Plastmassalarni qaytaishlash texnologiyasi


Kalandrlash jarayonining optimal texnologik parametrlari


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/84
Sana29.08.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1671278
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Bog'liq
Plastmassalarni qayta ishlash texbologiyasi. Abdurasukov T (1)

5.2. Kalandrlash jarayonining optimal texnologik parametrlari
K alandrlash usuli bilan olingan m ateriallar uch un m exanik 
xossalarning anizotropiyaliligi xos. Bu polimerlar fizik-kimyosi nuq- 
tayi nazaridan «kalandr effekti» deyiladi. Anizotropiya oriyentatsiya 
jarayoni bilan bog‘liq. Bu xossa m aterialning vallar oralig‘idan 
o ‘tishida yuzaga keladi. Anizotropiya olingan material polotnosining 
saqlanganda kirishishiga olib keladi. Anizotropiyani kamaytirishning 
bir qancha usullari mavjud. Bulardan asosiysi, olingan mahsulotni 
maxsus term okam eralarda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari
«kalandr effekti»ni kam aytirish u ch u n qayta ishlash h aro ratin i 
k o ‘tarish va kalandrdan olinayotgan polotnoning tezligini kam ay­
tirish kerak. T oidiruvchi ulushini kompozitsiya tarkibida oshirish 
ham «kalandr effekti»ni kamaytirishga olib keladi. Lekin ayrim to ‘ldi- 
ruvchilar — anizotrop to ‘ldiruvchilar (talk, asbest, vollastanit) kalandr 
effektini kuchaytiradi.
30


Kalandrlash usulida olingan buyumning flzik-m exanik xossala- 
ridan tashqari, uning ichida qolgan gaz va havoning salbiy roli bor. 
G az va havoning paydo bo‘lishiga kalandrga tushayotgan m aterial 
yaxshi quritilmaganligi va deformatsiyalanganda havoni o ‘ziga sing- 
dirib olishi sabab bo 'lish i m um kin. Shuning u c h u n kalandrga 
uzatilayotgan material oldindan yaxshilab quritilishi lozim.
Kalandrlash vaqtida polim er polotnosi kalandr yuzasiga yopi- 
shishi mumkin. Buni yo‘qotish uchun yuza yaxshilab silliqlanadi va 
kompozitsiyaga maxsus moylovchilar qo‘shiladi (stearin kislotasi 
yoki mum). Moylovchining salbiy tom onlarini e’tiborga olish kerak; 
ular polotno yuzasiga manzarali rasm tushirishni va listlarni payvand- 
lashni qiyinlashtiradi.
Hozirgi paytda kalandrlash usuli bilan polivinilxloriddan 0,3—
0,7 m m qalinlikdagi yum shoq (plastifitsirlangan) plyonka olish 
mumkin; kalandr tezligini esa 35—50 m /m in gacha yetkazish imkoni 
mavjud.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling