“Daraxt bir joyda ko‘karadi-hayotingni o‘tkazib turgan yeringning shart-
sharoitiga ko‘nik. Agar bu shart-sharoitlarni yoqtirmay, icciq o‘rningni tashlab,
yaxshiroq yerni qidirib ketsang, baribir qadp-qimmat topa olmaysan. O‘z
yeringga qanoat qilsang, bora-bora kamolga yetasan, shundaylikcha qolib
ketmaysan, biring ikki, yomoning yaxshi bo‘ladi”
13
.
“Matal - tilda lug‘at bilan yonma-yon turuvchi so‘z oborotlari, bo‘linmas
so‘z birikmasidir.Maqol so‘zining lug‘aviy ma’nosi - o‘ta donolik, aql-zakovat
bilan oqilona aytilgan, mixlab -qo‘yiladigan, o‘zgartirib bo‘lmaydigan chuqur
ma’noli gap, demakdir. Matal - voqea-hodisa, predmet haqida obrazli ifoda bo‘lib,
fikr va muhokamaning tugal natijasini emas, balki ularning elementlarini ko‘ramiz.
Bu elementlar obrazli ifodalar bo‘lib, ular ko‘chma ma’noda ishlatiladi. Matal bitta
jumladan iborat bo‘lib, maqoldagi singari qofiyasi yo‘q”
14
.
O‘zbek tilida matallarni maqollardan shakl va mazmun jihatdan farqlarini
ko‘rsatib, ta’riflab bergan T. Salomov shunday deydi,- “Matal narsa va hodisalarni
obrazli ifodalovchi ibora va nutq oborotlaridir”[48,39].
Matal so‘zlovchining o‘z nutqi mazmuniga munosabatini ifodalaydi. Matal
kishining xotirasida osonlik bilan saqlanib qoladi. Shuni ham aytish kerakki, maqol
va matallarda qandaydir bir umumiylik bor.
Bu umumiylik shundan iboratki, ularning hap ikkalasi ham nutq
ta’sirchanligini
oshirish,
fikrni
tayyor
nutq
formulalari
bilan
ifodalashvamazmundor qilish niyatida ishlatiladi. Shuning uchun maqol va
matallarni bir biridan farqlash ancha kiyin.
Lekin tugal fikrni bevosita ifodalovchi maqollardan matallarni farqlamoq
kerak. Matal aytilmoqchi bo‘lgan fikrni biror vosita orqali ko‘chma ma’noli sodda
jumla bo‘lib, unda xulosa bo‘lmaydi, balki uning o‘zi biron xulosa chiqarish uchun
xizmat qiladi. Matal fikrni tugal bayon qilmay, balki unga ishora qiladi [37;93].
13
Bushuy T., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.– 274b.
14
Begmatov E., Mamatov A. Adabiy norma nazariyasi. (Adabiy normaning shakllanish va yashash qonuniyatlari).
III qism. Toshkent, 1999. – 140b.
18
Matal “axmoq odam”deyish o‘rniga “Uning bir qaynovi kam”deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |