Polimerlarni qayta ishlash texnologiyasi fanidan ma`ruzalar matni
KUKUNSIMON VA PLASTIZOLLARDAN ROTATSION SHAKLLASH ORQALI BUYUM OLISH
Download 420.75 Kb.
|
Тошкент кимё – технология институти-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rotatsion shakllanishni operatsiyalar bo`yicha sxemasi
KUKUNSIMON VA PLASTIZOLLARDAN ROTATSION SHAKLLASH ORQALI BUYUM OLISH
Rotatsion shakllash - ichi bo`sh buyumlar ishlab chiqarish usuliga kiradi. Buning uchun termoplast polimer kukun yoki pasta xolida bo`liShi kerak. 77 Shakllash quyidagi operatsiyalardan iborat: aniq bir miqdordagi polimer ichi bo`Sh metalldan yasalgan formaga solinadi, uni ogzini bekitilib, aylantiriladi (bir yoki ikki tik tekislik yo`naliShida). Qolip polimerning suyuqlaniShharoratigacha qizdiriladi. Metall forma aylanganda polimer material bir tekisda ichki yuzaga taqsimlaniShi (markazdan qochirma kuch qisobiga), zichlaniShi va monolit aniq qalinlikda qoplama hosilqiladi. Bunda suyuqlanma markazdan kochirma kuch va adgeziya orqali formaga yopiShadi. Sovutilgandan keyin forma ochiladi va tayyor ichi bo`Sh buyum olinadi. Ikki ukli rotatsion ShakllaSh moslamasi rasmda keltirilgan. Rotatsion ShakllaSh usuli bilan ichi bo`Sh buyum olish, boshqa usullar bilan Shunakangi buyum olishda taqqoslaganda quyidagi afzalligi bor: katta gabaritli buyumlar olish oson; buyum qalinligi deyarli bir xil; chiqindi yo`q desak bo`ladi; buyumda qoldiq kuchlaniSh beradi; moslama va uskuna narxi arzon (past); iktisodiy samaradorligi yuqori; Bu usulning kamchiligi: ShakllaSh vaqti uzoq; buyumda material zichligi kam (boshqa usullarga nisbatan); buyum o`lchamlari tula aniq emas; Bu usul bilan buyum olish uchun qo`llaniladigan termoplastlar (pasta xolida): polivinilxlorid, past va yuqori zichlikka ega bo`lgan polietilen ular aralaShmasi. Uglerod kukuni bilan to`ldirilgan polietilen, poliamidlar. Olinadigan buyumlar hajmi 500 l, devor qalinligi 16 mm gacha bo`liShi mumkin. 78 Rotatsion shakllanishni operatsiyalar bo`yicha sxemasi a - qolipni xom aShyo bilan to`ldiriShholati b - buyumni ShakllaSh v - buyumni sovutiSh g - buyumni qolipdan chihariSh PUFLASH ORQALI SHAKLLASH Termoplastlardan ekstruziyalaSh (yoki bosim ostida quyiSh) orqali "eng" formada zagotovka olib, uni puflaSh orqali ichi bo`Sh buyum olish - puflaShShakllaniSh deb ataladi. Bu usul ikki xil turda bo`liShi mumkin:
Asosiy qo`llaniladigan polimer materiallar: polietilen polistirol, polietilentereftalat, polivinilxlorid va boshqalar. Bu materiallardan har xil idishlar, butilkalar, kanistrlar, hajmi 0, 005 dan to 500 l gacha bo`lgan idishlarolish mumkin. Asosiy uskuna-agregat: bunga ekstruziya maShinasi, kallak, qolip Shakllovchi forma, formani yopib-ochiSh mexanizmi va puflaSh uchun pnevmosistema kiradi. Asosiy jarayon ekstruziyalaSh usuli bilan termoplastlardan buyum olishda sodir bo`ladigan jarayonlardan deyarli farq xilmaydi. Asosiy moxiyati - kallakdan chiqayotgan zagotovkaning old qismi bir muncha sovusa, kallakga yaqin kismi issiqrok bo`ladi, Shu sababli zagotovkani uzunasiga nisbatan puflaShhar xil bo`liShi mumkin. SHuning uchun iloji boricha zagotovkaning qovuShqoqligini yuqori uShlaShadi (zagatovka uzilib ketmasligi uchun). Agar suyuqlanmaning oqiSh tezligi oShirilsa, unda polimer destruktsiyaga uchraShi mumkin. Jarayonning asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi : - ekstruziyalaShharorati; - zagotovkaning moslamadan chiqiSh tezligi; - zagotovkaning puflaSh darajasi; - qolipning harorati; 79 - tsikl vaqti; - agregatning ish unumi. Download 420.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling