko‘nglini cho‘ktirmaydi, barcha insonlar kabi yashab, hayot go‘zalligidan bahramand bo‘lishga intiladi. Radiodan taralayotgan “Ma’lumki, yaponlar boshqa xalqlarga nisbatan birmuncha pakanaroq keladi... Shunga qa- ramasdan, yapon xalqi o‘zining mehnatsevarligi, tir- ishqoqligi va zukkoligi bilan jahonga mashhur” kabi gaplarni eshitganda, ko‘nglida allanechuk umid pay- do bo‘ladi. Aytib o‘tganimizdek, Shamshodbekning sevgi-muhabbat yo‘lida omadi yurishmaydi. Suygani Shodiya “…andakkina tikroq bo‘lganingizda edi” – deya yuragini tiluvchi so‘zlarni aytgani Pakananing tinchini buzadi. Xullas bo‘yi pastligidan yozg‘irib, alamdiyda bo‘lib yurgan Shamshodbek kunlardan bir kuni tasodifan bir daroz avtobus haydovchisi bi- lan tanishib qoladi. Daroz Shamshodbekni yetaklab, sehrgar yapon cholning huzuriga olib boradi. Yapon cholning sirli davosi bilan pakana azaliy orzusiga ye- tadi: Novcha insonga aylanadi. Yapon tabibning hov- lidan chiqayotganida, “Shamshodbek tajribasizlik va ehtiyotsizlik orqasida peshonasini eshik kesakisiga urib g‘urra qiladi”. Shunda do‘sti mayna qilib, “Ana, og‘ayni, novcha bo‘lish ham oson emas. Bu – bosh- lanishi hali...” – deya sobiq pakanani oldinda kutayot- gan mashaqqatlarga ishora qiladi. Yakunda shun- day bo‘ladi ham. Shodiyaning orqasidan ergashib, “Axir, men o‘sha, o‘zingiz bilgan Shamshodman!” – deya yalinib-yolvorsa ham qizgina tushmagur “Shamshod? Siz uning tirnog‘iga ham arzimaysiz! U butunlay boshqa olam edi!” – deganicha o‘zi sadpora bo‘lgan yurakni ming bo‘lakka bo‘ladi. Bu ham yet- magandek xotini va qizlari ham tanimasdan uydan quvib soladilar. Shu tariqa pakana bir kun ichida nov- cha bo‘lganidan pushaymon bo‘ladi. Xayriyatki, bu voqealar Shamshodbekning tushida sodir bo‘ladi... “Pakana” kinoqissasi adibning boshqa kinoqis- salaridan farqli ravishda yumoristik ruhda yozilgan. Asarda ko‘plab badiiy vositalar qo‘llangan. Kinoqissa kompozitsiyasiga nazar tashlagandayoq asar kino uchun yozilganligini anglash mumkin. Ushbu asar kinoqissaning janr xususiyatlarini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. 1 Аъзам Э. Кечикаётган одам. Қиссалар. – Тошкент: Шарқ, 2002. – 446 б. 101 Адабиётшунослик • Литературоведение • Literature E.A’zamning kinoqissalar to‘plamiga kirmay qol- gan bir asari bor, nomi “Piyoda”. Ushbu kinoqissa yo- zuvchining “Piyoda” hikoyasini qayta ishlash asosida yaratilgan. Asarda insonlarning o‘z vatanlaridan bosh olib katta shaharlarga intilishlari Berdiboy tomonidan hazm qilib bo‘lmas hodisa sifatida baholanadi. In- sonlarning o‘zligini unutishlari, o‘z tomirlaridan uzo- qqa ketishlari, ota-bobolardan qolgan an’analarga tupurganlari qattiq qoralanadi. Yuzaki qaraganda Berdiboy qoloq, saviyasiz, johil kishidek taassurot uyg‘otishi mumkin kitobxonda. Ammo uning kuyish va kuyunishlari qatida xalqiga, vataniga muhabbat, ajdodlar xotirasiga hurmat, an’analarga nisbatan ehtirom ko‘rinib turadi. Adib o‘z ijtimoiy muhitiga, yon atrofdagilarga aytmoqchi bo‘lgan gaplarini berdiboy tilidan aytadi go‘yo. Kitobga kiritilgan “Qovunfurush Orol” hamda kito- bga sarlavha bo‘lgan “Tanho qayiq” asarlarida aks et- gan g‘oya bir xildek, nazarimizda. Ikkala asarda ham Orol fojiasining turfa insonlar taqdirida aks etishining badiiy tasvirini ko‘rish mumkin. Lekin har ikki asarning voqealar rivoji, mavzusi turlicha. “Qovunfurush Orol”- da Orol dengizi bo‘yida yashagan va dengiz qurib boshlaganidan so‘ng boshqa yerga ko‘chib ketgan bir oilaning farzandi Orolboyning hayotida uchragan ta- sodifiy voqea qalamga olingan. Oila boshlig‘i Uzoqboy tirikchilik uchun qovun yetishtiradi, qovunlar pishgan ertaga ularni sotish uchun ertaga shaharga jo‘nayman deb turgan vaqtida belida og‘riq turib to‘shakka yotib qoladi. Qovunlarni esa shaharga Orolboy olib bora- di. Shaharga borguncha va shaharda soda Orolboy boshidan ko‘plab sarguzashtlarni o‘tkazadi. Har xil yaxshi-yu yomon insonlar bilan hamsuhbat bo‘ladi, ayrimlari bilan do‘st tutinadi, ayrimlari esa yosh bolaga ham dushmanlik qilishadi. Oxir oqibatda baribir Orol uyiga qovunlarini sotgan holda qaytib keladi. Asarda o‘rganish, o‘rnak olish mumkin bo‘lgan bir qancha jihatlar bor. Shulardan biri o‘g‘il bolaning bo‘ynidagi mas’uliyat, ota-onaning unga bo‘lgan is- honchi masalasidir. Orolboyning shaharga yolg‘iz ketishini eshitgan onasi Gavhar eriga e’tiroz bildir- ganda Uzoqboyning “Sen buni o‘gil bola qilib tuqqan- misan?” degan gapi ota va o‘gil munosabatlarida bu- gungi kunda yetishmayotgan qat’iyatga urg‘u beradi. Eng asosiysi esa bu kinoqissa orqali jamoatchilik e’ti- borini qurib borayotgan Orol dengiziga, tabiatni as- rab avaylash masalalariga qaratish ko‘zda tutilgan. Kitob nomi berilgan “Tanho qayiq” kinorivoyati haqida to‘lqinlanib fikr aytishga asos yetarli. Avvalo bu asar ham teatr sahnasida ham kinoda muvaffiqat qozonganini aytish o‘rinli bo‘lar edi. Asar “O‘zbek dramaturgiyasi ufqlari” 1 kitobida “Tanho qayiq yoxud 1 Ўзбек драматургияси уфқлари. Пьесалар. – Тошкент: Adabiyot, 2020. – 512 б. devonaning orzusi” nomi ostida Orol bobodan dra- Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling