"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
Polikondensatlanishning destruktiv reaksiyalari
Polikondensatlanish reaksiyalarida ajralib chiqayotgan oddiy moddalar ta'sirida destruksiya reaksiyasi sodir bo`ladi. Polikondensatlanishda bo`ladigan destruksiya reaksiyalari V.V.Korshak tomonidan mukammal o`rganildi. Destruksiya reaksiyalarining eng ko`p uchraydigani gidrolizdir. Polimerlarning gidrolizga moyilligi polimer tarkibiga kirgan funksional guruhlar va bog`larning tabiati orqali aniqlanadi. Polimerdagi yon funksional guruhlarning gidrolizi 47
Kislota ta'sirida asidoliz reaksiyasi ketadi: Spirtlar ta'sirida esa alkogoliz sodir bo`ladi: Bu reaksiyalar natijasida efir bog`larining va ozod funksional guruhlar sonlarining yig`indisi o`zgarmaydi, lekin poliefirning o`rtacha molekulyar massasi kamayadi. Poliefirlar olinishida ichkimolekulyar pereeterifikasiyalanish reaksiyalari ham sodir bo`lishi mumkin. Bunda poliefirlarning o`rtacha molekulyar massasi o`zgarmasa ham makromolekulalarning molekulyar massasi bo`yicha taqsimlanishi o`zgaradi: Poliamidlar olinishida esa pereamidirlanish reaksiyasi borishi mumkin: → → -- NH – (CH2)6 – NHCO – (CH2)4CONH – (CH2)6 – NH -- + + HOOC – (CH2)4 – CO -- 48 Analogik reaksiyalar fenol formaldegid smolalarini sintez qilishda ham, masalan fenol ta'sirida borishi mumkin. V.V.Korshak poliefirlarning asidoliz va alkogolizi hamda poliamidlarning asidoliz, aminoliz jarayonlarining kinetikasini tekshirib, destruksiya natijasida molekulyar massaning kamayish tezligi, polimerning dastlabki o`rtacha molekulyar massasiga bog`liqligini aniqladi. Bir xil sharoitda molekulyar massasi katta bo`lgan polimer molekulyar massasi kichik bo`lgan polimerga qaraganda tezroq destruksiyaga uchraydi. Har bitta makromolekulaga to`g`ri keladigan uzilgan bog`lar soni polimerning molekulyar massasi ortishi bilan ortib boradi, ya'ni yuqoriroq molekulyar massaga ega bo`lgan polimer destruksiyalanganida uning molekulyar massasi keskin kamayishi kuzatiladi (4-rasm).
Shuningdek, polimerning to`la destruksiyalanishi uchun ketgan vaqt polimer gomologik qatorlarining hamma fraksiyalarida bir xil bo`ladi, u uzilgan bog` sonlarining yig`indisi bilan aniqlanadi. Shuning uchun destruksiyalanish jarayonining borishiga polimer strukturasi ta'sir qilmasa, destruksiya polimerning polidisperelik darajasining kamayishi bilan sodir bo`ladi. Bunday holat juda ko`p tajribalar asosida tasdiqlangan. 49
Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling